Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Ruxsat
18 yoshdan
Butamirata yuqori sezuvchanlik; homiladorlikning I trimestri, laktatsiya davri (emizish); 2 oylikkacha bo‘lgan bolalar yoshi; 3 yoshgacha (sirop uchun), 6 yoshgacha (tabletkalar uchun); 18 yoshgacha (modifikatsiyalangan chiqarilishli tabletkalar uchun).
Extiyotkorlik bilan
Homiladorlikning II va III trimestrlari. Tarkibida etil spirti bo‘lgan dori shakllarini dori qaramligiga moyil bemorlarda, jigar kasalliklari, alkogolizm, epilepsiya, miya kasalliklari, bolalarda extiyotkorlik bilan qo‘llash.
Og‘iz orqali qabul qilish uchun.
Doza individual tarzda, qo‘llanilayotgan dori shakli va bemorning yoshiga qarab belgilanadi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - uyquchanlik, bosh aylanishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Teri qoplamlari tomonidan: kamdan-kam hollarda - ekzantema.
Boshqalar: allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Markaziy ta’sirli yo‘talga qarshi vosita. Butamirat opiy alkaloidlariga kirmaydi. Qaramlik yoki o‘rganib qolish chaqirmaydi.
Yo‘talni to‘xtatadi, yo‘tal markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha bronxolitik ta’sirga ega. Nafas olishni yengillashtiradi, spirometriya ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi (nafas yo‘llari qarshiligini kamaytiradi) va qondagi oksigenatsiyani oshiradi.
Bolalarda faqat shu yosh toifasiga mos ravishda maxsus mo‘ljallangan dori shakllarini qo‘llash lozim.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Butamirat uyquchanlik chaqirishi mumkin, shuning uchun davolanish davrida bemorlar transport vositalari va yuqori diqqat-e’tibor hamda tez psixomotor reaksiyalar talab qiluvchi boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishda extiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Butamirat yo‘tal refleksini bostirganligi sababli, balg‘am to‘planib qolishining oldini olish uchun eksspektorant vositalarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim.
Butamirat bilan davolanish davrida markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalarini (jumladan, uyqu dori, antipsixotik, trankvilizatorlar) qo‘llash tavsiya etilmaydi.