Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Neladeks-NS otorinolaringologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparatdir. Preparatning terapevtik ta’siri deksametazonning burun bo‘shlig‘i shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi ta’siri, neomitsin va polimiksin V antibiotiklarining mikroblarga qarshi ta’siri hamda fenilefrinning tomirlarni toraytiruvchi ta’siri bilan bog‘liq. Ko‘rsatilgan antibiotiklar birgalikda qo‘llanganda burun bo‘shlig‘i va yondosh bo‘shliqlarning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaruvchi ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial ta’sir doirasi kengayadi.
Neomitsin - aminoglikozid, quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol:
Gram-musbat bakteriyalar: Corynebacterium, Listeria monocytogenes;
Gram-manfiy bakteriyalar: Acinetobacter baumannii, Branhamella catarrhalis, Campylobacter, Chrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella, Haemophilus influenzae, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Salmonella, Serratia, Shigella, Yersinia.
Polimiksin V gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan faol: Acinetobacter, Aeromonas, Alcaligenes, Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter, Escherichia coli, Klebsiella, Moraxella, Salmonella, Shigella, Pseudomonas aeruginosa, Stenotrophomonas maltophilia.
Farmakokinetikasi
Butun shikastlanmagan shilliq qavatga surtilganda preparatning tizimli qon aylanishiga so‘rilishi deyarli kuzatilmaydi.