-
Tarkibi
Ko‘z/ quloq tomchilari 1 ml preparat tarkibida Faol moddalar: deksametazon – 1,0 mg; neomitsin (sulfat shaklida) – 3,5 mg; polimiksin V sulfat – 6000 ME; Yordamchi moddalar: gidroksipropilmetilsellyuloza, benzalkoniya xlorid, dinatriy edetat, natriy xlorid, polisorbat 80, natriy gidroksid yoki xlorid kislotasi, inyektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Ko‘zning bakterial o‘tkir va surunkali kasalliklari • blefaritlar; • kon’yunktivitlar; • keratitlar; • iridotsiklit. Ko‘zning old qismi operatsiyadan keyingi yallig‘lanishini oldini olish. O‘tkir va surunkali tashqi va o‘rta otitlar, eshitish organiga jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq infeksion asoratlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Neadeks preparati quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas: • Herpes simplex tomonidan chaqirilgan keratitda (daraxtsimon keratit); • qovoq va kon'yunktivaning virusli kasalliklarida (shu jumladan suvchechakda); • ko‘zning mikobakterial infeksiyalarida; • ko‘zning zamburug‘li kasalliklarida; • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda. Preparat oddiy chet jismini qorinadan olib tashlashdan keyin buyurilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Preparatni buyurishdan oldin kasallikni keltirib chiqargan mikrofloraning unga sezgirligini aniqlash tavsiya etiladi. Ko‘z/ quloq tomchilari infeksiyaning yengil shakllarida kon’yunktival qopchaga 1-2 tomchi 4-6 marta kuniga tomiziladi. Og‘ir infeksiya shakllarida ko‘z tomchilari har soatda qo‘llanilishi mumkin; kasallik simptomlari susayishi bilan qabul qilish soni kamaytirilishi mumkin. Tashqi quloq yo‘li infeksiyalarida 4 tomchidan 3-4 marta kuniga. Eshitish organiga jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq infeksion asoratlarda va o‘rta otitlarda 4-10 tomchidan 3-4 marta kuniga.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatni qo‘llashda dori tarkibidagi deksametazon hamda antibakterial komponentlar, shuningdek ularning birikmasi bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Allergik reaksiyalar: qichishish, qovoqlarning shishishi, kon’yunktivaning qizarishi (odatda antibiotiklar ta’siri bilan bog‘liq). Deksametazon ta’siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar: Ko‘rish organlari tomonidan: ko‘z ichki bosimining oshishi va natijada glaukoma rivojlanishi mumkin; orqa subkapsulyar katarakta hosil bo‘lishi; yaralarning bitish jarayonining sekinlashuvi (ro‘kovitsa yoki sklerani yupqalashtiruvchi kasalliklarda, mahalliy GKSlardan foydalanilganda fibroz qobiqning teshilishi mumkin). Shu sababli, Neladeksni ro‘kovitsa epiteliy defekti bilan kechuvchi kasalliklarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. GKSlardan va antibiotiklar kombinatsiyasidan iborat preparatlarni qo‘llashdan so‘ng ikkilamchi infeksiya (shu jumladan, zamburug‘li) rivojlanishi mumkin. Ikkilamchi bakterial infeksiya bemorning organizmida himoya reaksiyasining bostirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ko‘zning o‘tkir yiringli kasalliklarida GKSlardan foydalanish mavjud infeksion jarayonni niqoblash yoki kuchaytirishi mumkin. Steroid preparatlar bilan uzoq muddatli davolashdan so‘ng ro‘kovitsada bitmaydigan yaralar paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziya rivojlanishidan dalolat berishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Deksametazon – glyukokortikoid vosita (GKS). Mineralokortikoid faollikka ega emas. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish jarayonlarini faol ravishda bostiradi, eozinofillar tomonidan yallig‘lanish mediatorlarining chiqarilishini, tukli hujayralarning migratsiyasini bostiradi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Neomitsin – aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik. Mikrob hujayrasida oqsil sintezini buzib, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol, jumladan Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Escherichia coli, Proteus spp., Shigella spp. Pseudomonas aeruginosa va streptokokklarga nisbatan kam faol. Patogen zamburug‘lar, viruslar, anaerob flora uchun faol emas. Mikroorganizmlarning neomitsinga chidamliligi sekin va kam darajada rivojlanadi. Polimiksin B – polipeptid tuzilishga ega antibiotik. Ta’sir mexanizmi mikrob hujayra membranalarining fosfolipidlari bilan bog‘lanish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu ularning destruksiyasiga olib keladi. Gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol, jumladan Escherichia coli, Shigella spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Haemophilus influenzae, Salmonella spp., Bordetella pertussis. Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan yuqori faol. Proteus spp., Neisseria spp., obligat anaeroblar va gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol emas. Polimiksin B ga Vibrio cholerae (eltor subtipidan tashqari), shuningdek Coccidioides immitis sezgir, biroq asosan zamburug‘lar ushbu antibiotikka rezistentlik ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. GKС saqlovchi preparatlarni 10 kundan ortiq qo‘llaganda muntazam ravishda ko‘z ichki bosimini o‘lchash kerak. Neladeks preparatini tizimli antibiotiklar – aminoglikozidlar bilan birga qo‘llaganda, qonda neomitsin kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim. Davolanish vaqtida kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi. Qadoq ichidagining mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun tomizgich yoki tubaning uchini hech qanday sirtga tekkizmaslik kerak. Neladeks preparati ko‘z/ quloq tomchilari flakonidagi tarkibni qo‘llashdan oldin chayqatish lozim. Pediatriyada qo‘llanishi Hozirgi vaqtda preparatning bolalarda qo‘llanish xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatmaslik kerak. Homiladorlikda preparat faqat davolash samaradorligi homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurilishi kerak. Laktatsiya davrida esa emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Neladeks preparati bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.