-
Qo'llanilishi
- miya qon aylanishi buzilishining asoratlari va oqibatlarini davolash;
- bosh miya jarohati va uning oqibatlari;
- degenerativ va tomir kelib chiqishli serebral patologiya bilan bog‘liq kognitiv, sensitiv, motor va nevrologik buzilishlar
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- parasimpatik asab tizimining tonusi oshganlik;
- irsiy laktosa intoleransi, Lapp fermenti yetishmovchiligi;
- laktaza, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
-
Qo'llash usuli
Tavsiya etilgan doza sutkada 500 dan 2000 mg gacha (1–4 tabletka).
Preparatning dozalari va davolash muddati miya shikastlanishining og‘irligiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi.
Keksalar uchun doza tuzatishga ehtiyoj yo‘q.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya reaksiyalar juda kam hollarda (<1/10 000) uchraydi, yakka holatlarni o‘z ichiga oladi.
- gallyutsinatsiyalar, qo‘zg‘alish, uyqusizlik;
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor;
- arterial gipertenziya yoki gipotenziya;
- dispnoe;
- gipersalivatsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining ozgina o‘zgarishi, diareya;
- terining qizarishi, toshma, ekzantema, teri qichishishi, shish, anafilaktik shok rivojlanishi mumkin.
Umumiy buzilishlar:
- tana haroratining ko‘tarilishi, issiqlik hissi, titroq, shish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kvanil – nootrop preparat. Tsitikolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilmaviy komponentlari (asosan fosfolipidlar)ning oldingi moddasidir, keng ta'sir doirasiga ega: zararlangan hujayra membranalarini tiklashga yordam beradi, fosfolipaza ta'sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallar hosil bo'lishining oldini oladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, hujayra o'limining oldini oladi.
Kvanil xolin manbai bo'lib, atsetilxolin sintezini oshiradi va neyron membranasida strukturaviy (tayanch) fosfolipidlar biosintezini rag'batlantiradi.
Xolinergik neyronlarda nerv impulslarini o'tkazilishini yaxshilaydi, neyron membranalari plastisligiga va retseptorlar funksiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Serebral qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miya metabolik jarayonlarini kuchaytiradi, bosh miya retikulyar tuzilmalarini faollashtiradi.
Insultning o'tkir davrida zararlangan to'qima hajmini kamaytiradi, xolinergik o'tkazuvchanlikni yaxshilaydi.
Kvanil miya gipoksiyasi va ishemiyasida kuzatiladigan simptomlarni yumshatadi, jumladan, xotira yomonlashuvi, emotsional labillik, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishda qiyinchiliklar.
Bosh miya jarohatida posttravmatik komaning davomiyligini va nevrologik simptomlar og'irligini kamaytiradi.
Kvanil antio'tish xususiyatiga ega va neyron membranasini barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli miya shishini kamaytiradi.
Sog'ayishni tezlashtiradi va posttravmatik sindrom davomiyligi va intensivligini kamaytiradi.
Kvanil degenerativ va tomir etiologiyali kognitiv, sezgi va harakat nevrologik buzilishlarni davolashda samaralidir.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Past toksikligi tufayli intoksikatsiya yuzaga kelishi ehtimoldan yiroq emas, hatto terapevtik dozalarning tasodifiy oshib ketishi holatlarida ham.
Dozaning tasodifiy oshib ketishida simptomatik terapiya o'tkaziladi.