Farmakologik xususiyatlari
Magniy fiziologik kalsiy antagonisti, ko‘pchilik almashinuv reaksiyalarining, shu jumladan energiya sintezi va ajralishi bilan bog‘liq bo‘lgan metabolik kofaktor hisoblanadi, katexolaminlar sekretsiyasini kamaytiradi, Na+ -K+ -ATFaza faoliyatini, neyroximik uzatishni, mushak qo‘zg‘aluvchanligini tartibga soladi, markaziy asab tizimi, periferik asab tizimidagi atsetilxolin miqdorini kamaytiradi, natijada sedativ, analgezik, antikonvulsant, spazmolitik, xoleretik va tokolitik ta’sir ko‘rsatadi. Preparat koronar va periferik arteriyalarni kengaytiradi, arterial bosimni, yurakka postnagruzka yukini kamaytiradi, miokardning reperfuziya shikastlanishi rivojlanishini sekinlashtiradi. Qorincha va qorincha usti aritmiyalari chastotasini kamaytiradi, sinus va atrioventrikulyar tugun sohasida o‘tkazuvchanlikni sekinlashtiradi.
Magniyning antitrombotsitar xususiyatlari tromboksan 2, lipoksigenaza hosilalari (12-NETE) sintezi kamayishi, prostatsiklin va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar sintezi stimulyatsiyasi bilan bog‘liq. Doza oshirilganda magniy salbiy izotrop va miorelaksatsion ta’sir ko‘rsatishi mumkin.