-
Tarkibi
har bir tabletkada quyidagilar mavjud:
Faol moddalari:
Ambroksol gidroxlorid BP 30 mg
Setirizin gidroxlorid BP 5 mg
Yordamchi moddalari: laktosa, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, metilparaben, propilparaben, tozalangan suv, magniy stearati, tozalangan talk, kremniy dioksidi kolloid, natriy lauril sulfat.
-
Qo'llanilishi
Qaytariluvchi balg'am ajralishi bilan kechuvchi nafas yo'llari kasalliklari:
o'tkir va surunkali bronxit;
pnevmoniya;
surunkali obstruktiv o'pka kasalliklari;
balg'am ajralishi qiyin bo'lgan bronxial astma;
bronxoektatik kasallik.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
buyrakning og'ir kasalliklari;
homiladorlik va laktatsiya davri (emizish).
Preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi:
o'rtacha va og'ir darajadagi surunkali pielonefritda;
buyrak yetishmovchiligida (dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi);
keksa yoshdagilarda (bu toifadagi bemorlarda glomerulyar filtrlatsiyaning kamayishi mumkinligi sababli).
-
Qo'llash usuli
Lambrotin preparati og'iz orqali, ovqat vaqtida va oz miqdorda suyuqlik bilan ichiladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlar - kuniga 2 marta 1 tadan tabletka.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - kuniga 2 marta 1/2 tadan tabletka.
Shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi.
Davolash davrida ko'p suyuqlik (sharbat, choy, suv) ichish zarur, chunki bu preparatning mukolitik ta'sirini kuchaytiradi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Odatda, Lambrotin preparati bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Ambroksol:
Me'da-ichak trakti tomonidan: kamdan-kam hollarda – diareya/qabziyat; uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llanganda – qizish, gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; ayrim hollarda – allergik kontakt dermatiti, anafilaktik shok.
Boshqa: kamdan-kam hollarda – holsizlik, bosh og'rig'i, og'iz va nafas yo'llari shilliq qavatining qurishi, ekzantema, rinoreya, dizuriya.
Setirizin:
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, dispepsiya.
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, charchoq, qo'zg'aluvchanlik, migren.
Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, teri toshmalari, qichishish, eshakemi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Ambroksol mukolitik vosita bo'lib, sekretomotor, sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega; bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini stimulyatsiya qiladi, shilliq sekretsiya miqdorini va alveolalar hamda bronxlarda sirt faol modda (surfaktant) ajralishini oshiradi; balg'amning seroz va shilliq komponentlari buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va sekretor hujayralardan lizosomalar ajralishini kuchaytirib, balg'amning quyuqligini kamaytiradi. Kiprikli epiteliy harakat faolligini oshiradi, mukotsiliyar transportni kuchaytiradi. Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng ta'siri 30 daqiqadan keyin boshlanadi va 6-12 soat davom etadi.
Setirizin antiallergik vosita hisoblanadi. Setirizin - antigistamin preparat, selektiv H1-retseptorlar antagonisti bo'lib, sezilarli antixolinergik va antiserotonin ta'siriga ega emas. Setirizin gematoensefalik to'siqdan o'tmaydi, allergik reaksiyaning erta bosqichini to'xtatadi, shuningdek, eozinofillar kabi yallig'lanish hujayralarining migratsiyasini kamaytiradi; kech allergik reaksiyada ishtirok etuvchi mediatorlar ajralishini bostiradi. Setirizin bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda gistamin ajralishiga javoban yuzaga keladigan bronxial daraxt gipereaktivligini sezilarli darajada kamaytiradi. Preparatning bu ta'sirlari markaziy ta'sir bilan birga kechmaydi, bu psixometrik testlar va EKG ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligida klinik manzaraga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalari va alkogol bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, uyquchanlik, sekinlashuv, holsizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, asabiylashishning kuchayishi, siyishning ushlanishi, charchoq (ko'pincha sutkalik 50 mg setirizin qabul qilinganda).
Davolash: sun'iy qusish chaqirish, preparat qabul qilingandan keyin dastlabki 1-2 soat ichida me'dani yuvish; yog'li ovqat va faollashtirilgan ko'mir qabul qilish tavsiya etiladi.