Dorilarning o'zaro ta'siri
Potensial klinik jihatdan ahamiyatli dori vositalari o‘zaro ta’siri quyida keltirilgan (qarang bo‘limlar "Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar" va "Maxsus ko‘rsatmalar").
Paratsetamol muntazam uzoq muddat qabul qilinganda no‘g‘ora antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) ta’sirini kuchaytiradi, bu esa qon ketish xavfini oshiradi. Preparatning bir martalik epizodik qabul qilinishi ularning ta’siriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlar (barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin, fenitoin, etanol, flumetsinol, fenilbutazon va tritsiklik antidepressantlar) paratsetamol bilan birga va dozani oshirib yuborishda gepatotoksik ta’sir xavfini oshiradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (tsimetidin) gepatotoksik ta’sir xavfini kamaytiradi.
Galotan qorinchalik aritmiya xavfini oshiradi.
Paratsetamol diuretik preparatlar samaradorligini kamaytiradi.
Metoklopramid va domperidon paratsetamol so‘rilish tezligini oshiradi, kolestiramin esa kamaytiradi.
Paratsetamol MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanol ta’sirini kuchaytiradi.
Paratsetamol va alkogolli ichimliklarni birga qabul qilish jigar shikastlanishi va o‘tkir pankreatit rivojlanish xavfini oshiradi.
Fenilefrin MAO ingibitorlari bilan birga qabul qilinganda arterial bosim oshishiga olib kelishi mumkin.
Fenilefrin beta-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziya vositalari (shu jumladan debri-zoxin, guanetidin, rezerpin, metildopa kabi preparatlar) samaradorligini kamaytirishi, gipertenziya va yurak-qon tomir tizimi buzilishlari rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptilin) fenilefrinning simpatomimetik ta’sirini kuchaytiradi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Galotan va fenilefrinni birga qo‘llash qorinchalik aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Fenilefrin guanetidin gipotenziya ta’sirini kamaytiradi, guanetidin esa o‘z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsion faolligini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi.
Glyukokortikosteroidlarni fenilefrin bilan birga qo‘llash glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi.
Digoksin va boshqa yurak glikozidlarini birga qo‘llash yurak ritmi buzilishi va yurak xurujlari rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Fenilefrin va simpatomimetik aminlarni birga qo‘llash yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Fenilefrin va ergot alkaloidlari (masalan, ergotamin va metisergid) ni birga qo‘llash ergotizm rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Askorbin kislotasi qisqa ta’sirli salitsilatlar va sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarni chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiya ko‘rsatadigan dori vositalar (shu jumladan alkaloidlar) ni chiqarilishini oshiradi, og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar qon zardobidagi konsentratsiyasini kamaytiradi.
Etanol o‘tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligini kuchaytiradi.