Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari nano kaltsiy bolalar 250 mg №50 tabletka
NANO Kalsiy Bolalar uchun parhez qo‘shimchasi yurak, mushaklar, asab tizimining normal ishlashini ta’minlash uchun bolalarga biologik faol moddalarning tabiiy manbai sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Tarkibi
Bir tabletka (250 mg) tarkibida:
Kalsiy sitrat - 185 mg.
Kalsiy karbonat - 37,5 mg.
Kalsiy gidrokarbonat - 25 mg.
Magniy gidrokarbonat - 2,5 mg.
Kristall suv hisobga olingan.
Qo'llanilishi
Normal mineral gomestazni ta’minlash uchun - suyak va tog‘ay to‘qimalari, tirnoqlar, tishlar, sochlar shakllanishida homiladorlikda, bolalarda va kattalarda;
Suyak to‘qimasini mustahkamlash, ayniqsa, keksalik va qarilik yoshida, menopauza davrida;
Nerv-mushak, yurak-qon tomir tizimlari va qonni koagulyatsion xususiyatlarining normal faoliyati uchun;
Immun holatini saqlash, surunkali charchoqda;
Tish kariesi va homiladorlik hamda emizish davrida soch to‘kilishini oldini olish uchun.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Alohida komponentlarga individual sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
- Og‘iz orqali ovqatdan 15-30 daqiqa oldin.
- 2-8 yoshli bolalarga 1 tabletka (250 mg) dan kuniga 2 marta 1-3 oy davomida mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish.
- 9 yoshdan boshlab bolalar va kattalar dastlabki 10 kun davomida 2 tabletka (250 mg+250 mg) dan kuniga 3 marta, so‘ngra muntazam ravishda 2 tabletka (250 mg+250 mg) dan kuniga 1 marta istalgan qulay vaqtda 1-3 oy davomida mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash:
Homiladorlikning 1-3 oyligida 2 tabletka (250 mg+250 mg) dan kuniga 2 marta,
Homiladorlikning 4-9 oyligida va emizish davrida 2 tabletka (250 mg+250 mg) dan kuniga 3 marta.
Farmakologik xususiyatlari
Magniy neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini va neyromushak o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, ko‘plab fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi.
Kalsiy asosiy mikroelement bo‘lib, suyaklarning mustahkamligini ta’minlaydi, uning 99% suyak to‘qimalarida, 1% esa yumshoq to‘qimalarda mavjud. Kalsiy hujayra va to‘qima suyuqliklarining doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ular organizm hujayralarining o‘sishi va faoliyati jarayonlarida, shuningdek, ichak tomonidan oziq moddalarni so‘rib olishda ishtirok etadi. Kalsiy organizmning himoya kuchlarini mustahkamlaydi va uni agressiv omillar va infeksiyalarga nisbatan bardoshliligini oshiradi, hujayralarning gipersezuvchanligini kamaytiradi va allergiyani bartaraf etadi, Krebs sikli va ATF sintezini faollashtiradi, hujayra membranalari va tomir devorlarining o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, og‘ir metall ionlarini chiqarishga yordam beradi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!