-
Tarkibi
1 g krem tarkibida:
Faol modda: klobetazol propionat 500 mkg;
Yordamchi modda: propilenglikol, dinatriy edetat, xlorokrezol, suyuq parafin, oq vazelin, glitseril monostearat, tsetostearil spirti (tsetil spirti 60%, stearil spirti 40%), polisorbat 40, dekan va oktan kislotalar triglitseridlari, kremniy dioksid kolloid, natriy sitrat, limon kislotasi, aromatizator xemoderm 841, tozalangan suv.
25 g krem alyuminiy tubada, karton qutida 1 tuba.
-
Qo'llanilishi
Psoriaz (pustulyoz va keng tarqalgan blyashkali psoriazdan tashqari);
ekzema (turli shakllari);
qizil yassi temiratki;
diskoid qizil volchanka;
kamroq faol mahalliy GKS bilan davolashga chidamli teri kasalliklari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Pushti ugri;
vulgar ugri;
teri raki;
Gayd tugunli qichishishi;
perioral dermatit;
perianal va genital qichishish;
terining sifilisda namoyon bo‘lishi;
bezi toshmasi;
bakterial, virusli va zamburug‘li teri kasalliklari (jumladan, oddiy gerpes, suvchechak, teri sil kasalligi, aktinomikoz);
tarqalgan blyashkali va pustulyoz psoriaz;
1 yoshgacha bo‘lgan yosh;
homiladorlik;
laktatsiya davri;
preparatning faol va yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Davolashning uzluksiz kursi davomiyligi 3-4 haftadan oshmasligi kerak.
Ayniqsa, rezistent hollarda, ayniqsa, giperkeratoz mavjud bo‘lsa, Kloveyt preparatining yallig‘lanishga qarshi ta’siri preparat qo‘llaniladigan soha ustiga tunda polietilen plyonkadan bog‘lov qo‘yish orqali kuchaytirilishi mumkin, bu odatda ijobiy ta’sir bilan kechadi. Oklyuzion bog‘lovni almashtirishda terini tozalash zarur. Keyinchalik erishilgan ta’sir oklyuzion bog‘lovsiz ham saqlab turiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dermatologik reaksiyalar: kuydirish, teri qichishishi, steroid ugri, terining qurishi. uzoq muddatli qo‘llashda - terining to‘siq funksiyasining zaiflashishi. uzoq muddatli yuqori dozalarda qo‘llashda - terining atrofik o‘zgarishlari, xususan, uning yupqalashishi, atrofik chiziqlarning (striy) paydo bo‘lishi, yuzaki qon tomirlarining kengayishi, ayniqsa, oklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganda va preparat terining burma joylariga surtilganda. teri pigmentatsiyasi va gipertixoz rivojlanishi mumkin. Kamdan-kam hollarda tashqi qo‘llash uchun GKSlarda psoriazni davolash (yoki ularni bekor qilish) pustulyoz psoriaz rivojlanishini qo‘zg‘atadi.
Katta yuzalarga surtilganda tizimli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkin: gastrit, OVKT shilliq qavatining yaralanishi, ko‘z ichki bosimining oshishi, giperkortitsizm simptomlari.
Tashqi qo‘llash uchun GKSlardan uzoq muddatli yuqori dozalarda yoki keng teri sohalariga surtilganda tizimli so‘rilish va natijada giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin. Ushbu asorat rivojlanish xavfi bolalarda yuqori, ayniqsa, oklyuzion bog‘lov qo‘llanganda, bunda bezi ham shunday bog‘lov vazifasini bajarishi mumkin. Kloveyt preparati kattalarga haftasiga 50 g dan oshmagan dozada buyurilganda, gipofiz va buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi o‘tkinchi bo‘lib, davolash kursi tugagach tezda tiklanadi.
Kamdan-kam hollarda Kloveyt preparati kasallik simptomlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Neytrofillarning chekka to‘planishini oldini oladi, yallig‘lanish ekssudatsiyasi va limfokinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi, makrofaglar migratsiyasini to‘xtatadi, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlarining intensivligini pasaytiradi, mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ ta’sir ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
GKSlarnı tashqi qo‘llash uchun uzoq muddatga buyurishdan saqlanish kerak, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarni davolashda, chunki bu holda buyrak usti bezlari funksiyasining bostirilishi yuzaga kelishi mumkin. Kloveit preparatini bolalarda qo‘llash shifokor nazoratida, kamida haftasiga 1 marta bo‘lishi kerak.
Yuzda, tananing boshqa sohalariga nisbatan, GKSlarnı tashqi shakllarini uzoq muddat qo‘llash natijasida terining atrofik o‘zgarishlari ko‘proq paydo bo‘lishi mumkin.
Preparatni ko‘z sohasiga surtish tavsiya etilmaydi, chunki preparatni periorbital sohada qo‘llash glaukoma rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Psoriazni tashqi qo‘llash uchun GKSlarda davolash kasallikning qaytalanishi, preparatga tolerantlik, kasallikning generalizatsiyalashgan pustulyoz shakli, terining to‘siq funksiyasi buzilishi tufayli mahalliy yoki tizimli toksik reaksiyalar rivojlanishi bilan kechishi mumkin, shuning uchun bemorni diqqat bilan kuzatish ayniqsa muhimdir.
Ikkinchi darajali infeksiya qo‘shilganda mos antibakterial terapiya o‘tkazish kerak. Infeksiyaning generalizatsiyasi har qanday belgilarida GKSlarnı tashqi qo‘llashni to‘xtatish va mos antibakterial preparatlar bilan davolash o‘tkazish zarur. Okkluzion bog‘lam qo‘yilganda yuzaga keladigan issiq va nam sharoitlar bakterial infeksiya rivojlanishiga yordam beradi, shuning uchun yangi bog‘lam qo‘yishdan oldin terini albatta tozalash kerak.
Kremni suyultirish tavsiya etilmaydi.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Preparatni qo‘llash bemorning yuqori e’tibor va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtning o'zida CYP3A4 izofermentini inhibe qiluvchi preparatlarni (masalan, ritonavir va itrakozazol) qo'llash glukokortikosteroidlarning metabolizmini bostiradi, bu esa ularning sistematik ekspozitsiyasini oshiradi. Ushbu o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati darajasi glukokortikosteroidlarning dozasiga va qo'llash usuliga hamda CYP3A4 izofermenti inhibitori faoliyatiga bog'liq.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: Kloyet® preparati tashqi qo'llanilganda sistematik ta'sirlarni keltirib chiqarish uchun yetarli miqdorda so'rilishi mumkin. Oqibatida o'tkir dozadan oshirish ehtimoli kam. Biroq, Kloyet® preparatini surunkali dozadan oshirish yoki noto'g'ri qo'llash holatida giperkortitsizm belgilari rivojlanishi mumkin.
Davolash: dozadan oshirish holatida preparatni asta-sekin to'xtatish kerak, uning surtilish tezligini kamaytirish yoki kam faol glukokortikosteroid bilan almashtirish, shifokor nazorati ostida, adrenal yetishmovchilik xavfi sababli.
Keyingi davolash klinik vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.