-
Tarkibi
Faol modda:
Etilmetilgidroksipiridina suksinat - 50 mg
Yordamchi modda:
Natriy metabisulfit - 0,4 mg
Inyeksiya uchun suv 1 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
O‘tkir miya qon aylanishi buzilishlari;
bosh miya jarohati, bosh miya jarohatlari oqibatlari;
disirkulyator ensefalopatiya;
vegetativ distoniya sindromi;
aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlarda tashvishli buzilishlar;
o‘tkir miokard infarkti (birinchi kundan boshlab) kompleks terapiya tarkibida;
birlamchi ochiq burchakli glaukomaning turli bosqichlari, kompleks terapiya tarkibida;
alkogolizmda abstinent sindromni nevrozga o‘xshash va vegetativ-qon tomir buzilishlar ustun bo‘lgan holatlarda bartaraf etish;
o‘tkir antipsixotik vositalar bilan intoksikatsiya;
qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) kompleks terapiya tarkibida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Jigar va buyrak funksiyasining o'tkir buzilishlari, preparatga individual yuqori sezuvchanlik. Meksidol preparatini bolalarda, homiladorlik va emizish davrida qo'llash xavfsizligi bo'yicha qat'iy nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
-
Qo'llash usuli
V/m yoki v/v (struyno yoki kapelno). Infuzion usulda preparatni 0,9 % natriy xlorid eritmasida suyultirish kerak.
Struyno Mexidol® sekin, 5 - 7 daqiqa davomida yuboriladi, kapelno - 40 - 60 tomchi/minut tezlikda. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.
O'tkir miya qon aylanishi buzilishlarida Mexidol® dastlabki 10 - 14 kun davomida v/v kapelno 200 - 500 mg 2 - 4 marta sutkada, so'ngra v/m 200 - 250 mg 2 - 3 marta sutkada 2 hafta davomida qo'llaniladi.
Bosh miya jarohati va bosh miya jarohati oqibatlarida Mexidol® 10 - 15 kun davomida v/v kapelno 200 - 500 mg 2 - 4 marta sutkada qo'llaniladi.
Disirkulyator ensefalopatiyaning dekompensatsiya bosqichida Mexidol® v/v struyno yoki kapelno 200 - 500 mg dozada 1 - 2 marta sutkada 14 kun davomida buyuriladi. So'ngra v/m 100 - 250 mg/sutka keyingi 2 hafta davomida.
Disirkulyator ensefalopatiya kursli profilaktikasi uchun preparat v/m 200 - 250 mg 2 marta sutkada 10 - 14 kun davomida yuboriladi.
Yoshi katta bemorlarda yengil kognitiv buzilishlar va xavotirli buzilishlarda preparat v/m 100 - 300 mg/sutka dozada 14 - 30 kun davomida qo'llaniladi.
O'tkir miokard infarktida kompleks terapiya tarkibida Mexidol® 14 kun davomida veno yoki mushak ichiga, miokard infarkti an'anaviy terapiyasi (nitratalar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzin aylanish fermenti (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyant va antiagregant vositalar, shuningdek, simptomatik vositalar ko'rsatmaga ko'ra) fonida yuboriladi.
Dastlabki 5 kun maksimal effektga erishish uchun preparatni veno ichiga yuborish maqsadga muvofiq, keyingi 9 kun Mexidol® mushak ichiga yuborilishi mumkin.
Veno ichiga preparatni tomchilab infuziya qilish, sekin (nojo'ya ta'sirlarni oldini olish uchun) 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza (glyukoza) eritmasida 100 - 150 ml hajmda 30 - 90 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Zarur bo'lsa, preparatni sekin struyno, kamida 5 daqiqa davomida yuborish mumkin.
Preparatni (veno yoki mushak ichiga) 3 marta sutkada, har 8 soatda yuboriladi. Sutkalik terapevtik doza 6 - 9 mg/kg tana vazniga, bir martalik doza 2 - 3 mg/kg tana vazniga to'g'ri keladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik doza 250 mg dan oshmasligi kerak.
Ochiq burchakli glaukomaning turli bosqichlarida kompleks terapiya tarkibida Mexidol® mushak ichiga 100 - 300 mg/sutka, 1 - 3 marta sutkada 14 kun davomida yuboriladi.
Alkogolli abstinent sindromda Mexidol® 200 - 500 mg v/v kapelno yoki v/m 2 - 3 marta sutkada 5 - 7 kun davomida yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikatsiyada preparat v/v 200 - 500 mg/sutka dozada 7 - 14 kun davomida yuboriladi. O'tkir yiringli-yallig'lanishli qorin bo'shlig'i jarayonlarida (o'tkir nekrotik pankreatit, peritonit) preparat birinchi kunlarda, operatsiyadan oldin va keyin buyuriladi. Yuboriladigan doza kasallik shakli va og'irligiga, jarayon tarqalishiga, klinik kechish variantlariga bog'liq. Preparatni bekor qilish faqat barqaror ijobiy klinik-laborator effektdan so'ng bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
O'tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Mexidol® 200 - 500 mg 3 marta kuniga, v/v kapelno (0,9 % natriy xlorid eritmasida) va v/m buyuriladi. Nekrotik pankreatitning yengil darajasi - 100 - 200 mg 3 marta kuniga v/v kapelno (0,9 % natriy xlorid eritmasida) va v/m. O'rtacha og'irlik darajasi - 200 mg 3 marta kuniga, v/v kapelno (0,9 % natriy xlorid eritmasida). Og'ir kechish - puls-dozalashda 800 mg birinchi kun, ikki marta yuborish rejimida; keyin 200 - 500 mg 2 marta kuniga sutkalik doza asta-sekin kamaytiriladi. Nihoyatda og'ir kechish - boshlang'ich doza 800 mg/sutka, pankreatogen shok belgilari barham topguncha, holat barqarorlashgach 300 - 500 mg 2 marta kuniga v/v kapelno (0,9 % natriy xlorid eritmasida) sutkalik doza asta-sekin kamaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ko'ngil aynishi va og'iz shilliq qavati qurishi, uyquchanlik, allergik reaksiyalar paydo bo'lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antigipoksik, membranoprotektor, nootrop, qarshi talvasali, anksiolitik ta’sir ko‘rsatadi, organizmning stressga chidamliligini oshiradi. Preparat organizmning asosiy shikastlovchi omillarga, kislorodga bog‘liq patologik holatlarga (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishining buzilishi, alkogol va antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) bilan intoksikatsiya) nisbatan rezistentligini oshiradi.
Meksidol® miya metabolizmi va bosh miya qon ta’minotini yaxshilaydi, mikrosirkulyatsiyani va qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlarning agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) membrana tuzilmalarini gemolizda barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta’sir ko‘rsatadi, umumiy xolesterin va LDL darajasini kamaytiradi.
O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikatsiyani kamaytiradi.
Meksidol®ning ta’sir mexanizmi uning antigipoksant, antioksidant va membranoprotektor ta’siri bilan bog‘liq. U lipidlarning peroksid oksidlanish jarayonlarini ingibitsiya qiladi, superoksiddismutaza faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing yopishqoqligini kamaytiradi, uning suyuqligini oshiradi. Membranaga bog‘langan fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza), retseptor komplekslari (benzodiazepin, GAMK, atsetilxolin) faolligini modulyatsiya qiladi, bu ularning ligandlar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning strukturaviy-funksional tashkilotini saqlashga, neyromediatorlar transportiga va sinaptik uzatishni yaxshilashga yordam beradi. Meksidol® bosh miya dofamin miqdorini oshiradi. Gipoksiya sharoitida aerob glikolizning kompensator faolligini kuchaytiradi va Krebs siklida oksidlovchi jarayonlarning tormozlanish darajasini kamaytiradi, ATF, kreatinfosfat miqdorini oshiradi va mitoxondriyalarning energiya sintezlovchi funksiyalarini faollashtiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi. Meksidol® ishemiyalangan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz zonasini kamaytiradi, miokardning elektr faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va yaxshilaydi, shuningdek, ishemiya zonasida koronar qon oqimini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchilikda reperfuziya sindromi oqibatlarini kamaytiradi. Nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi. Meksidol® surunkali ishemiya va gipoksiya sababli rivojlanadigan progressiv neyropatiyada to‘r pardadagi ganglioz hujayralar va ko‘ruv nervi tolalarini saqlab qolishga yordam beradi. To‘r parda va ko‘ruv nervining funksional faolligini yaxshilaydi, ko‘rish o‘tkirligini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Alohida hollarda, ayniqsa bronxial astmaga moyil bo‘lgan, sulfitlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda og‘ir gipersezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.