Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan: Buyrak yetishmovchiligi (hosil bo'lgan birikmalarni chiqarilishi sekinlashadi), keksalik yoshi (buyrak funksiyasining buzilishi mumkinligi sababli), 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (natriy tiosulfatning pediatrik populyatsiyada xavfsizligi va samaradorligini baholash bo'yicha klinik tadqiqotlar mavjud emas, biroq tibbiy adabiyotlarda natriy tiosulfatning natriy nitrit bilan birga pediatrik bemorlarda sianidlar bilan zaharlanganda qo'llanilishi haqida xabarlar mavjud, shuning uchun pediatrik bemorlar uchun dozalash bo'yicha tavsiyalar antidotning potentsial detoksikatsion ta'sirining nazariy hisob-kitoblariga, hayvonlar ustida o'tkazilgan tajriba ma'lumotlarini ekstrapolyatsiya qilishga, shuningdek, kasallik tarixining oz sonli holatlariga asoslangan).
Sianidlar bilan zaharlanganda natriy nitritni bir vaqtda buyurish tavsiya etiladi, bunda natriy tiosulfat natriy nitritdan keyin yuboriladi.
Sianidlar bilan intoksikatsiyada antidot yuborishda kechikishdan saqlanish kerak (tezda o'limga olib kelishi mumkin). Sianidlar bilan zaharlanish simptomlarining qaytishi mumkinligi sababli bemorni 24-48 soat davomida diqqat bilan kuzatish zarur. Simptomlar qaytalanadigan bo'lsa, natriy tiosulfat yuborishni yarim dozada takrorlash kerak.
Davolash davrida gemoglobin va gematokrit ko'rsatkichini nazorat qilish zarur.
Metgemoglobinemiyasi mavjud bo'lsa, standart pulsoksimetriya usullari va o'lchangan PO2 asosida hisoblangan kislorod bilan to'yinish ko'rsatkichlari ishonchsizdir.
Davolash davrida avtomobil boshqarishda va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.