Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Kokarboksilaza g/x 50 mg 2 ml No 5 eritmasi bilan
Kokarboksilaza g/x 50 mg 2 ml No 5 eritmasi bilan
Ishlab chiqaruvchi: Биофарма/Украина
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari kokarboksilaza g/x 50 mg 2 ml no 5 eritmasi bilan
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma tayyorlash uchun kukun
  • Dozalash
    50 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Kokarboksilaza – tiamin (vitamin V1) kofermenti, organizmda fosforillanib mono-, di- va trifosforli efirlarni hosil qiladi, alfa-ketokislotalar, pirouzum kislotasining karboksillanishi va dekarboksillanishini katalizlovchi fermentlar tarkibiga kiradi. Endogen kokarboksilaza organizmda ekzogen tiaminning fosforillanishi natijasida hosil bo‘ladi, biroq kokarboksilaza xossalari tiamin xossalariga to‘liq mos kelmaydi va uni V1 gipovitaminozi va avitaminozini oldini olish va davolash uchun ishlatib bo‘lmaydi. Kokarboksilaza glyukozaning o‘zlashtirilishini, asab tizimi to‘qimalarining trofikasini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimi funksiyasining normallashishiga yordam beradi. Qonda sut va pirouzum kislotasi darajasini pasaytiradi (bu kislotalar miqdorining oshishi atsidoz va atsidotik komaning rivojlanishiga olib keladi).
  • Qo'llanilishi
     Kokarboksilaza jigar va buyrak yetishmovchiligi, diabetik prekom va koma, diabetik ketoatsidoz, surunkali yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishlari, periferik nevritlarda kompleks terapiya tarkibida buyuriladi. Bolalarga ham shu ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparat, shuningdek, gipoksiya va atsidoz bilan kechuvchi holatlarda, jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda asfiksiya, gipoksik ensefalopatiya, qon aylanish yetishmovchiligi, pnevmoniya, sepsisda kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     Preparatga yuqori sezuvchanlik. 
  • Qo'llash usuli
    Kokarboksilaza mushak ichiga yoki tomir ichiga (struyno yoki kapelno) yuboriladi. Ampula tarkibi (50 mg) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishdan oldin 2 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Tomir ichiga struyno yuborishda hajm 10-20 ml gacha, kapelno yuborishda esa 200-400 ml gacha yetkaziladi, 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki dekstroza (glyukoza) eritmasi qo‘shiladi. Yurak ritmi buzilishlarida kuniga 100-200 mg 15-30 kun davomida. Surunkali yurak yetishmovchiligida 50 mg preparatni naparstyan preparatlari qo‘llanilishidan 2 soat oldin kuniga 2-3 marta. Qandli diabetda (ketoatsidoz, koma) sutkalik doza 100 mg ni tashkil etadi. O‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida tomir ichiga struyno 100-150 mg 3 marta kuniga yoki kapelno (oldindan 5% dekstroza (glyukoza) eritmasida eritib) 100-150 mg kuniga yuboriladi. Periferik nevritlarda mushak ichiga 50-100 mg kuniga 1-1,5 oy davomida buyuriladi. Bolalarga mushak ichiga, tomir ichiga (kapelno yoki struyno) yuboriladi. Holat og‘irligi va klinik simptomatikaga qarab kuniga 25 dan 50 mg gacha buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kundan 15-30 kungacha. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tomir ichiga (sekin) 10 mg/kg tana vazniga bir marta kuniga yuboriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin (toshma, teri qichishishi); mushak ichiga yuborilganda – giperemiya, teri qichishishi, shish (in'ektsiya joyida).
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik ta’sirini kuchaytiradi va ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     

    Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
    Dori vositasining homilador ayollar tomonidan qo'llanilishi bo'yicha xavfsizlik ma'lumotlari yo'q. Tadqiqotlar sonining yetarli emasligi sababli, dori vositasini homilador va emizayotgan ayollarga tayinlash tavsiya etilmaydi.


    Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Dori vositasining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan. Dori vositasini amal qilish muddati o'tganidan keyin qo'llash tavsiya etilmaydi va uni bolalar uchun yetarli bo'lmagan joyda saqlash kerak. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, удобная упаковка. Спасибо Oxymed за отличный сервис!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilobar
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico