-
Qo'llanilishi
Nevrozlar yuqori asabiylashuvchanlik bilan;
- uyqusizlik;
- gipertonik kasallik va vegetososudist distoniya kompleks davolashida;
- aniq ifodalanmagan koronar tomirlar spazmlari, taxikardiya;
- ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
— Preparat komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
— jigar va/yoki buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari;
— jigar porfiriyasi;
— og'ir yurak yetishmovchiligi;
— homiladorlik va emizish davri.
QO'LLASHDA ZARUR XAVFSIZLIK CHORALARI:
Spirtli ichimliklarni bir vaqtda iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatni uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatga qaramlik rivojlanishi mumkin.
Preparatni arterial gipotenziyada ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
-
Qo'llash usuli
Korvalol® ovqatlanishdan qat'i nazar, kuniga 2-3 marta 15-30 tomchi miqdorida suv bilan yoki shakar bo‘lagiga tomizib qabul qilinadi. Zarurat tug‘ilganda (aniq ifodalangan taxikardiya va koronar tomirlar spazmi) bir martalik doza 40-50 tomchigacha oshirilishi mumkin.
Preparatni qo‘llash davomiyligini shifokor klinik effekt va preparatga o‘zlashtirish darajasiga qarab belgilaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Korvalol® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ayrim hollarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:
- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: oshqozon va ichak sohasida noqulaylik, ko‘ngil aynishi;
- asab tizimi tomonidan: uyquchanlik, yengil bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi;
- immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar;
- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urish ritmining sekinlashuvi.
Bu holatlar dozaning kamaytirilishi bilan bartaraf etiladi.
Uzoq muddatli qo‘llashda preparatga qaramlik va bromizm belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlar: markaziy asab tizimining susayishi, depressiya, apatiya, rinit, kon’yunktivit, akne, gemorragik diatez, muvofiqlashtirishning buzilishi, ongning chalkashishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat bo‘lib, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislotasining etil efiri reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, bu asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqum retseptorlarini qo‘zg‘atish, markaziy asab tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytirish va bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalaridagi neyronlarda tormozlanish hodisalarini kuchaytirish, shuningdek, markaziy tomir-harakat markazlari faolligini pasaytirish va tomirlarning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy spazmolitik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq.
Fenobarbital o‘rta va orqa miya retikulyar tuzilmalari markazlarining katta miya po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta’sirini bostiradi, natijada bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar oqimi kamayadi. Faollashtiruvchi ta’sirlarning kamayishi, dozasiga qarab, tinchlantiruvchi, trankvilizator yoki uyqu keltiruvchi effektlarni yuzaga keltiradi. Korvalol® tomir-harakat markazlariga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarni kamaytiradi, umumiy arterial bosimni pasaytiradi, tomir spazmlarini, ayniqsa yurak tomirlarining spazmlarini bartaraf etadi va oldini oladi.
Yalpiz moyi ko‘plab efir moylarini, jumladan taxminan 50 % mentol va 4-9 % mentol efirlarini o‘z ichiga oladi. Ular og‘iz bo‘shlig‘idagi "sovuq" retseptorlarni qo‘zg‘atishga va reflektor tarzda asosan yurak va miya tomirlarini kengaytirishga, silliq mushak spazmlarini bartaraf etishga, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta’sir ko‘rsatishga qodir. Yalpiz moyi antiseptik, spazmolitik ta’sirga ega, meteorizm hodisalarini bartaraf etish xususiyatiga ega. Oshqozon va ichak shilliq qavati retseptorlarini qo‘zg‘atib, ichak peristaltikasini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida 58 hajm foizli spirt, shuningdek fenobarbital mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish va psixomotor reaksiyalar tezligini buzishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilganda mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarga, avtomobil haydovchilariga va boshqalarga ehtiyotkorlik bilan foydalanish tavsiya etiladi.