-
Tarkibi
1 so‘riladigan tabletkada quyidagilar mavjud:
faol moddalari: dekvaliniy xloridi 100% modda hisobida 0,25 mg, dibukain gidroxloridi (tsinkokain gidroxloridi) 100% modda hisobida 0,03 mg;
yordamchi moddalari:
yalpiz ta’mli tabletkalar: sorbit (E 420), talk, kremniy dioksid kolloid suvli, magniy stearati, «Yalpiz» aromatizatori, yalpiz moyi;
yalpiz va malina ta’mli tabletkalar: sorbit (E 420), talk, kremniy dioksid kolloid suvli, magniy stearati, «Malina» aromatizatori, yalpiz moyi;
yalpiz va limon ta’mli tabletkalar: sorbit (E 420), talk, kremniy dioksid kolloid suvli, magniy stearati, «Limon» aromatizatori, yalpiz moyi.
-
Qo'llanilishi
Og'iz bo'shlig'i va tomoqning o'tkir yallig'lanish kasalliklarini mahalliy davolash: gingivit, yara va aftoz stomatit, tonzillit, laringit va faringit. Laritilen, shuningdek, og'izdan yoqimsiz hid kelganda ham qo'llash tavsiya etiladi.
Laritilen og'iz bo'shlig'i va tomoqning aralash infeksiyalari holatida (shifokor tavsiyasiga ko'ra); kataral angina, lakunar angina va Plaut-Vensan anginasini davolashda yordamchi preparat sifatida; og'iz va halqum kandidozi holatida qo'llash mumkin.
Tonzillektomiya va tishlarni olib tashlashdan keyingi operatsiyadan so'ng davrda qo'llash tavsiya etiladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi har qanday moddalarga yuqori sezuvchanlik. To‘rtlamchi ammoniy birikmalariga (masalan, benzalkoniya xloridga) allergiya.
-
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Har 2 soatda 1 tadan tabletka buyuriladi, yallig'lanish simptomlari kamaygandan so'ng – har 4 soatda 1 tadan tabletka.
4 yoshdan katta bolalar
Har 3 soatda 1 tadan tabletka buyuriladi, yallig'lanish simptomlari kamaygandan so'ng – har 4 soatda 1 tadan tabletka.
Maksimal sutkalik doza o'tkir fazada 10-12 tabletka, yallig'lanish simptomlari yo'qolgandan so'ng esa 6 tabletka.
Tabletkalarni asta-sekin so'rib, chaynab yubormaslik kerak. Davolash kursining davomiyligini shifokor individual ravishda belgilaydi. Agar preparat bilan davolash boshlanganidan 5 kun o'tgach simptomlar yo'qolmasa yoki kuchaysa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak.
Bolalar. Preparatning ushbu dori shakli 4 yoshdan kichik bolalarga buyurilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ba'zan preparatni qo'llashdan so'ng gipersensitivlik reaksiyalari, masalan, toshma, qichishish, kuydiruvchi hissiyot, og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatining tirnash xususiyati kuzatilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda, ya'ni suiiste'mol qilinganda, yara va nekroz paydo bo'lishi mumkin. Har qanday noodatiy reaksiyalar paydo bo'lsa, preparatni qo'llashni to'xtatish va keyingi davolash bo'yicha albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Bakteritsid va fungistatik modda sifatida dekvaliniy xlorid og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda aralash infeksiyalarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga ta'sir qiladi. Ushbu mahalliy ximioterapevtik moddaning ta'sir doirasi keng bo‘lib, ko‘pchilik gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarni, shuningdek, zamburug‘lar, spiroxetalar va og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda aralash infeksiyalarni keltirib chiqaruvchi patogen mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladi. Dibukain gidroxloridining organizmda to‘planishi og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq infeksiyalari bilan kechadigan og‘riq simptomini yengillashtiradi.
Dekvaliniy xlorid ta'siriga chidamli mikroorganizmlar noma'lum.
Karies paydo bo‘lishiga olib kelmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida shakar bo'lmaganligi sababli, u qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga qo'llash uchun yaroqlidir.
Preparat tarkibida sorbit mavjud, shuning uchun uni fruktozani o'zlashtira olmaslik sindromi kabi kam uchraydigan irsiy kasalliklarga ega bemorlarga qo'llash tavsiya etilmaydi. Qon plazmasida xolinesteraza darajasi past bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shu sababli, homiladorlik davrida preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng, davolash samarasi homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsa, qo'llash mumkin.
Emizish davri
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, faol moddalarning ko'krak sutiga o'tishi bo'yicha klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, preparatning avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Biroq, preparat bu borada biron-bir salbiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoli juda past.