Qo'llash usuli
Preparat venaga tomchilab, sekin kiritiladi va bemorning holatini diqqat bilan kuzatish shart. Dozasi bemorning klinik holatiga, aminokislotalar va suyuqlik ehtiyojiga, tana massasi va katabolizm darajasiga qarab belgilanadi.
Yoshlar: 0,6 dan 1,0 g aminokislotalar (kuniga tana massasi bo'yicha 20 ml gacha eritma). Katabolik holatlarda - 1,3 - 2 g aminokislotalar (kuniga tana massasi bo'yicha 40 ml gacha eritma). O'smirlar uchun parenteral ovqatlanishda kiritilgan umumiy suyuqlik miqdori kuniga tana massasi bo'yicha 40 ml dan oshmasligi kerak. Preparat bemorni to'liq enteral yoki peroral ovqatlanishga o'tkazguncha qo'llaniladi.
2-18 yoshdagi bolalar: Bolalar uchun dozaj ma'lumotlari o'rtacha ko'rsatkichlardir va yosh, jismoniy rivojlanish darajasi va kasallik og'irligiga qarab individual ravishda belgilanadi.
2 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunlik dozasi: 10 ml/tana massasi ∼ 1,0 g aminokislotalar/tana massasi.
6 dan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunlik dozasi: 15 ml/tana massasi ∼ 1,5 g aminokislotalar/tana massasi.
Infuziya maksimal tezligi: 1 ml/tana massasi soatiga ∼ 0,1 g aminokislotalar/tana massasi.
Maksimal kunlik dozasi kunlik oqsil ehtiyojidan kelib chiqib hisoblanadi. Preparat enteral ovqatlanish usuliga to'liq o'tguncha qo'llaniladi.