Dorilarning o'zaro ta'siri
NPVS, jumladan, selektiv TsOG-2 ingibitorlari bilan o‘zaro ta’siri
Keksalar, degidratatsiya (shu jumladan diuretiklar bilan davolash natijasida yuzaga kelgan) yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda NPVS, jumladan, selektiv TsOG-2 ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari blokatorlari (shu jumladan lozartan) bilan birga qo‘llanilganda buyrak funksiyasining yomonlashuvi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Ushbu ta’sirlar odatda qaytar. Lozartan va NPVS birga qabul qilayotgan bemorlarda buyrak funksiyasini davriy nazorat qilish zarur.
Angiotenzin II retseptorlari antagonistlarining, jumladan lozartanning, antigipertenziv ta’siri NPVS, jumladan selektiv TsOG-2 ingibitorlari tomonidan susaytirilishi mumkin.
RAASning ikki tomonlama blokadasi
RAASning ikki tomonlama blokadasi angiotenzin retseptorlari antagonistlari, APF ingibitorlari yoki aliskiren bilan birga qo‘llanilganda, monoterapiyaga nisbatan gipotenziya, sinkope, giperkaliemiya va buyrak funksiyasi buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) xavfi oshishi bilan bog‘liq. Lozartan va RAASga ta’sir qiluvchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bemorlarda AB, buyrak funksiyasi va elektrolit muvozanatini diqqat bilan nazorat qilish zarur.
Aliskiren bilan o‘zaro ta’siri
Lozartanni aliskiren bilan birga qabul qilish qandli diabetli bemorlarda kontraindikasiyalangan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (klubochkali filtrlatsiya tezligi 60 ml/min dan kam) lozartan va aliskiren birga qo‘llanilishini istisno qilish zarur.