Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Levofev-500 500 mg No 5
Levofev-500 500 mg No 5
Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
30 213 so'm 37 300 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari levofev-500 500 mg no 5
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Har bir plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletkada quyidagilar mavjud:

    faol modda: levofloksatsin gemigidrat, levofloksatsinga ekvivalent –
    500 mg;

    yordamchi modda: laktoza monogidrat, mikrokristallik sellyuloza, natriy kroskarmelloza, povidon K-30, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, doshion P544D, magniy stearat, temir oksid qizil Spraycel SC-SP 2099, tozalangan suv, izopropil spirti, dixlormetan.

  • Qo'llanilishi
    Pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (surunkali bronxit, pnevmoniya), LOR-organlari (sinusit, o‘rta otit), siydik chiqarish yo‘llari va buyraklar (shu jumladan o‘tkir pielonefrit, surunkali prostatit), teri va yumshoq to‘qimalar (yiringlagan ateromalar, abscess, furunkullar), sil (dori vositalariga chidamli shakllarini kompleks davolashda).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Epilepsiya va tutqanoq chegarasi pasaygan boshqa markaziy asab tizimi shikastlanishlari; porfiriya; xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq paylarning shikastlanishi anamnezda; homiladorlik; laktatsiya davri (emizish); bolalar va o‘smirlar yoshi 18 yoshgacha; preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    O‘tkir sinusitda – 500 mg 1 marta sutkada, 10-14 kun davomida, yoki 750 mg 1 marta sutkada 5 kun davomida Infeksion kuchaygan XOBLda – 500 mg 1 marta sutkada, 7-10 kun davomida, yoki 750 mg 1 marta sutkada 5 kun davomida Pnevmoniyada – 250-500 mg 1-2 marta sutkada (0,5-1 g/sut) Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarida – 250 mg 1 marta sutkada Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida – 250-500 mg 1-2 marta sutkada Sil kasalligida – 500 mg 1-2 marta sutkada 3 oygacha. Buyrak kasalliklarida doza buyrak funksiyasi buzilish darajasiga muvofiq kamaytiriladi: kreatinin klirensi (KK) 20-50 ml/min bo‘lsa – 125-250 mg 1-2 marta sutkada, 10-19 ml/min – 125 mg 12-48 soatda 1 marta, 10 ml/min dan kam (gemo dializni o‘z ichiga oladi) – 125 mg 24 yoki 48 soatda 1 marta
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimidan: qayt qilish, qusish, diareya (shu jumladan qonli), ovqat hazm qilishning buzilishi, ishtahaning pasayishi, qorin og'rig'i, psevdomembranoz enterokolit; «jigar» transaminazlarining faolligini oshishi, gipobilirubinemiya, gepatit, disbakterioz. Yurak-qon tomir tizimidan: arterial bosimning pasayishi, qon tomir kolapsi, takikardiya, Q-T intervalining uzayishi. Metabolizmdan: gipoglikemiya (ishtahaning oshishi, ortiqcha terlash, titroq). Nerv tizimidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, zaiflik, uyquchanlik, uyqusizlik, tremor, bezovtalik, paresteziya, qo'rquv, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashtirish, depressiya, harakat buzilishlari, epileptik tutqanoqlar (oldindan moyil bemorlarda). Hissiyot organlaridan: ko'rish, eshitish, hid, ta'm va tegish sezgirligining buzilishi. Harakat apparatidan: artralgiyal, mushak zaifligi, miyalgiya, tendonlarning yirtilishi, tendinit. Mochi chiqarish tizimidan: giperkreatinemiya, interstitsial nefrit, o'tkir buyrak yetishmovchiligi. Qon hosil qilish organlaridan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pancitopeniya, gemorragiyalar. Allergik reaksiyalar: fotosensibilizatsiya, terining qichishi va gipermiya, teri va shilliq qavatlarning shishishi, qichitqi, malign ekssudativ eritema (Stevens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Lyell sindromi), bronxospazm, nafas qisilishi, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit. Boshqalar: asteniya, porfiriyning kuchayishi, rabdomioliz, doimiy isitma, superinfektsiyaning rivojlanishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob preparat. Bakteritsid ta'siri bakterial DNK-giraza va topoizomeraza IV faolligini ingibitsiyalash hisobiga namoyon bo‘ladi.

    Levofloksasin ko‘plab grammanfiy va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng antibakterial ta'sir doirasiga ega, boshqa antibiotiklarga (aminoglikozidlar, makrolidlar va beta-laktamlar) chidamli bakteriyalarga nisbatan faol.

    Levofloksasinga in vitro sharoitida spontan mutatsiyalar natijasida rezistentlik kam uchraydi (10-9 dan 10-10 gacha oraliqda).

    Levofloksasin va boshqa ftorxinolonlar o‘rtasida o‘zaro rezistentlik kuzatilgan bo‘lsa-da, boshqa ftorxinolonlarga chidamli ayrim mikroorganizmlar levofloksasinga sezgir bo‘lishi mumkin.

    Levofloksasin ko‘pchilik aerob grammanfiy mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan faol: Enterococcus faecalis (ko‘plab shtammlar faqat o‘rtacha sezgir), Staphylococcus aureus (metitsillin sezgir shtammlar), Staphylococcus epidermidis (metitsillin sezgir shtammlar), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, penisillinga chidamli shtammlar), Streptococcus pyogenes, Streptococci (C va G guruhlari);

    aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens;

    anaerob mikroorganizmlar: Clostridium difficile, Bacteroides fragilis, boshqa Bacteroides spp., Peptostreptococcus spp.;

    boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Mycoplasma pneumonia.

    Ushbu guruh preparatlari kabi, levofloksasin bilan davolash vaqtida ayrim Pseudomonas aeruginosa shtammlarida rezistentlik yetarlicha tez rivojlanishi mumkin.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Помог мне быстро поправиться. Очень эффективное лекарство.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество! Лучшая цена на рынке. Быстрая доставка.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico