Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Corvalol № 30 tabletkalari
Corvalol № 30 tabletkalari
Ishlab chiqaruvchi: Фармак
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari corvalol № 30 tabletkalari
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletka tarkibida faol moddalar: etil efiri -bromizovalerian kislotasi 100% modda hisobida 12,42 mg, fenobarbital 100% quruq modda hisobida 11,34 mg, yalpiz moyi 0,88 mg; yordamchi moddalar: laktosa monogidrat, magniy stearat, β-siklodekstrin, kaliy atsesulfam.
  • Qo'llanilishi
    – Qattiq asabiylashuv bilan kechuvchi nevrozlar; – uyqusizlik; – gipertonik kasallik va vegetativ-qon tomir distoniyasini kompleks davolashda; – aniq ifodalanmagan koronar tomirlar spazmlari, taxikardiya; – neyrovegetativ buzilishlar bilan bog'liq ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    – Preparat tarkibiy qismlariga, bromga yuqori sezuvchanlik; – jigar va/yoki buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari; – jigar porfiriyasi; – og'ir yurak yetishmovchiligi.
  • Qo'llash usuli
    Korvalol® kattalar uchun til ostiga (subingval) yoki og'iz orqali kuniga 1 tabletka 2-3 marta buyuriladi. Zaruriyat tug‘ilganda (aniq tachikardiya va koronar tomirlarning spazmi) bir martalik doza 3 tabletkagacha oshirilishi mumkin. Preparatni qo‘llash davomiyligini shifokor klinik effekt va preparatga o‘zlashtirishga qarab belgilaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Korvalol® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ayrim hollarda ovqat hazm qilish tizimi tomonidan quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin: oshqozon va ichak sohasida noqulaylik, ko‘ngil aynishi; asab tizimi tomonidan uyquchanlik, yengil bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi; immun tizimi tomonidan allergik reaksiyalar; yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak urish ritmining sekinlashuvi. Ushbu holatlar dozaning kamaytirilishi bilan bartaraf etiladi. Uzoq muddatli qo‘llashda preparatga qaramlik va bromizm hodisalari paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlari: markaziy asab tizimining susayishi, depressiya, apatiya, rinit, kon’yunktivit, akne, gemorragik diatez, muvofiqlashtirishning buzilishi, ongning chalkashishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat bo'lib, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi. α-bromizovalerian kislotasining etil efiri reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, bu asosan og'iz bo'shlig'i va burun-halqum retseptorlarini qo'zg'atish, markaziy asab tizimining markaziy bo'limlarida reflektor qo'zg'aluvchanlikni kamaytirish va bosh miya po'stlog'i va po'stloq osti tuzilmalaridagi neyronlarda tormozlanish hodisalarini kuchaytirish, shuningdek, markaziy tomir-harakat markazlari faolligini kamaytirish va tomirlarning silliq mushaklariga to'g'ridan-to'g'ri mahalliy spazmolitik ta'sir ko'rsatish bilan bog'liq. Fenobarbital o'rta va orqa miya retikulyar formattsiya markazlarining bosh miya po'stlog'iga faollashtiruvchi ta'sirini bostiradi, shu bilan bosh miya po'stlog'i va po'stloq osti tuzilmalariga qo'zg'atuvchi ta'sir oqimini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta'sirlarning kamayishi, dozaga qarab, tinchlantiruvchi, trankvilizator yoki uyqu keltiruvchi effekt ko'rsatadi. Korvalol® tomir-harakat markazlariga, koronar va periferik tomirlarga qo'zg'atuvchi ta'sirlarni kamaytiradi, umumiy arterial bosimni pasaytiradi, tomir spazmlarini, ayniqsa yurak tomirlarini bartaraf etadi va oldini oladi. Yalpiz moyi ko'p miqdorda efir moylarini, jumladan taxminan 50% mentol va 4-9% mentol efirlarini o'z ichiga oladi. Ular og'iz bo'shlig'idagi «sovuq» retseptorlarni qo'zg'atishga va reflektor tarzda asosan yurak va miya tomirlarini kengaytirishga, silliq mushak spazmlarini bartaraf etishga, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta’sir ko‘rsatishga qodir. Yalpiz moyi antiseptik va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, meteorizm hodisalarini bartaraf etish xususiyatiga ega. Sublingval qabul qilinganda so‘rilish allaqachon til osti sohasida boshlanadi, faol moddalarning biologik mavjudligi yuqori (taxminan 60-80%). Effekt tezda (5-10 daqiqa ichida) namoyon bo‘ladi. Og‘iz orqali qabul qilinganda ta’sir 15-45 daqiqadan so‘ng rivojlanadi va 3-6 soat davom etadi. Barbiturat kislota preparatlarini ilgari qabul qilgan shaxslarda fenobarbitalning jigarda tez metabolizmi hisobiga ta’sir davomiyligi qisqaradi, chunki barbituratlar fermentlarni induktsiyalaydi. Keksalarda va jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda Korvalol® metabolizmi pasaygan, shuning uchun ularda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu esa doza kamaytirilishini va preparatni qabul qilish oralig‘ini uzaytirishni talab qiladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Avtotransport boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparatni mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarga, avtotransport haydovchilariga va hokazolarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bolalar. Bolalarni davolashda qo'llash tajribasi yo'q. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Spirtli ichimliklarni bir vaqtda iste'mol qilishdan saqlanish lozim. Preparatni uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatga qaramlik rivojlanishi mumkin. Preparatni arterial gipotenziya bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilmaydi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    preparatni tez-tez yoki uzoq muddat qo'llashda mumkin, bu uning tarkibiy qismlarining kumulyatsiyasi bilan bog'liq. Uzoq va doimiy qo'llash qaramlik, abstinent sindrom, psixomotor qo'zg'alish chaqirishi mumkin. Preparatni to'satdan to'xtatish bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin. Dozani oshirib yuborish simptomlari: markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi, ongning chalkashligi, bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, chuqur uyqugacha. Og'ir zaharlanish holatlarida – nafas olish buzilishi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimning pasayishi, kollaps, koma. Davolash simptomatik.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Корвалол №30 таблетки - отличное качество, быстрая доставка. Рекомендую этот продукт и магазин Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство от нервного напряжения и бессонницы. Помогает расслабиться и улучшить сон.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico