-
Qo'llanilishi
Yarali jarayonning II bosqichidagi infeksiyalangan yaralar (yiring, nekrotik to‘qimalar yo‘qligi), uzoq bitmayotgan trofik yaralar, 2-3 darajali kuyishlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Individual o‘zlashtira olmaslik, suyak iligi qon yaratilishining susayishi, o‘tkir intermitent porfiriya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, teri kasalliklari (zamburug‘li zararlanishlar, psoriaz, ekzema), homiladorlik, laktatsiya davri, yangi tug‘ilgan davr (4 haftagacha). Osmostik faollik yo‘qligi sababli (asos: yog‘, emulgator) yarani davolash jarayonining birinchi bosqichida (ko‘p miqdorda yiring ajralishi, to‘qimalarning aniq shishi, og‘riq va nekrotik to‘qimalar mavjudligi) qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Yosh bolalar, ilgari sitostatik dori vositalari yoki nurlanish terapiyasini olgan bemorlarda.
-
Qo'llash usuli
Tashqi. Yara va kuyishlarni jarrohlik yo‘li bilan ishlov bergandan so‘ng sintomitsin linimenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri yara yuzasiga surtiladi, so‘ngra steril doka bog‘lam qo‘yiladi yoki sintomitsin linimenti bog‘lov materialiga surtiladi, so‘ngra yaraga qo‘yiladi. Jarrohlik yo‘li bilan ishlov berilgan yiringli yaralar bo‘shlig‘iga liniment bilan namlangan tamponlar bo‘sh joy qoldirib joylanadi, sintomitsin linimenti bilan namlangan doka turundalar esa fistul yo‘llariga kiritiladi. Yara va kuyishlarni 2-bosqichda davolashda — bitish dinamikasiga qarab 1-3 kunda 1 marta.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin: teri toshmasi, angionevrotik shish.
Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: kamdan-kam — retikulotsitopeniya, leykopeiya, granulositopeniya, trombotsitopeniya, eritropeniya, aplastik anemiya, agranulositoz.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol moddasini xloramfenikol tashkil etadi — keng ta'sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, yarali infeksiya qo‘zg‘atuvchisi va turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlari shakllariga nisbatan yuqori antibakterial faollikka ega.
Xloramfenikol — bakteriostatik antibiotik, mikroblar hujayrasida oqsil sintezi jarayonini buzadi (yuqori lipofillikka ega bo‘lib, bakteriyalar hujayra membranasi orqali o‘tadi va bakterial ribosomalar 50S subbirligiga qaytar bog‘lanadi, natijada aminokislotalarning o‘sib borayotgan peptid zanjirlariga ko‘chishi sekinlashadi, bu esa peptid bog‘lari va oqsil sintezi shakllanishining buzilishiga olib keladi). Penitsillin, tetratsiklin, sulfanilamidga chidamli ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan faol. Kuygan yaralar va trofik yaralarni tozalash va bitishini tezlashtiradi, epitelizatsiyani tezlashtiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash jarayonida periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida homilaga nojo‘ya ta'sirlar aniqlanmagan.
Keng yuzalarga surtib, bir vaqtda etanol qabul qilinganda disulfiramga o‘xshash reaksiyalar rivojlanishi mumkin (terining giperemiyasi, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, reflektor yo‘tal, tutqanoq).
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Aniqlanmagan.