-
Tarkibi
1 ampula tarkibida:
faol modda: tiokolxikozid - 4 mg;
yordamchi moddalari: natriy xlorid, limon kislotasi monogidrat, natriy sitrat digidrat, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
og‘riqli mushak spazmlarini simptomatik davolash uchun;
umurtqa pog‘onasining degenerativ shikastlanishlari, masalan, tortikollis, lumbalgiya, torakalgiya;
travmatik yoki nevrologik sababli holatlar, spazm bilan kechuvchi;
rehabilitatsiya davrida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tiokolxikozid yoki kolxizinga yuqori sezuvchanlik, mushak gipotoniyasi, bo‘shashgan falaj, homiladorlik va laktatsiya davri.
Mushak ichiga yuborish antikoagulyant terapiya olayotgan bemorlarga, shuningdek, gemorragiyalari bo‘lgan bemorlarga kontrendikatsiyalangan.
Dozalashdan oshirib yuborish
Hozirgi vaqtgacha dozalashdan oshirib yuborish haqida xabar berilmagan.
Dozalashdan oshirib yuborilgan taqdirda simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi terapiya buyuriladi.
-
Qo'llash usuli
Kuniga 2 marta 4 mg m/m buyuriladi. Shu dozada davolash davomiyligi 3-5 kunni tashkil etadi.
Zaruriyat tug‘ilganda davolash davom ettiriladi va preparatning peroral qabuliga o‘tiladi: 2 tabletka kuniga 2 marta 5-7 kun davomida.
Fizioterapevtik seanslar o‘tkazilganda, preparatning terapevtik ta’siri davomiyligi 30-40 daqiqa ekanligini hisobga olish zarur.
Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan gastralgiya va diareya kuzatilishi mumkin.
Kamroq hollarda arterial bosimning pasayishi, vaqtincha ongning xiralashuvi yoki qo‘zg‘alish kuzatiladi.
Tiokolxikozid qo‘llanganda yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarda teri toshmalari paydo bo‘lishi mumkin.
Kutilmagan ta’sirlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tiokolxikozid - Makstio preparatining faol ingredienti bo‘lib, tiometil hosilali kolxikozid hisoblanadi, u esa o‘z navbatida kolxizin-glikozid hisoblanadi. Tiokolxikozid mushaklarga, ayniqsa, ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tiokolxikozid gamma-aminomoy kislota (GAMK) va glitsinergik retseptorlarga selektiv o‘xshashlikka ega. U markaziy asab tizimi (MAT) bilan bog‘liq mushak spazmlarini sezilarli darajada kamaytiradi yoki butunlay yo‘q qiladi. Tiokolxikozid kurarega o‘xshash ta’sir ko‘rsatmaydi va harakat falajini chaqirmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Tiokolxikozid epilepsiyadan aziyat chekayotgan yoki xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda epileptik tutqanoq chaqirishi mumkin.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan, shuningdek, keksalar uchun qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Ushbu bemorlarga, ayniqsa, keksalarga preparatning past dozalari tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash
Tiokolxikozidni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarli va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar mavjud emas. Hayvonlarda preparatning reproduktiv funksiyaga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari har doim ham insonlardagidek emas. Tiokolxikozid homiladorlikda qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan.
Tiokolxikozid ko‘krak sutiga ajralishi sababli, preparatni laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatning avtomobil boshqarish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. Klinik tadqiqotlar tiokolxikozid psixomotor funksiyalarga ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatdi. Biroq, kam hollarda uyquchanlik kuzatilgan, shuning uchun avtomobil boshqarishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP), fenilbutazon, analgezik preparatlar, anabolik steroidlar, tinchlantiruvchi vositalar, barbituratlar va suksinilxolin bilan birga qo‘llanishi mumkin.
Boshqa mushak bo‘shashtiruvchi vositalar bilan birga buyurilishi tavsiya etilmaydi, chunki ular o‘zaro ta’sir effektini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.
Preparatni antikoagulyantlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki qon ketish xavfi oshadi.
Markaziy asab tizimini (MAT) bostiruvchi preparatlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar, antigipertenziv vositalar, kurarega o‘xshash preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda miorelaksatsiya va MAT bostirilishi, gipotoniyaning rivojlanishi mumkin.