Farmakologik xususiyatlari
B guruhi neyrotrop vitaminlari nervlar va harakat apparatining yallig'lanish va degenerativ kasalliklariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ular yetishmovchilik holatlarini bartaraf etish uchun qo'llaniladi, katta dozalarda esa analgezik xususiyatlarga ega bo'lib, qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi va asab tizimi hamda gemopoez jarayonini normallashtiradi. Vitamin B1 juda muhim faol modda hisoblanadi. Organizmda vitamin B1 fosforillanib, biologik faol tiamin difosfat (kokarboksilaza) va tiamin trifosfat (TTR) hosil qiladi. Vitamin B1 yetishmovchiligida to'qimalarda metabolitlar, birinchi navbatda, sut va piruvin kislotalari to'planadi, bu esa turli patologik holatlar va asab tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Vitamin B6 o'zining fosforillangan shaklida (piridoksal-5'-fosfat, PALP) aminokislotalarning umumiy nooksidlovchi metabolizmida ishtirok etuvchi bir qator fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Dekarboksillanish natijasida ular fiziologik faol aminlar (masalan, adrenalin, gistamin, serotonin, dopamin, tiramin) hosil bo'lishida, transaminatsiya orqali esa anabolik va katabolik almashinuv jarayonlarida (masalan, glutamatoksaloatsetattransaminaza, glutamatpiruvat aminaza), shuningdek, aminokislotalarning turli parchalanish va sintez jarayonlarida ishtirok etadi. Vitamin B6 triptofan metabolizmining 4 xil bosqichida ta'sir ko'rsatadi. Gemoglobin sintezi doirasida vitamin B6 α-amino-β-ketoadin kislota hosil bo'lishini katalizlaydi. Vitamin B12 hujayra metabolizmi jarayonlari uchun zarur. U gemopoez funksiyasiga (tashqi antianemik omil) ta'sir ko'rsatadi, xolin, metionin, kreatinin, nuklein kislotalar hosil bo'lishida ishtirok etadi, og'riqni kamaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi.