Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari l-arginin now 500 mg №100 kapsulalar
L- arginin - azot oksidi manbai hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni isbotlaganki, azot oksidi yurak-qon tomir va jinsiy tizim salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi, almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi, to‘qimalarning oziqlanishi uchun javob beradi, immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi.
L-argininning asosiy manbai — oziq-ovqat mahsulotlari. Lekin uning zaxirasini to‘ldirishning eng oson va tez yo‘li — bu biologiк faol oziq-ovqat qo‘shimchasidir.
NOW® L-Arginin 500 mg quyidagi foydali xususiyatlarga ega:
• Qon aylanishini rag‘batlantiradi. U azot oksidiga aylanadi va tomirlarni kengaytirishga yordam beradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi.
• Mushak massasini rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, aminokislota yog‘ to‘planishini oldini oladi.
• Sinishlar va yaralarning bitishini faollashtiradi.
• Tomir devorlarini bo‘shashtirish hisobiga arterial bosimni me’yorga keltiradi.
• Antioksidant hisoblanadi. Erkin radikallar bilan muvaffaqiyatli kurashadi.
• Immunitetni oshiradi. Immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi va organizmning yuqori qarshiligini ta’minlaydi.
• Asab faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bosh miya nerv impulslarini uzatishni tezlashtiradi, aqliy faoliyatni rag‘batlantiradi.
• Bezovtalikni kamaytiradi. Kayfiyatni tartibga soluvchi serotonin ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Mahsulot komponentlariga individual toqatsizlik, homiladorlik va emizish davri, virusli kasalliklar. Antidepressantlar bilan birga qabul qilinmasin. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Qo'llash usuli
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 2 marta 1 kapsuladan, suv bilan ichiladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zaruriyat tug‘ilganda qabul qilish yil davomida takrorlanishi mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!