Dozani oshirib yuborilishi
Sintomlar
Bubak normal buyrak funksiyasi bo‘lsa, magniy bilan og‘iz orqali dozani oshirib yuborish odatda toksik reaksiyalarga olib kelmaydi. Biroq, buyrak yetishmovchiligi holatida magniy bilan zaharlanish rivojlanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish simptomlari, ularning og‘irligi qondagi magniy konsentratsiyasiga bog‘liq: arterial bosimning pasayishi; ko‘ngil aynishi, qusish; markaziy asab tizimining susayishi, reflekslarning pasayishi; elektrokardiogrammada o‘zgarishlar; nafas olishning susayishi, koma, yurak to‘xtashi va nafas olish falaji; anurik sindrom.
Davolash
Regidratatsiya, majburiy diurez. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, gemodializ yoki peritoneal dializ zarur. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan kombinatsiyalar
Levodopa bilan: levodopa faolligi piridoksin tomonidan ingibitsiya qilinadi (agar ushbu preparat qabul qilinishi aromatik L-aminokislotalar periferik dekarboksilaza ingibitorlari bilan birga bo‘lmasa). Har qanday miqdordagi piridoksin qabul qilishdan saqlanish kerak, agar levodopa aromatik L-aminokislotalar periferik dekarboksilaza ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa.
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Fosfatlar yoki kalsiy tuzlarini o‘z ichiga olgan preparatlarni bir vaqtda qo‘llash magniyning ichakda so‘rilishini yomonlashtirishi mumkin. E’tiborga olish kerak bo‘lgan kombinatsiyalar
Tetrasiklinlarni og‘iz orqali buyurishda, tetrasiklin va Magne B6® forte og‘iz orqali qabul qilish orasida kamida uch soatlik intervalga rioya qilish zarur, chunki magniy preparatlari tetrasiklinlarning so‘rilishini kamaytiradi.