Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
1 ml Medeksol preparatida quyidagilar mavjud: Faol modda: Deksametazon fosfat 1 mg Yordamchi modda: kreatinin, natriy sitrat, natriy borat, polisorbat 80, benzalkoniya xlorid, dinatriy edetat, natriy metabisulfit, xlorid kislota, in'ektsiya uchun suv.
Qo'llanilishi
Allergik blefarit, kon'yunktivit, keratokonyunktivit; - Oʻtkir va surunkali irit, iridotsiklit; - Operatsiyadan keyingi davrda yalligʻlanish hodisalarini oldini olish va davolash; - Termik va kimyoviy kuyish (rogʻovitsa nuqsonlari toʻliq epitelizatsiyalanganidan soʻng); - Oʻtkir oʻrta otit, tashqi otit baraban parda shikastlanmagan holda (shu jumladan tashqi eshituv yoʻli infeksiyalangan ekzema).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat quyidagi holatlarda qoʻllash mumkin emas: - preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda; - herpes simplex, suvchechak va boshqa virusli kasalliklar sababli kelib chiqqan keratitda; - koʻzlarning mikobakterial infeksiyalarida; - koʻzlarning zamburugʻli kasalliklarida; - rogʻovitsa epiteliyasi shikastlangan oʻtkir yiringli koʻz kasalliklarida; - rogʻovitsa epiteliyopatiyasida; - koʻz ichki bosimi oshganida; - baraban pardasi perforatsiyasida.
Qo'llash usuli
Bir yoki ikki tomchi Medeksol kon'yunktival qopchaga har 3-6 soatda yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra tomiziladi. Kattalarga - har bir quloqqa 1-5 tomchidan kuniga 2 marta 6-10 kun davomida tomiziladi, bolalarga - har bir quloqqa 1-2 tomchidan kuniga 2 marta 6-10 kun davomida tomiziladi. Qo'llashdan oldin flakonni qo'lda ushlab isitish tavsiya etiladi, bu sovuq suyuqlik quloqqa tushganda yuzaga keladigan noqulay hislarni oldini olish uchun.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.
Chiqarish shakli
Koʻz/ quloq tomchilari 5 ml plastik tomizgichli flakonda (tomchilar uchun flakon tomizgich moslamasi bilan) va vintli qopqoq bilan. 1 dona tomizgichli flakon karton qutida, yoʻriqnoma varaqasi bilan birga.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat kontakt linzalar taqilganda qoʻllash tavsiya etilmaydi. Preparatni qoʻllashdan oldin kontakt linzalarni yechish va ularni kamida 15 daqiqadan soʻng taqish kerak. Tomchilarni uzoq muddat qoʻllash natijasida koʻz ichki bosimi oshishi mumkin. Agar preparat 2 haftadan ortiq muddat davomida qoʻllanilsa, koʻz ichki bosimini muntazam oʻlchab turish kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!