-
Tavsif
Mexidol® preparati tarkibida faol modda etilmetilgidroksipiridin suksinat mavjud bo‘lib, u antioksidant vositalar guruhiga kiradi. Antioksidantlar asab va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, shuningdek, spirtli ichimliklar va dori vositalari bilan zaharlanishda yuzaga keladigan oksidlanish jarayonlariga to‘sqinlik qiladi.
Mexidol® preparatining ta’sir mexanizmi
Mexidol® organizmning turli zararli omillarga, shok, to‘qimalarga kislorod yetishmasligi (gipoksiya) va to‘qimalarga qon yetishmasligi (ishemiya), miya qon aylanishi buzilishi, spirtli ichimliklar va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan zaharlanishda chidamliligini oshiradi. Mexidol® yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklarda hosil bo‘ladigan faol kislorod shakllarini (erkin radikallarni) zararsizlantirishga qodir, shu bilan organizmdagi hujayralarning nobud bo‘lishiga olib keladigan shikastlanishlarni kamaytiradi. Giperaktivlik va diqqat yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarda Mexidol® diqqatni jamlash va konsentratsiya qilish qobiliyatini oshiradi, sabr-toqatni kuchaytiradi, giperaktivlik belgilarini kamaytiradi va impulsivlikni pasaytiradi, bu esa bolalarning o‘qish va ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga yordam beradi.
Agar yaxshilanish bo‘lmasa yoki ahvolingiz yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Tarkibi
Tabletkalar - 1 tab.:
Faol modda: 125,0 mg etilmetilgidroksipiridina suksinat.
Yordamchi modda: laktosa monogidrat, povidon K-30, magniy stearat, plyonka qobiq: gipromelloza, titana dioksid, laktosa monogidrat, makrogol, triatsetin.
Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, oqdan oqgacha sarg‘ish tusli, o‘ziga xos hidga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.
10 ta plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan yasalgan konturli yacheykali o‘ramda.
1, 2, 3, 4, 5 ta konturli yacheykali o‘ramdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
-
Qo'llanilishi
Mexidol® preparati quyidagilarda qo‘llaniladi:
miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari oqibatlarida, shu jumladan bosh miyaning qon bilan ta’minlanishining o‘tkinchi buzilishlaridan (tranzitor ishemik xurujlar) keyin, kasallikning boshlang‘ich bosqichida (subkompensatsiya fazasida) profilaktik kurslar sifatida;
yengil bosh miya jarohati, bosh miya jarohatlari oqibatlarida;
turli kelib chiqishli bosh miya faoliyati buzilishlarida (ensefalopatiyalarda) (qon aylanishi buzilishi (disirkulyator), moddalar almashinuvi buzilishi (dismetabolik), jarohatdan keyingi, aralash);
ichki organlar funksiyalarini boshqaruvchi nervlar faoliyati buzilishi bilan bog‘liq holatlarda (vegetativ distoniya sindromi);
qon tomirlarining aterosklerozi bilan bog‘liq yengil aqliy mehnatga layoqatsizlikda (aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlarda);
nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlarda tashvishli buzilishlarda;
yurakning qon bilan ta’minlanishi yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalligida (ishemik yurak kasalligi) kompleks terapiya tarkibida;
alkogol iste’molini keskin to‘xtatgandan keyin yuzaga keladigan shikoyatlar majmuasida (abstinensiya sindromi), alkogolizmda nevrozga o‘xshash va vegetativ-tomir buzilishlar ustun bo‘lganda, alkogol iste’molini keskin to‘xtatgandan keyingi kechikkan og‘riqli namoyonlarda (postabstinensiya buzilishlari);
psixik kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari bilan o‘tkir zaharlanish (intoksikatsiya)dan keyingi holatlarda;
charchoqlik kuchaygan zaiflashgan holatlarda (astenik holatlarda), shuningdek, ekstremal omillar va yuklamalar ta’sirida ichki organlar kasalliklari (somatik kasalliklar) rivojlanishining oldini olish uchun;
ekstremal (stressor) omillar ta’sirida;
bolalarda diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromida, shu jumladan giperaktivlik, diqqatning buzilishi, impulsivlikda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Meksidol® preparatini quyidagi hollarda qo‘llamang:
agar sizda etilmetilgidroksipiridina suksinat yoki preparatning boshqa har qanday komponentlariga allergiya bo‘lsa;
agar sizda jigar funksiyasining o‘tkir buzilishi bo‘lsa;
agar sizda buyrak funksiyasining o‘tkir buzilishi bo‘lsa;
preparat 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kontraindikatsiyalangan;
agar siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz;
agar sizda ayrim shakarlarga toqat qilmaslik bo‘lsa (preparat laktosa saqlaydi).
-
Qo'llash usuli
Preparatni doimo davolovchi shifokor tavsiyalariga to‘liq muvofiq holda qo‘llang. Agar shubhangiz bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Tavsiya etilgan doza:
Boshlang‘ich doza – 1-2 tabletka (125-250 mg) kuniga 1-2 marta, terapevtik ta’sirga erishilgunga qadar asta-sekin oshiriladi. Kattalar uchun tavsiya etilgan doza og‘iz orqali 1-2 tabletka (125-250 mg) kuniga 3 marta; maksimal sutkalik doza – 6 tabletka (750 mg).
O‘tkir miya qon aylanishi buzilishlarining oqibatlarini, shu jumladan tranzitor ishemik xurujlardan keyin davolash uchun, tabletkalar preparatning tomir ichiga va mushak ichiga yuboriladigan eritmasi kursidan so‘ng buyuriladi.
Bolalarda qo‘llanilishi:
Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromida, shu jumladan giperaktivlik, diqqatning buzilishi, impulsivlikda: 1 tabletka (125 mg) kuniga 2 marta.
Zaruriyat tug‘ilganda, davolovchi shifokoringiz Mexidol® preparati dozasini o‘zgartirishi mumkin.
Qo‘llash yo‘li yoki usuli:
Og‘iz orqali qabul qilish uchun tabletkani bo‘lmasdan, suv bilan iching.
Preparatni qancha muddat qo‘llash kerak:
Davolash davomiyligi 2-8 hafta.
Bolalarda diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromida davolash davomiyligi 6 hafta.
Ishemik yurak kasalligiga chalingan bemorlarda davolash davomiyligi kamida 6-8 hafta. Takroriy kurslarni (shifokor tavsiyasiga ko‘ra) bahor-yoz va kuz-qish davrlarida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Alkogolli abstinensiyada davolash davomiyligi 5-7 kun.
Davolashni asta-sekin, doza 2-3 kun davomida kamaytirilgan holda to‘xtatadilar.
Preparatni shifokor aytgan muddat davomida qo‘llashda davom eting. Agar preparatni qancha muddat qo‘llash bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Agar Mexidol® preparatini kerakligidan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz, sizda uyquchanlik yoki uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin. Odatda davolash talab qilinmaydi, chunki simptomlar bir sutka ichida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Agar simptomlar kuchli bo‘lsa, mos davolash uchun shifokorga murojaat qiling.
Agar preparatni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz:
Mexidol® preparatining ikki barobar dozasi bilan o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirmang. Navbatdagi dozani odatdagidek vaqtda qabul qiling.
Preparatni qo‘llash bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki hamshiraga murojaat qiling.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Barcha dori vositalari kabi, Mexidol® ham nojo‘ya reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, biroq ular hamma bemorlarda ham yuzaga kelmaydi.
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalardan har biri jiddiy bo‘lib qolsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Quyida keltirilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin:
Juda kam hollarda (10000 kishidan 1 nafardan ko‘p bo‘lmagan hollarda):
jiddiy allergik reaksiya, nafas olishda qiyinchilik, yuz, bo‘yin, lab, til, tomoq shishishi (angionevrotik shish) bo‘lishi mumkin;
allergik qichishuvchi toshma (urtikariya);
uyquchanlik;
bosh og‘rig‘i;
og‘iz qurishi;
ko‘ngil aynishi;
oshqozon sohasida og‘riq, kuydiruvchi va noqulaylik (epigastral sohada);
qorinda kuyish (qayt qilish);
ichakda gaz to‘planishi (meteorizm);
diareya;
toshma;
qichish;
teri qizarishi (giperemiya).
-
Maxsus ko'rsatmalar
Mexidol® preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Agar sizda ayrim shakarlarga nisbatan toqat qilmaslik bo‘lsa, bu haqda albatta davolovchi shifokorga xabar bering, chunki preparat tarkibida laktоза mavjud.
Bolalar va o‘smirlar
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Preparatni qo‘llash davrida psixofizik reaksiyalar tezligini talab qiladigan ishlar (transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va h.k.)da ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi:
Meksidol® erkin radikal jarayonlar ingibitori, membranoprotektor bo‘lib, antigipoksik, stress-protektiv, nootrop, qarshi tutqanoq va anksiolitik ta’sirga ega. Preparat organizmning turli zararli omillarga (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishining buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan intoksikatsiya) ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Meksidol®ning ta’sir mexanizmi uning antioksidant, antigipoksant va membranoprotektor ta’siri bilan bog‘liq. U lipidlarning peroksid oksidlanishini ingibitsiya qiladi, superoksiddismutaza faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing yopishqoqligini kamaytiradi, uning suyuqligini oshiradi.
Meksidol® membranaga bog‘langan fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza), retseptor komplekslari (benzodiazepin, GAMK, atsetilxolin) faolligini modulyatsiya qiladi, bu ularning ligandlar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning strukturaviy-funksional tashkilotini saqlashga, neyromediatorlar transportiga va sinaptik uzatishni yaxshilashga yordam beradi.
Meksidol® bosh miya dopamin miqdorini oshiradi. Gipoksiya sharoitida aerob glikolizning kompensator faollashuvini kuchaytiradi va Krebs siklida oksidlovchi jarayonlarning tormozlanish darajasini kamaytiradi, ATF va kreatinfosfat miqdorini oshiradi, mitoxondriyalarning energiya sintezlovchi funksiyalarini faollashtiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi.
Preparat bosh miya metabolizmi va qon ta’minotini yaxshilaydi, mikrosirkulyatsiyani va qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlarning agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) membrana tuzilmalarini gemolizda barqarorlashtiradi. Gipo-lipidemik ta’sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlar miqdorini kamaytiradi.
Antistressor ta’siri poststress xatti-harakatini, somatovegetativ buzilishlarni normallashtirishda, uyqu-uyg‘oqlik sikllarini tiklashda, o‘rganish va xotira jarayonlarining buzilishini tiklashda, bosh miya turli tuzilmalarida distrofik va morfologik o‘zgarishlarni kamaytirishda namoyon bo‘ladi.
Meksidol® abstinent sindromda aniq antitoksik ta’sirga ega. U o‘tkir alkogol intoksikatsiyasining nevrologik va neyrotoksik namoyonlarini bartaraf etadi, xatti-harakat buzilishlarini, vegetativ funksiyalarni tiklaydi, shuningdek, etanolning uzoq muddatli qabul qilinishi va uning bekor qilinishi natijasida yuzaga kelgan kognitiv buzilishlarni bartaraf eta oladi.
Meksidol® ta’siri ostida trankvilizatorlar, neyroleptiklar, antidepressantlar, uyqu dori vositalari va qarshi tutqanoq vositalarining ta’siri kuchayadi, bu ularning dozasini kamaytirish va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish imkonini beradi. Meksidol® ishemiyalangan miokardning funksional holatini yaxshilaydi.
Koronar yetishmovchilik sharoitida ishemiyalangan miokardning kollateral qon ta’minotini oshiradi, kardiomiyotsitlarning yaxlitligini saqlashga va ularning funksional faolligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Qaytar miokard disfunktsiyasida miokard qisqaruvchanligini samarali tiklaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Og‘iz orqali qabul qilinganda tez so‘riladi. 400 - 500 mg dozada maksimal konsentratsiya 3,5 - 4,0 mkg/ml ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Organ va to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Og‘iz orqali qabul qilinganda preparatning organizmda o‘rtacha ushlanish vaqti – 4,9 – 5,2 soat. Jigarda glyukuronkon’yugatsiya yo‘li bilan metabolizatsiyalanadi. 5 ta metabolit aniqlangan: 3-oksipiridin fosfat - jigar va ishqoriy fosfataza ishtirokida fosfor kislotasi va 3-oksipiridinga parchalanadi; 2-metabolit - farmakologik faol, katta miqdorda hosil bo‘ladi va preparat yuborilgandan 1 - 2 kun o‘tgach siydikda aniqlanadi; 3-metabolit - katta miqdorda siydik bilan chiqariladi; 4 va 5 - glyukuronkon’yugatlar. Og‘iz orqali qabul qilinganda T1/2 - 2,0 - 2,6 soat.
Chiqarilishi
Asosan metabolitlar ko‘rinishida va oz miqdorda o‘zgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi. Preparat qabul qilingandan keyingi dastlabki 4 soat ichida eng intensiv chiqariladi. O‘zgarmagan preparat va metabolitlarning siydik bilan chiqarilish ko‘rsatkichlari individual o‘zgaruvchanlikka ega.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari haqida davolovchi shifokorga xabar bering.
Mexidol® preparati ichki organlar kasalliklarini (somatik kasalliklarni) davolashda qo‘llaniladigan barcha preparatlar bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Agar siz tinchlantiruvchi vositalar va uyqusizlikka qarshi dori vositalarini, masalan, diazepam yoki midazolam (benzodiazepin preparatlari), antidepressantlar, xavotirli buzilishlarni davolash uchun preparatlar, masalan, fenibut (anksiolitiklar), epilepsiya va tutqanoq xurujlarini davolash uchun preparatlar, masalan, valproat, lamotridjin (antikonvulsantlar) va parkinsonizmga qarshi vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu haqda davolovchi shifokorga xabar berish muhim, chunki Mexidol® preparati ularning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Mexidol® preparati etil spirti toksik ta’sirini kamaytiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda uyquchanlik rivojlanishi mumkin.