Maxsus ko'rsatmalar
Diareya davosi simptomatik xarakterga ega. Agar kasallik etiologiyasini aniqlash mumkin bo‘lsa, maxsus davolash o‘tkazilishi kerak. Diareyali bemorlarda, ayniqsa bolalarda, zaif bemorlarda, keksalarda, degidratatsiya va elektrolitlar disbalansi yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda eng muhim choralar suyuqlik va elektrolitlarni to‘ldirish uchun o‘rnini bosuvchi terapiyani qo‘llashdir. Doimiy diareya yanada jiddiy holatlar haqida dalolat berishi mumkinligi sababli, dori vositasini uzoq muddat davomida, diareya sababi o‘rganilmaguncha, qo‘llash tavsiya etilmaydi.
O‘tkir diareyada, 48 soat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, loperamid gidroxlorid qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
OITS sindromiga ega bo‘lgan va diareyada Loperamid gidroxlorid «LX» qabul qilayotgan bemorlar, qorin dam bo‘lishining birinchi belgilarida darhol davolashni to‘xtatishlari kerak. Ayrim hollarda, OITS bilan kasallangan, virusli yoki bakterial kelib chiqishga ega infeksion kolitli bemorlarda loperamid gidroxlorid bilan davolashda toksik megakolon rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan ichak tutilishi holatlari haqida alohida xabarlar mavjud.
Jigar faoliyati buzilgan bemorlar bo‘yicha farmakokinetik ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa-da, bunday bemorlarga Loperamid gidroxlorid «LX» birinchi o‘tish metabolizmining sekinlashuvi sababli ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Ushbu dori vositasi jigar faoliyati buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi lozim, chunki u nisbiy dozani oshirib yuborishga olib kelishi mumkin, bu esa markaziy asab tizimining toksik zararlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar preparat shifokor tomonidan oldindan tashxis qo‘yilgan ichakning irritatsion sindromi bilan bog‘liq diareya xurujlarini nazorat qilish uchun qabul qilinsa va 48 soat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, loperamid gidroxlorid qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Shuningdek, simptomlar xarakteri o‘zgarsa yoki takrorlanuvchi diareya xurujlari ikki haftadan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Dozani oshirib yuborishda yurak faoliyati buzilishi, jumladan QT va QRS komplekslari intervalining uzayishi, loperamidni tibbiy qo‘llanma bo‘yicha tavsiya etilgan dozadan yuqori yoki noto‘g‘ri yoki suiiste’mol (qasdiy yoki tasodifiy) qabul qilinganda «piruet» tipidagi qorinchalar taxikardiyasi (torsades de pointes) haqida xabarlar olingan. Ba’zi hollarda o‘lim holatlari qayd etilgan (qarang «Dozani oshirib yuborish» bo‘limi). Dozani oshirib yuborish ilgari tashxis qilinmagan Brugada sindromini namoyon qilishi mumkin. Bemorlar tavsiya etilgan preparat dozasini va qabul qilish davomiyligini oshirmasliklari kerak.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Loperamid gidroxloridning teratogen yoki embriotoksik xususiyatlarga ega ekanligi haqida dalillar yo‘q, biroq uni homiladorlik davrida, ayniqsa birinchi trimestrda qo‘llashdan oldin, kutilayotgan terapevtik foyda va potentsial xavf baholanishi kerak.
Loperamid inson ko‘krak sutiga kichik miqdorda o‘tishi mumkin. Shuning uchun, laktatsiya davrida loperamid gidroxlorid qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Loperamid gidroxlorid yordamida diareya sindromlarini davolashda charchoq, bosh aylanishi yoki uyquchanlik belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ushbu preparatni transport vositasini boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Keksalar uchun davolashda qo‘llanilishi.
Keksalar uchun doza tuzatish talab qilinmaydi.
Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi.
Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar uchun doza tuzatish talab qilinmaydi.
Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi.
Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda preparat ta’siri bo‘yicha farmakokinetik ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa-da, bunday bemorlarga loperamid gidroxlorid birinchi o‘tish metabolizmining sekinlashuvi sababli ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.