-
Tarkibi
1 ml eritmada quyidagilar mavjud:
faol modda: klotrimazol -10,0 mg
boshqa komponentlar: propilenglikol, etanol, metilparaben.
-
Qo'llanilishi
Terining va shilliq qavatlarning zamburug‘li zararlanishlari, dermatofitlar, mog‘or va xamirturushsimon zamburug‘lar sababli, rangli temiratki, eritrazma, kandidozli vulvovaginit, trixomoniaz, mikozlar, ikkilamchi piodermiya bilan asoratlangan.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Klotrimazol yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlikning I trimestri. Ehtiyotkorlik bilan – laktatsiya davri.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Klinik va eksperimental tadqiqotlarda preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash ayol yoki homila (bola) salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanmagan. Biroq, preparatni buyurish maqsadga muvofiqligi masalasi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng individual tarzda hal qilinishi kerak.
Preparatni bevosita laktatsiya qilayotgan ko‘krak beziga surish mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
Oyoq panjalari zararlanganda eritmani surtishdan oldin ularni yuvish va yaxshilab quritish, ayniqsa barmoqlar orasini, lozim.
Teri infeksiyalarida, Klotrimazol zararlangan joylarga yupqa qatlamda teng taqsimlab kuniga ikki yoki uch marta surtilishi kerak.
Kaft kattaligidagi yuzani davolash uchun bir necha tomchi yetarli.
Quloq infeksiyalarida, quloqqa kuniga ikki yoki uch marta 2 — 3 tomchi Klotrimazol eritmasi tomiziladi.
Davolash barcha infeksiya belgilari yo‘qolganidan keyin kamida ikki hafta davom ettirilishi kerak, qayta yuqtirishning oldini olish uchun.
Agar sizda "atlet oyog‘i" zamburug‘li kasalligi bo‘lsa, zamburug‘ga qarshi kukunni parallel qo‘llash samarali. Bu masalada shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Infeksiya belgilari, masalan, qichishish yoki og‘riq, davolashning bir necha kunidan so‘ng yo‘qolishi kerak, biroq qizarish va qobiq to‘kilishi kabi belgilar uzoqroq saqlanishi mumkin va ularning to‘liq yo‘qolishi uchun vaqt talab etiladi. Agar belgilar yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qiling.
Klotrimazol eritmasi faqat tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan:
Eritmani og‘iz bo‘shlig‘iga ishlatmang va uni yutib yubormang.
Agar siz eritmani tasodifan yutib yuborsangiz, darhol shifokoringizga xabar bering yoki eng yaqin shifoxonaning tez yordam va shoshilinch yordam xodimlari bilan bog‘laning.
Agar eritma tasodifan ko‘z yoki og‘izga tushsa, ularni suv bilan yuvib tashlang va zarurat bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
Agar siz Klotrimazol eritmasining navbatdagi dozasini surishni unutgan bo‘lsangiz:
Eritmani imkon qadar tezroq surting, so‘ngra odatdagi qo‘llash tartibiga qayting.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Krem surtilgan joylarda qichishish, kuydirish, sanchish, eritema, pufakchalar, shish, tirnash va terining qobiq to‘kilishi. Allergik reaksiyalar (qichishish, toshma).
-
Farmakologik xususiyatlari
Kandibene keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan zamburug‘larga qarshi vosita hisoblanadi. Faol modda klotrimazol (imidazol hosilasi) ning antimikotik ta’siri zamburug‘ hujayra membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterin sintezining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu membrananing o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va hujayraning keyingi lizisiga olib keladi. Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta konsentratsiyalarda esa fungitsid ta’sir ko‘rsatadi, bunda faqat proliferatsiyalanuvchi hujayralarga emas. Fungitsid konsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlari bilan o‘zaro ta’sir qiladi, natijada vodorod peroksidining konsentratsiyasi toksik darajaga yetadi, bu ham zamburug‘ hujayralarining buzilishiga yordam beradi. Dermatofitlar, xamirturushga o‘xshash va mog‘or zamburug‘lari, shuningdek, rangli temiratki Pityriasis versicolor (Malazessia furfur) va eritrazma qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan samarali. Gram-musbat (stafilokokklar, streptokokklar) va gram-manfiy bakteriyalarga (Bacteroides, Gardnerella vaginalis), shuningdek, Trichomonas vaginalis ga nisbatan antimikrob ta’sir ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dorini ko‘z sohasidagi teriga surtish tavsiya etilmaydi. Onixomikozlarni davolashda ishlov berilayotgan tirnoq plastinkalari qisqa qilib kesilgan yoki faol moddaning yaxshiroq kirib borishi uchun qo‘pol yuzaga ega bo‘lishi kerak. Bunday hollarda eritmaga afzallik berish lozim, chunki uning kirib borish xususiyatlari yaxshiroq. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar funksional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Gipersensitivlik yoki tirnash belgilari paydo bo‘lsa, davolash to‘xtatiladi. 4 hafta davomida samarasi bo‘lmasa, tashxisni tasdiqlash kerak.
Avtotransport va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Amfoteritsin V, nistatin bilan bir vaqtda qo‘llanganda klotrimazolning faolligi kamayadi.