-
Tarkibi
Har bir kapsula tarkibida faol moddalardan quritilgan jenshen ildizi (Panax ginseng) ekstrakti 40 mg; ikki bo‘lakli ginkgo (Ginkgo biloba) barglari ekstrakti 40 mg; qora smorodina (Ribes nigrum) mevasi ekstrakti 30 mg; KoenzimQ10 50 mg; yordamchi moddalardan kaltsiy karbonat, magniy stearat, kremniy dioksid kolloid anhidrid, kaltsiy gidrofosfat anhidrid mavjud. kapsula qobig‘i tarkibi: titan dioksid, azorubin, indigotin, jelatin.
-
Qo'llanilishi
Distsirkulyator ensefalopatiya turli etiologiyali, diqqat va/yoki xotira pasayishi, intellektual qobiliyatlarning buzilishi, xavotir, qo‘rquv, uyqu buzilishlari bilan kechuvchi; • vegetativ distoniya sindromi; • turli etiologiyali astenik holatlar, astenik sindrom; • periferik qon aylanishi va mikrosirkulyatsiya buzilishlari; • neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqda shovqin, gipoakuzia, keksalikdagi sariq dog‘ degeneratsiyasi, diabetik polinevropatiya); • ko‘rishning yomonlashuvi (katarakta, retinopatiya); • organizmning qarshiligini oshirish, immunitetni mustahkamlash maqsadida, ayniqsa og‘ir kasalliklardan so‘ng va yuqori jismoniy, aqliy va emotsional yuklamalarda (shu jumladan stressda); • erkak va ayol bepushtligini kompleks davolashda; erektil disfunktsiyada (impotensiya); • klimakterik va premenstrual sindromni kompleks davolashda; • organizm qarishini oldini olish, erta qarishni oldini olish; • teri hujayralarini regeneratsiya va yoshartirish uchun, ajinlar, teri bo‘shashishini oldini olish uchun; • vazn kamaytirish dasturlarida; • milk kasalliklari (parodontit).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat tarkibiy qismlariga individual sezuvchanlik; homiladorlik va emizish davri.
-
Qo'llash usuli
kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun kuniga 1 kapsuladan qabul qilinadi. Kapsulalarni ovqat paytida yoki ovqatdan keyin, xona haroratidagi yetarli miqdorda ichimlik suvi bilan ichiladi. Foydalanish davomiyligi 2 haftadan 2 oygacha, shundan so‘ng 2 haftalik tanaffus qilish kerak. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat yaxshi o'zlashtiriladi, nojo'ya ta'sirlar kamdan-kam paydo bo'ladi. Ovqat hazm qilish tizimidan dispeptik buzilishlar, qayt qilish. Markaziy nerv tizimidan bosh og'rig'i, bosh aylanishi. Allergik reaksiyalar teri toshmasi, qichish. Boshqalar qonning qotish qobiliyatining pasayishi (uzoq muddatli qo'llanilganda).
-
Farmakologik xususiyatlari
Langena optimal hayotiy kuchni saqlashga yordam beradi, shu jumladan keksalik yoshda ham. Jismoniy va aqliy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi, yurak-qon tomir tizimi funksiyasini, qon aylanishini va venalarning tonusini yaxshilaydi. Uzoq muddatli qo‘llanilganda terining bo‘shashishi va organizmning erta qarishini oldini oladi. Jenshen ildizi quruq ekstrakti saponin glikozidlari-ginsenozidlar, efir moylari, stirol, peptidlar, vitaminlar va minerallarni o‘z ichiga oladi. Jenshen ekstrakti markaziy asab tizimiga stimulyatsion ta’sir ko‘rsatadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Modda va energiya almashinuvini, hujayra faolligini stimulyatsiya qiladi, organizm hujayralari tomonidan kislorod o‘zlashtirilishini yaxshilaydi va shu tariqa insonning energetik imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Jenshen ekstrakti ichki sekretsiya bezlari faoliyatini tartibga soladi, arterial bosimni biroz oshiradi, shuningdek, qonda xolesterin va glyukoza darajasini pasaytiradi (gipoglikemik ta’sir ko‘rsatadi). Tashqi muhitning noqulay omillari va stressli vaziyatlarga qarshilikni oshiradi. Organizmning noaniq rezistentligini oshiradi. Preparat tarkibiga kiruvchi ginkgo biloba barglari quruq ekstrakti, tarkibida flavon glikozidlari va terpen laktonlari mavjud bo‘lib, tomir devorini mustahkamlash va elastikligini oshirishga yordam beradi, qonni reologik xususiyatlarini tiklaydi. Mikrosirkulyatsiyani va miya hamda periferik to‘qimalarni kislorod va glyukoza bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Ginkgo biloba ekstrakti hujayralarda modda almashinuvini normallashtiradi, eritrotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi, trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlaydi, mayda arteriyalarni kengaytiradi, venalarning tonusini oshiradi va tomirlarning qon bilan to‘lishini tartibga soladi. Qora smorodina mevasi quruq ekstrakti flavonoidlar (antotsianlar), linolen kislotasi, S, A, B6, B12, E vitaminlari, minerallar va antioksidantlarga boy. Menopauza, teri kasalliklari (ekzema, psoriaz) va artritlar simptomlarini yengillashtiradi. Soch, tish va milk holatini yaxshilaydi. Katarakta rivojlanishini oldini oladi. Koenzim Q10 (ubixinon) hujayrada oksidlovchi fosforillanish jarayonlarini stimulyatsiya qiladi. Energetik almashinuvi va hujayralarning normal hayot faoliyati uchun zarur. Taxminan 30 yoshdan so‘ng insonda koenzim Q10 darajasi pasayadi. Koenzim Q10 muntazam qabul qilinganda organizm yetuk hujayralarining faol hayotini uzaytiradi, qarib borayotgan hujayralar funksiyasini tiklaydi, hujayralarning immun javob kuchini va ularning ortiqcha yuklamalar, stress va boshqa noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshiradi, yurak-qon tomir tizimi, jigar, buyrak to‘qimalari va organlari faoliyatini, teri holatini yaxshilaydi; biologik qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
Farmakokinetika
Langena preparatining ta’siri uning komponentlarining umumiy xususiyatlari bilan bog‘liq, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat uxlatadigan va analgetik dori vositalari hamda spazmolitiklarning ta'sirini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qabul qilish davrida (ayniqsa, och terili bemorlarda) quyosh nuri ostida uzoq vaqt bo‘lish va solyariylarga borishdan saqlanish kerak. Fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi boshqa vositalarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvidan 2 hafta oldin preparatni qabul qilishni to‘xtatish zarur. Langena preparatini MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarishga ta'siri Davolanish davrida avtotransport boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan. Pediatriyada qo‘llanishi Langena preparati 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kontraindikatsiyalangan. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi, uyquchanlik bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.