-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: etilmetilgidroksipiridina suksinat 100% modda hisobida – 250 mg;
qo‘shimcha komponentlar: laktosa monogidrat, magniy stearat, povidon K-30;
plyonkali qobiq: Opadry II pushti 33G240018 (makrogol 4000, titan dioksid, gipromelloza, triatsetin, laktosa monogidrat, temir oksid sariq va oksid qizil bo‘yoqlari).
-
Qo'llanilishi
o'tkir miya qon aylanishi buzilishlarining oqibatlari, shu jumladan tranzitor ishemik xurujlardan keyin, subkompensatsiya bosqichida (profilaktik kurslar sifatida);
yengil bosh miya jarohati, bosh miya jarohatlarining oqibatlari;
turli genezli ensefalopatiyalar (disirkulyator, dismetabolik, posttravmatik, aralash);
vegetativ distoniya sindromi;
aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
nevrotik va nevrozga o'xshash holatlarda tashvishli buzilishlar;
IShB (kompleks terapiya tarkibida);
alkogolizmda abstinent sindromni nevrozga o'xshash va vegetativ-tomir buzilishlar ustun bo'lgan holda bartaraf etish, postabstinent buzilishlar;
o'tkir antipsixotik vositalar bilan intoksikatsiyadan keyingi holatlar;
asteniya holatlari, shuningdek, ekstremal omillar va yuklamalar ta'sirida somatik kasalliklar rivojlanishini oldini olish uchun;
ekstremal (stressor) omillar ta'siri.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
jigar va buyrak funksiyasining o'tkir buzilishlari;
preparatga yuqori individual sezuvchanlik.
Preparat ta'sirining yetarlicha o'rganilmaganligi sababli – bolalar yoshi, homiladorlik, emizish davri.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali 250 mg 3 marta/kun.
Boshlang'ich doza - 250 mg (1 tabletkadan) 1-2 marta/kun, asta-sekin terapevtik effektga erishilgunga qadar oshiriladi; maksimal sutkalik doza - 750 mg (3 tabletka).
Davolash davomiyligi - 2-6 hafta; alkogolli abstinensiyani bartaraf etish uchun - 5-7 kun. IShB bo'lgan bemorlarda davolash kursi davomiyligi kamida 1,5-2 oy.
Qayta kurslar (shifokor tavsiyasiga ko'ra), afzalroq bahor-yoz davrida o'tkaziladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dizpeptik xarakterdagi individual nojo'ya reaksiyalar, allergik reaksiyalar paydo bo'lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Meksidol® FORTE 250 erkin radikal jarayonlar ingibitori, membranoprotektor bo‘lib, antigipoksik, stress-protektor, nootrop, antiepileptik va anksiolitik ta’sirga ega. 3-oksipiridinlar sinfiga kiradi.
Meksidol® FORTE 250 preparatining ta’sir mexanizmi antioksidant, antigipoksant va membranoprotektor ta’siri bilan bog‘liq. Preparat lipidlarning peroksid oksidlanishini ingibitsiya qiladi, superoksiddismutaza faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, hujayra membranasining tuzilishi va funksiyasini yaxshilaydi. Meksidol® FORTE 250 membranaga bog‘langan fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza), retseptor komplekslari (benzodiazepin, GAMK, atsetilxolin) faolligini modulyatsiya qiladi, bu ularning ligandlar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning strukturaviy-funksional tashkilotini saqlashga, neyromediatorlar transportiga va sinaptik uzatishni yaxshilashga yordam beradi. Meksidol® FORTE 250 bosh miya dopamin miqdorini oshiradi. Gipoksiya sharoitida ATF va kreatinfosfat miqdorini oshirgan holda, aerob glikolizning kompensator faollashuvini kuchaytiradi va Krebs siklida oksidlovchi jarayonlarning tormozlanish darajasini pasaytiradi, mitoxondriyalarning energiya sintezlovchi funksiyalarini faollashtiradi.
Organizmning turli zararli omillarga nisbatan rezistentligini oshiradi (gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishining buzilishi, etanol va antipsixotik vositalar bilan intoksikatsiya).
Koronar qon oqimi keskin pasaygan sharoitda kardiyomiyotsitlar membranalarining strukturaviy-funksional tashkilotini saqlashga yordam beradi, membrana fermentlari – fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza faolligini stimulyatsiya qiladi. O‘tkir ishemiya sharoitida rivojlanayotgan aerob glikoliz faollashuvini qo‘llab-quvvatlaydi va gipoksiya sharoitida mitoxondrial oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarni tiklashga yordam beradi, ATF va kreatinfosfat sintezini oshiradi. Ishemiyalangan miokardning morfologik tuzilmalari va fiziologik funksiyalarining yaxlitligini ta’minlaydi. Miokard infarkti klinik kechishini yaxshilaydi, olib borilayotgan terapiya samaradorligini oshiradi, aritmiyalar va yurak ichki o‘tkazuvchanlik buzilishlari chastotasini kamaytiradi. Ishemiyalangan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nitratlarning antianginal faolligini oshiradi, qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, o‘tkir koronar yetishmovchilikda reperfuziya sindromi oqibatlarini kamaytiradi.
O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikatsiyani kamaytiradi.
Bosh miya metabolizmi va qon ta’minotini yaxshilaydi, mikrotsirkulyatsiyani va qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) membrana tuzilmalarini barqarorlashtiradi, gemoliz rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Gipolipidemik ta’sirga ega, umumiy xolesterin va LDL miqdorini kamaytiradi.
Antistressor ta’siri poststress xatti-harakatini, somatovegetativ buzilishlarni normallashtirishda, uyqu-uyg‘oqlik sikllarini tiklashda, o‘rganish va xotira jarayonlarining buzilishini bartaraf etishda, bosh miya turli tuzilmalarida distrofik va morfologik o‘zgarishlarni kamaytirishda namoyon bo‘ladi.
Meksidol® FORTE 250 abstinent sindromda aniq antitoksik ta’sirga ega. O‘tkir alkogolli intoksikatsiyada nevrologik va neyrotoksik namoyonlarni bartaraf etadi, xatti-harakat buzilishlarini, vegetativ funksiyalarni tiklaydi, shuningdek, etanolni uzoq muddat qabul qilish va uni to‘xtatish natijasida yuzaga kelgan kognitiv buzilishlarni bartaraf etishga qodir. Preparat ta’siri ostida trankvilizatorlar, neyroleptiklar, antidepressantlar, uyqu dori vositalari va antikonvulsantlarning ta’siri kuchayadi, bu ularning dozasini kamaytirish va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish imkonini beradi.
Meksidol® FORTE 250 ishemiyalangan miokardning funksional holatini yaxshilaydi. Koronar yetishmovchilik sharoitida ishemiyalangan miokardning kollateral qon ta’minotini oshiradi, kardiyomiyotsitlarning yaxlitligini saqlashga va ularning funksional faolligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Reversiv yurak disfunktsiyasida miokard qisqaruvchanligini samarali tiklaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Avtotransport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish davrida psixofizik reaksiyalar tezligini talab qiladigan ishda (transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va h.k.) ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: uyquchanlik, uyqusizlik.
Davolash: past toksiklik tufayli dozani oshirib yuborish ehtimoli kam. Odatda davolash talab qilinmaydi, simptomlar bir sutka ichida mustaqil ravishda yo'qoladi. Kuchli namoyon bo'lganda qo'llab-quvvatlovchi va simptomatik davolash o'tkaziladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Mexidol® FORTE 250 barcha somatik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan preparatlar bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Benzodiazepin preparatlari, antidepressantlar, anksiolitiklar, antiepileptik vositalar (karbamazepin) va antiparkinson vositalari (levodopa), nitratlarning ta’sirini kuchaytiradi. Etanolning toksik ta’sirini kamaytiradi.