Taqiqlangan
Extiyotkorlik bilan
1 yoshdan
Ruxsat
Butamiratga yuqori sezuvchanlik; homiladorlikning I trimestri, emizish davri; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Extiyotkorlik bilan
homiladorlikning II va III trimestrlari.
Og‘iz orqali qabul qilinadi. 3 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml 3 marta/kun; 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10 ml 3 marta/kun; 12 yosh va undan katta bolalar va o‘smirlarga 15 ml 3 marta/kun; kattalarga 15 ml 4 marta/kun buyuriladi.
Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - uyquchanlik, bosh aylanishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - ko‘ngil aynishi, diareya.
Boshqalar: kamdan-kam hollarda - toshma; allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Markaziy ta’sirga ega yo‘talga qarshi vosita. Butamirat opiy alkaloidlariga kirmaydi. Qaramlik yoki o‘rganib qolish chaqirmaydi.
Yo‘talni to‘xtatadi, yo‘tal markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha bronxodilatatsion ta’sirga ega. Nafas olishni yengillashtiradi, spirometriya ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi (nafas yo‘llari qarshiligini kamaytiradi) va qondagi oksigenatsiyani oshiradi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Butamirat qo'llanilganda bosh aylanishi va uyquchanlik rivojlanishi mumkinligi sababli, transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa faoliyatlardan voz kechish tavsiya etiladi.
Butamirat yo'tal refleksini bostirishi sababli, balg'am to'planib qolishini oldini olish uchun eksspektorant vositalarni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish lozim.
Butamirat bilan davolanish davrida alkogol iste'mol qilish, shuningdek, markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarini (shu jumladan, uyqu dori, neyroleptiklar, trankvilizatorlar) qo'llash tavsiya etilmaydi.