Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-L-tiroksin, 100 mkg, tab. №100
L-tiroksin, 100 mkg, tab. №100
Ishlab chiqaruvchi: Озон
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari l-tiroksin, 100 mkg, tab. №100
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    100 mkg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    100 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada 50 mkg quyidagilar mavjud: Faol modda: natriy levotiroksin (quruq modda hisobida) - 0,05 mg. Yordamchi modda: laktoza (sut shakari) - 75,0 mg, povidon (polivinilpirrolidon) - 2,45 mg, magniy stearat - 0,5 mg, prejelatinizatsiyalangan kraxmal - 5,0 mg, mikrokristallik sellyuloza - 17,0 mg.
  • Qo'llanilishi
    - gipotireoz; - eutiroid zob; - qalqonsimon bezda operatsion aralashuvlardan keyin zobning qaytalanishini oldini olish va o‘rnini bosuvchi terapiya sifatida; - qalqonsimon bezning yomon sifatli yangi o‘smalari bo‘yicha, asosan operatsion davolashdan keyin, supressiv va o‘rnini bosuvchi terapiya sifatida; - diffuz toksik zob: antitireoid vositalar bilan eutiroid holatga erishilgandan so‘ng (kombinatsiyalangan yoki monoterapiya ko‘rinishida); - tireoid supressiya testini o‘tkazishda diagnostik vosita sifatida
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - levotiroksin natriyga va/yoki preparat tarkibidagi har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; - davolanmagan tireotoksikoz; - davolanmagan gipofizar yetishmovchilik; - davolanmagan buyrak usti bezlari yetishmovchiligi; - homiladorlik davrida antitireoid vositalar bilan birga qo‘llash; - laktaza yetishmovchiligi, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi. Preparat bilan davolashni o'tkir miokard infarkti, o'tkir miokardit, o'tkir pankardit mavjud bo'lsa boshlash tavsiya etilmaydi. Ehtiyotkorlik bilan Levotiroksin natriy yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak: ishemik yurak kasalligi (ateroskleroz, stenokardiya, anamnezda miokard infarkti), arterial gipertenziya, aritmiya; qandli diabetda, og‘ir va uzoq davom etuvchi gipotiroidizmda, malabsorbsiyasi sindromida (dozani tuzatish talab qilinishi mumkin); psixotik reaksiyalarga moyil bemorlarda. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik davrida va ayniqsa emizish davrida tireoid gormonlar bilan davolash izchil olib borilishi kerak. Homiladorlik davrida preparat dozasini oshirish talab qilinishi mumkin. Qon plazmasida TSH konsentratsiyasi homiladorlikning 4-haftasidan boshlab oshishi mumkinligi sababli, levotiroksin natriy bilan davolanayotgan homilador ayollarda har bir trimestr davomida qon plazmasida TSH konsentratsiyasini aniqlash kerak, shunda u homiladorlikning ushbu trimestri uchun tavsiya etilgan diapazonda bo‘lishiga ishonch hosil qilinadi. Qon plazmasida TSH konsentratsiyasi oshganida levotiroksin natriy dozasini oshirish orqali tuzatish kerak. Tug‘ruqdan keyingi davrda TSH konsentratsiyasi homiladorlikdan oldingi qiymatlarga o‘xshash bo‘lgani uchun, ayol darhol homiladorlikdan oldingi levotiroksin natriy dozasiga o‘tkazilishi kerak. Tug‘ruqdan 6-8 hafta o‘tgach, qon plazmasida TSH konsentratsiyasini aniqlash kerak. Homiladorlik Homiladorlik davrida qalqonsimon bez faoliyatini bostirish uchun diagnostik testlar o‘tkazishdan saqlanish kerak, chunki homilador ayollarda radioaktiv moddalar qo‘llash mumkin emas. Levotiroksin natriy tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qabul qilinganda insonda teratogen va fetotoksik ta’siri haqida ma’lumot yo‘q. Preparatni homiladorlik davrida haddan tashqari yuqori dozalarda qabul qilish homila va postnatal rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlik davrida preparatni antitireoid vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki levotiroksin natriy qabul qilinishi antitireoid vositalar dozasini oshirishni talab qilishi mumkin. Antitireoid vositalar, levotiroksin natriydan farqli o‘laroq, platsentadan o‘tishi mumkinligi sababli, homilada gipotiroidizm rivojlanishi mumkin. Emizish davri Levotiroksin natriy emizish davrida ona sutiga o‘tadi. Biroq, levotiroksin natriy tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qo‘llanganda, ona sutidagi tireoid gormonlar konsentratsiyasi bolada gipertireoz va TSH sekretsiyasini bostirishga olib keladigan darajaga yetmaydi.
  • Qo'llash usuli
    Sutkalik doza individual ravishda, ko'rsatmalar, bemorning klinik holati va laborator tekshiruv natijalariga qarab belgilanadi. Levotiroksin natriyning sutkalik dozasini ertalab och qoringa, ovqatdan kamida 30 daqiqa oldin, tabletkani oz miqdorda suyuqlik (yarim stakan suv) bilan chaynamasdan yutib qabul qilinadi. Gipotireozni o‘rnini bosuvchi davolashda 55 yoshgacha bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmagan bemorlarga levotiroksin natriy tana vazniga 1,6-1,8 mkg/kg sutkalik dozada buyuriladi; 55 yoshdan katta yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga - 0,9 mkg/kg tana vazniga. Gipotireozni o‘rnini bosuvchi davolashning boshlang‘ich bosqichi Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmagan, 55 yoshgacha bo‘lgan bemorlar • boshlang‘ich doza: ayollar - 75-100 mkg/kun, erkaklar - 100-150 mkg/kun Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan yoki 55 yoshdan katta bemorlar • Boshlang‘ich doza - 25 mkg kuniga • Dozani 25 mkg ga har 1 oyda TSH ko‘rsatkichi normallashguncha oshirish • Yurak-qon tomir tizimi tomonidan simptomlar paydo bo‘lsa yoki kuchaysa, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashni tuzatish Tug‘ma gipotireozni davolash uchun levotiroksin natriyning tavsiya etilgan dozalari Yosh Sutkalik doza (mkg) Tana vazniga nisbatan doza (mkg/kg) 0-6 oy 25-50 10-15 6-12 oy 50-75 6-8 1-5 yosh 75-100 5-6 6-12 yosh 100-150 4-5 > 12 yosh 100-200 2-3 Ko‘rsatmalar Levotiroksin natriyning tavsiya etilgan dozalari (mkg/kun) Eutireoid zobni davolash 75-200 Eutireoid zobni jarrohlik davolashidan keyin qaytalanishini oldini olish 75-200 Tireotoksikozni kompleks davolashda 50-100 Qalqonsimon bez saratonida supressiv terapiya 150-300 Tireoid supressiya testi Testdan 4 hafta oldin Testdan 3 hafta oldin Testdan 2 hafta oldin Testdan 1 hafta oldin 75 mkg/kun 75 mkg/kun 150-200 mkg/kun 150-200 mkg/kun Emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga levotiroksin natriyning sutkalik dozasini bir marta, birinchi ovqatdan 30 daqiqa oldin beriladi. Tabletkani suvda mayda suspenziya holatiga keltirib, preparatni qabul qilishdan oldin tayyorlanadi. Og‘ir, uzoq davom etgan gipotireozli bemorlarda davolashni alohida ehtiyotkorlik bilan, kichik dozalar bilan - 12,5 mkg/kun dan boshlash, dozani uzoqroq oraliqlarda - har 2 haftada 12,5 mkg/kun ga oshirish va TSH konsentratsiyasini qon da tez-tez aniqlash kerak. Gipotireozda levotiroksin natriy, odatda, butun umr davomida qabul qilinadi. Tireotoksikozda levotiroksin natriy antitireoid vositalar bilan kompleks davolashda, eutireoid holatga erishilgandan so‘ng qo‘llaniladi. Barcha hollarda preparat bilan davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Aniq dozalash uchun levotiroksin natriyning eng mos dozasi ishlatilishi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Levotiroksin natriy to‘g‘ri qo‘llanilganda va shifokor nazorati ostida nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmaydi. Angionevrotik shish ko‘rinishida allergik reaksiyalar holatlari qayd etilgan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    L-tiroksin preparatining faol moddası - levotiroksin natriy, sintetik chap aylanuvchi tiroksin izomeri bo‘lib, o‘z ta’siri bo‘yicha inson qalqonsimon bezida sintez qilinadigan tabiiy tireoid gormoniga identikdir. Qisman triyodtironin (T3) ga jigar va buyraklarda aylanishi va organizm hujayralariga o‘tishi natijasida levotiroksin natriy to‘qimalarning rivojlanishi va o‘sishiga, moddalar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda oqsil va yog‘ almashinuviga anabolik ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha kunlik dozalarda o‘sish va rivojlanishni rag‘batlantiradi, to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvini rag‘batlantiradi, yurak-qon tomir tizimi va markaziy asab tizimining funksional faolligini oshiradi. Katta dozalarda levotiroksin natriy gipotalamusning tireotropin-rilizinq gormoni va gipofizning tireotrop gormoni (TTG) ishlab chiqarilishini bostiradi. Terapevtik ta’sir preparatni qabul qilish boshlanganidan 7-12 kun o‘tib kuzatiladi, preparat bekor qilingandan keyin ham shuncha vaqt davomida saqlanib turadi. Gipotiroidizmda klinik ta’sir 3-5 kun ichida namoyon bo‘ladi. Diffuz zob preparatni 3-6 oy davomida qo‘llash natijasida kamayadi yoki yo‘qoladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Qalqonsimon bez gormonlari bilan o‘rinbosar terapiyani boshlashdan yoki tireoid supressiya testini o‘tkazishdan oldin quyidagi kasalliklar yoki patologik holatlarni istisno qilish yoki davolash zarur: o‘tkir koronar yetishmovchilik, stenokardiya, ateroskleroz, arterial gipertenziya, gipofiz yetishmovchiligi yoki buyrak usti bezlari yetishmovchiligi. Shuningdek, qalqonsimon bez gormonlari bilan terapiyani boshlashdan oldin qalqonsimon bezning funksional avtonomiyasini istisno qilish yoki davolash kerak. Psixotik buzilishlar rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarda terapiyani natriy levotiroksinning past dozasidan boshlash va uni sekin-asta oshirish tavsiya etiladi. Bemorlarni kuzatib borish tavsiya etiladi. Psixotik buzilishlar belgilari aniqlansa, natriy levotiroksin qabul qilinayotgan doza tuzatib borilishi kerak. Koronar yetishmovchilik, yurak yetishmovchiligi yoki taxiaritmiyalari bo‘lgan bemorlarda hatto engil darajadagi dori vositasi bilan bog‘liq gipertireoz rivojlanish ehtimoli istisno qilinishi kerak. Shu sababli, bu holatlarda tireoid gormonlar konsentratsiyasini muntazam monitoring qilish zarur. Qalqonsimon bez gormonlari bilan o‘rinbosar terapiyani o‘tkazishdan oldin ikkilamchi gipotireoz etiologiyasini aniqlash kerak. Zarur bo‘lsa, buyrak usti bezlari yetishmovchiligini kompensatsiya qilish maqsadida o‘rinbosar terapiyani boshlash lozim. Qalqonsimon bezning funksional avtonomiyasi rivojlanishiga shubha bo‘lsa, terapiyani boshlashdan oldin TRG-testi yoki supressiv sintigrafiya o‘tkazish tavsiya etiladi. Postmenopauza davridagi ayollarda, gipotireoz va osteoporoz rivojlanish xavfi yuqori bo‘lsa, qonda natriy levotiroksin konsentratsiyasining fiziologik me’yordan oshib ketmaganligini istisno qilish zarur. Bunday holatda qalqonsimon bez funksiyasini diqqat bilan monitoring qilish tavsiya etiladi. Natriy levotiroksin metabolik buzilishlar, gipertireoz bilan kechadigan holatlarda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Istisno sifatida, gipertireozni dori vositalari bilan davolashda birga qo‘llanilishi mumkin. Natriy levotiroksin bilan terapiya boshlanganidan boshlab, bir preparatdan boshqasiga o‘tilganda, doza bemorning terapiyaga klinik javobi va laborator tekshiruv natijalariga qarab tuzatib borilishi tavsiya etiladi. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Natriy levotiroksinning transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga qaramay, natriy levotiroksin tabiiy tireoid gormoniga identik bo‘lgani sababli, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri kutilmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Trisiklik antidepressantlarni levotiroksin natriy bilan qo‘llash antidepressantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Levotiroksin natriy yurak glikozidlarining ta’sirini kamaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganda, kolestiramin va kolestipol (ion almashuvchi smolalar) levotiroksin natriyning plazmadagi konsentratsiyasini ichakda so‘rilishini to‘sib, kamaytiradi. Shu sababli, levotiroksin natriyni ushbu preparatlarni qabul qilishdan 4-5 soat oldin qabul qilish kerak. Anabolik steroidlar, asparaginaza, tamoksifen bilan bir vaqtda qo‘llanganda, plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasida farmakokinetik o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkin. Proteaza ingibitorlari (masalan, ritonavir, indinavir, lopinavir) levotiroksin natriyning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tireoid gormonlarining konsentratsiyasini diqqat bilan monitoring qilish tavsiya etiladi. Zarur bo‘lsa, levotiroksin natriy dozasini tuzatish kerak. Fenitoin levotiroksin natriyning plazma oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarilishi natijasida levotiroksin natriyning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa erkin T4 va T3 konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, fenitoin levotiroksin natriyning jigar metabolizmini kuchaytiradi. Tireoid gormonlarining konsentratsiyasini diqqat bilan monitoring qilish tavsiya etiladi. Levotiroksin natriy gipoglikemik preparatlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, qalqonsimon bez gormoni bilan o‘rnini bosuvchi terapiya boshlanganidan boshlab, qonda glyukoza konsentratsiyasini tez-tez monitoring qilish zarur. Zarur bo‘lsa, gipoglikemik preparat dozasini tuzatish kerak. Levotiroksin natriy antikoagulyantlar (kumarin hosilalari) ta’sirini kuchaytirishi mumkin, ularni plazma oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarish orqali, bu esa qon ketish xavfini oshirishi mumkin, masalan, miya yoki me’da-ichak qon ketishi, ayniqsa, keksalarda. Shuning uchun, koagulyatsiya parametrlarini muntazam monitoring qilish zarur, ham terapiya boshida, ham birga qo‘llash davomida. Zarur bo‘lsa, antikoagulyant dozasini tuzatish kerak. Salitsilatlar, dikumarol, furosemid yuqori dozalarda (250 mg), klofibrat va boshqa preparatlar levotiroksin natriyni plazma oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarishi mumkin, bu esa erkin T4 fraksiyasi konsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Sevelamer levotiroksin natriyning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Tirozinkinaza ingibitorlari (masalan, imatinib, sunitinib) levotiroksin natriyning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, ushbu preparatlar bilan birga yoki ularni to‘xtatganda, bemorlarda qalqonsimon bez funksiyasining o‘zgarishini monitoring qilish tavsiya etiladi. Zarur bo‘lsa, levotiroksin natriy dozasini tuzatish kerak. Alyuminiy saqlovchi dori vositalari (antatsidlar, sukralfat) adabiyotda levotiroksin natriyning samaradorligini potensial kamaytiruvchi sifatida tasvirlangan. Shuning uchun, levotiroksin natriyni ushbu dori vositalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Ushbu tavsiya temir va kalsiy tuzlarini o‘z ichiga olgan dori vositalariga ham taalluqlidir. Somatropin levotiroksin natriy bilan birga qo‘llanganda epifiz o‘sish zonalarining tezroq yopilishiga olib kelishi mumkin. Propiltiourasil, glyukokortikosteroidlar, beta-simpatolitiklar, yod saqlovchi kontrast preparatlar va amiodaron T4 ning T3 ga periferik aylanishini ingibirlaydi. Yod miqdori yuqori bo‘lgani sababli, amiodaronni qo‘llash gipertireoz yoki gipotireoz rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Nodulyar zobda, aniqlanmagan funksional avtonomiya rivojlanishi mumkin bo‘lgan hollarda, alohida e’tibor berish kerak. Sertralin, xloroxin/proguanil levotiroksin natriyning samaradorligini kamaytiradi va qonda TSH konsentratsiyasini oshiradi. Jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi dori vositalari (masalan, barbituratlar, karbamazepin) levotiroksin natriyning jigar klirensini oshirishi mumkin. Estrogen saqlovchi kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda yoki postmenopauzada bo‘lgan, o‘rnini bosuvchi gormonal terapiya olayotgan ayollarda levotiroksin natriyga ehtiyoj oshishi mumkin. Soya saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish levotiroksin natriyning ichakda so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, ayniqsa, soya saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilishni boshlashda yoki to‘xtatganda, doza tuzatish talab qilinishi mumkin. Orlistat va levotiroksin natriy birga qo‘llanganda gipotireoz rivojlanishi va/yoki gipotireoz nazoratining pasayishi mumkin. Buning sababi yod tuzlari va/yoki levotiroksin natriyning so‘rilishining kamayishi bo‘lishi mumkin. Levotiroksin natriy qabul qilayotgan bemorlar orlistatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak, chunki orlistat va levotiroksin natriyni kunning turli vaqtlarida qabul qilish va levotiroksin natriy dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin. Keyinchalik qalqonsimon bez funksiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Tireotoksik kriz, ba'zan qabul qilingandan keyin bir necha kundan so'ng kechikib yuzaga keladi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sergey
    ico ico ico ico ico
    Этот препарат помог мне справиться с проблемами железы щитовидной
    06 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico