Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Lemoks 500 mg № 7
Lemoks 500 mg № 7
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud
69 984 so'm 86 400 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari lemoks 500 mg № 7
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • ATX kodi
    J01MA12
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    7 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta qobiq bilan qoplangan tabletkada quyidagilar mavjud
    Faol modda: 500 mg levofloksasin (gemigidrat shaklida);
    Yordamchi moddalari: mikrokristallik sellüloza, krosprovidon, gidroksipropilmetilsellyuloza, magniy stearati, stearin kislotasi, talk, kremniy dioksidi, qobiq uchun kukun.
  • Qo'llanilishi
    Doriga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari
    • - pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (surunkali bronxit, pnevmoniya);
    • - LOR-organlar infeksiyalari (sinusit, o‘rta otit),
    • - siydik chiqarish yo‘llari va buyraklar infeksiyalari (jumladan, o‘tkir pielonefrit),
    • - jinsiy a’zolar infeksiyalari (jumladan, urogenital xlamidioz),
    • - teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (yiringlagan ateromalar, abstsess, furunkullar).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    levofloksasinga yoki boshqa ftorxinolonlarga yuqori sezuvchanlik; - epilepsiya; - xinolonlar bilan oldingi davolashda paylarning shikastlanishi; - homiladorlik; - laktatsiya davri; - 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Lemoks og‘iz orqali, ovqatdan oldin yoki ovqatlar orasida, chaynalmay, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Sinusitda - 500 mg 1 marta/kun, davolash kursi – 10–14 kun. Surunkali bronxitning zo‘rayishida - 250-500 mg 1 marta/kun, davolash kursi – 7–10 kun. Pnevmoniyada - 250-500 mg 1-2 marta/kun, davolash kursi – 7–14 kun. Oddiy kechuvchi siydik yo‘llari infeksiyalarida - 250 mg 1 marta/kun, davolash kursi - 3 kun. Prostatitda – 500 mg 1 marta/kun, davolash kursi - 28 kun. Asoratli siydik yo‘llari infeksiyalari, shu jumladan pielonefritda - 250 mg 1 marta/kun, davolash kursi - 7-10 kun. Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida - 250-500 mg 1-2 marta/kun, davolash kursi – 7–14 kun. Septitsemiya/bakteriemiyada – 500 mg 1-2 marta/kun, davolash kursi - 10-14 kun. Intraabdominal infeksiyalarda – 500 mg 1 marta/kun, davolash kursi - 7-14 kun (anaerob floraga ta’sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan kombinatsiyada). Dori vositalariga chidamli silning kompleks davolashida – 500 mg 1-2 marta/kun, davolash kursi 3 oygacha. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda levfloksasin dozalash tartibini kreatinin klirensi (KK) miqdoriga qarab tuzatish talab etiladi: KK= 20-50 ml/min – 125-250 mg 1-2 marta/kun; KK=10-19 ml/min – 125 mg 1 marta 12 - 48 soat davomida; KK<10 ml/min – 125 mg 1 marta har 24 yoki 48 soatda. Davolash davomiyligi - 7-10 (14 gacha) kun.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Teridagi reaktsiyalar va umumiy gipersensitivlik reaktsiyalari ba'zan qichishish va terining qizarishi; kamdan-kam umumiy gipersensitivlik reaktsiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar) quyidagi simptomlar bilan: qichish, bronxospazm va mumkin bo'lgan og'ir nafas qisilishi; juda kam teri va shilliq qavatlarning shishishi (masalan, yuz va gortanida). Kutilmagan arterial bosimning pasayishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlanishiga yuqori sezgirlik, allergik pnevmonit, vaskulit; ayrim hollarda terida pufakchalar hosil bo'lishi bilan og'ir toshmalar, masalan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layel sindromi) va eksudativ ko'p shaklli eritema. Umumiy gipersensitivlik reaktsiyalariga ba'zan engilroq teri reaktsiyalari oldin kelishi mumkin. Yuqorida sanab o'tilgan reaktsiyalar dori vositasining birinchi dozasi qabul qilinganidan so'ng bir necha daqiqa yoki soat ichida rivojlanishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Fluorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antimikrob bakterisid preparat. DNK-girazani (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK sintezini ingibitsiya qiladi, sitoplazma, hujayra devori va membranalarida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi. Levofloksasin ko‘pchilik mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan in vitro va in vivo sharoitida faol.
    In vitro Sezgir mikroorganizmlar (MPK ≤ 2 mg/l)
    Aerob gram-musbat mikroorganizmlar Corynebacterium diphtheriae, Corynebacterium striatum, Enterococcus faecalis, Enterococcus spp, Listeria monocytogenes, Staphylococcus koaguloza-manfiy methi-S/I (metitsillin sezgir/umuman sezgir), Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus epidermidis methi-S, Staphylococcus spp (CNS), Streptococci C va G guruhi, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae peni S/I/R (penitsillin sezgir/umuman sezgir/rezistent), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni-S/R.
    Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar Acinetobacter baumannii, Acinetobacter spp., Actinobacillus actinimycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp, Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampitsillin sezgir/rezistent), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp, Moraxela catarrhalis β+/β-, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae non PPNG/PPNG, Neisseria meningitidis, Pasteurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasteurella multocida, Pasteurella spp, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp, Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa sababli kasalxona infeksiyalari kombinatsiyalangan davolashni talab qilishi mumkin), Pseudomonas spp, Salmonella spp, Serratia marcescens, Serratia spp.
    Anaerob mikroorganizmlar Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp, Clostridium perfringens, Fusobacterium spp, Peptostreptococcus, Propionibacterium spp, Veillonella spp.
    Boshqa mikroorganizmlar Bartonella spp, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp, Mycobacterium spp, Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp, Ureaplasma urealyticum.
    O‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK ≥ 4 mg/l)
    Aerob gram-musbat mikroorganizmlar Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis methi-R (metitsillin-rezistent), Staphylococcus haemolyticus methi-R.
    Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni/coli.
    Anaerob mikroorganizmlar Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovatus, Prevotella spp, Porphyromonas spp.
    Rezistent mikroorganizmlar (MPK ≥ 8 mg/l) Aerob gram-musbat mikroorganizmlar Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus methi-R, Staphylococcus koaguloza-manfiy methi-R. Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar Alcaligenes xylosoxidans. Boshqa mikroorganizmlar Mycobacterium avium.
    Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng levofloksasin tez va deyarli to‘liq oshqozon-ichak yo‘llaridan so‘riladi. Qon plazmasida Smax 1-2 soatda erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 30-40%. Organ va to‘qimalarga yaxshi kiradi: o‘pka, bronxlar shilliq qavati, balg‘am, siydik-tanovul tizimi organlari, jinsiy organlar, polimorfonuklear leykotsitlar, alveolyar makrofaglar. T1/2 6-8 soatni tashkil etadi. Asosan buyraklar orqali organizmdan chiqariladi. Levofloksasinning 5% dan kamrog‘i metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Levofloksasinni ehtiyotkorlik bilan qariyalar (buyrak funksiyasining birga kamayishi ehtimoli yuqori)da qo‘llash tavsiya etiladi. Levofloksasin bilan davolash davomida preparatni tana harorati normallashganidan keyin kamida 48–78 soat davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davomida teri qoplamalarining shikastlanishini (fotosensibilizatsiya) oldini olish uchun quyosh va sun’iy ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish zarur. Tendinit belgilarining paydo bo‘lishida levofloksasin darhol bekor qilinadi. Glyukokortikosteroidlarni qo‘llashda paylarning uzilishi yoki tendinit rivojlanish xavfi oshadi. Bosh miya zararlanishi (insult, og‘ir jarohat) bo‘lgan bemorlarda tutqanoq rivojlanishi mumkinligini, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida esa gemoliz rivojlanish xavfi borligini inobatga olish kerak. Preparat qandli diabetli bemorlarda qo‘llanganda, levofloksasin gipoglikemiyani chaqirishi mumkinligini, bu esa ishtahaning oshishi, titroq, asabiylik bilan namoyon bo‘lishini inobatga olish kerak. Pnevmokokk sababli og‘ir pnevmoniyada levofloksasin yetarli samarali bo‘lmasligi mumkin. Og‘ir allergik reaksiyalardan oldin ba’zan yengil teri ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Biroq, bu reaksiyalar allaqachon birinchi dozadan keyin – levofloksasin qabul qilingandan bir necha daqiqa yoki soat o‘tib rivojlanishi mumkin.
    Levofloksasin bilan davolash davomida bemorga og‘ir, uzoq davom etuvchi diareya, qon aralash yoki aralashmasiz bo‘lsa, shifokorga xabar berish zarurligi haqida ma’lumot berish kerak. Diareya paydo bo‘lishining sababi antibiotikoterapiya vaqtida rivojlanadigan enterokolit bo‘lishi mumkin. Psevdomembranoz kolitdan shubhalanganda levofloksasin darhol bekor qilinadi va mos davolash boshlanadi. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Levofloksasin diqqatni jamlash qobiliyati va psixomotor reaksiyalar tezligini pasaytiradi, bu preparatni qo‘llash zarur bo‘lganda inobatga olinishi kerak. Preparat amal qilish muddati tugaganidan keyin qo‘llanmasligi va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi kerak.

    Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Я очень доволен покупкой Лемокса 500 мг №7 на Oxymed. Препарат помог мне быстро поправить здоровье. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
  • Feruza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество препарата Лемокс 500 мг №7. Быстрая доставка и хорошее обслуживание от интернет-магазина Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico