Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Sintomitsin liniment 5% 25g (naycha)
Sintomitsin liniment 5% 25g (naycha)
Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sintomitsin liniment 5% 25g (naycha)
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Liniment
  • Dozalash
    5%
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    25 g
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    faol modda: xloramfenikol - 5 g yoki 10 g;

    yordamchi moddalari: kastor yog'i, emulgator №1 yoki tsetostearyl spirti, natriy laurilsulfat, sorbin kislotasi, natriy - karboksimetilsellyuloza yoki aerosil, tozalangan suv 100 g gacha. 
  • Qo'llanilishi
    Ikkinchi fazadagi yarali jarayon (irin, nekrotik to'qimalar yo'qligi) bilan infeksiyalangan yaralar, uzoq vaqt bitmaydigan trofik yaralar, 2-3 darajali kuyishlar.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Individual toqat qilmaslik, suyak iligi qon yaratilishining bostirilishi, o‘tkir intermitent porfiriya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, teri kasalliklari (zamburug‘li zararlanishlar, psoriaz, ekzema), homiladorlik, laktatsiya davri, yangi tug‘ilgan davr (4 haftagacha). Osmotik faollikning yo‘qligi sababli (asos yog‘, emulgator) yarani davolashning birinchi bosqichida (ko‘p miqdorda yiring ajralishi, to‘qimalarning aniq shishishi, og‘riq va nekrotik to‘qimalar mavjudligi) qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ehtiyotkorlik bilan: erta bolalik yoshi, ilgari sitostatik dori vositalari yoki nur terapiyasi olgan bemorlarda.
  • Qo'llash usuli
    Tashqi. Yara va kuyishlarni jarrohlik yo'li bilan ishlov bergandan so'ng, sintomitsin linimenti to'g'ridan-to'g'ri yara yuzasiga surtiladi, so'ngra steril doka bog'lam qo'yiladi yoki sintomitsin linimenti bog'lov materialiga surtiladi, keyin yaraga qo'yiladi. Jarrohlik yo'li bilan ishlov berilgan yiringli yaralar bo'shliqlari sintomitsin linimenti bilan namlangan tamponlar bilan bo'sh to'ldiriladi, sintomitsin linimenti bilan namlangan doka turundalar esa fistula yo'llariga kiritiladi. Ikkinchi fazadagi yara va kuyishlarni davolashda – yaralarning bitish dinamikasiga qarab 1-3 kunda 1 marta.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar mumkin: teri toshmasi, angionevrotik shish. Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan kamdan-kam hollarda – retikulotsitopeniya, leykopeiya, granulositopeniya, trombotsitopeniya, eritropeniya, aplastik anemiya, agranulositoz.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Preparatning faol moddasini xloramfenikol tashkil etadi – keng ta’sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, yarali infeksiya qo‘zg‘atuvchisi va turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlari shakllariga nisbatan yuqori antibakterial faollikka ega. Xloramfenikol – bakteriostatik antibiotik, mikroblar hujayrasida oqsil sintezi jarayonini buzadi (yuqori lipofillikka ega bo‘lib, bakteriyalar hujayra membranasi orqali o‘tadi va bakterial ribosomalar 50S subbirligiga qaytar bog‘lanadi, natijada aminokislotalarning o‘sib borayotgan peptid zanjirlariga ko‘chishi sekinlashadi, bu esa peptid bog‘lari va oqsil sintezi shakllanishining buzilishiga olib keladi). Penitsillin, tetratsiklin, sulfanilamidga chidamli ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan faol. Kuygan yaralar va trofik yaralarni tozalash va bitishini tezlashtiradi, epitelizatsiyani tezlashtiradi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Xloramfenikolning ta'sir mexanizmi bakterial hujayrada oqsil sintezining buzilishi, peptidiltransferazani ingibitsiya qilish hisobiga yuzaga keladi. Bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Preparat gram-musbat, gram-manfiy, aerob va anaerob mikroflora: stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi, sinyegnoy tayoqchasi, protey, klostridiyalar, peptostreptokokklar va boshqalar, shu jumladan boshqa antibiotiklarga yuqori chidamli kasalxona shtammlariga nisbatan keng ta'sir doirasiga ega. Preparatga dori bardoshliligi sekin rivojlanadi va, odatda, boshqa ximioterapevtik vositalarga nisbatan o'zaro toqatlilik kuzatilmaydi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Preparatning ko'zga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Sintomitsin linimentini regeneratsiya bosqichidagi granulyatsiyalanuvchi yaralarni davolash uchun qo'llash tavsiya etilmaydi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziz
    ico ico ico ico ico
    Заказал этот линимент на Oxymed. Очень доволен результатом, снимает боль быстро.
    05 August 2024
    0
    0
  • Lola
    ico ico ico ico ico
    Отличный линимент! Хорошо помогает при болях в суставах.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico