Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Ruxsat
Extiyotkorlik bilan: laktatsiya davri.
Tashqi. Mazni oldindan tozalangan (neytral pH ga ega sovun bilan yuvilgan) va quruq zararlangan teri sohalariga yupqa qatlamda kuniga 2-3 marta surtib, ehtiyotkorlik bilan ishqalash kerak.
Davolash davomiyligi kasallik og‘irligi, patologik o‘zgarishlar joylashuvi va terapiya samaradorligiga bog‘liq.
Dermatomikozlarni davolash kamida 4 hafta, rangsiz temiratkini 1-3 hafta davom etadi. Terapiya kursi tugagach (klinik belgilari yo‘qolganda) davolashni yana 14 kun davom ettirish maqsadga muvofiq, oyoq terisining zamburug‘li zararlanishlarida esa 2-3 hafta davom ettirish kerak.
Teri qoplamasi tomonidan: malham surtilgan joylarda qichishish, kuydirish, sanchish, eritema, pufakchalar, shish, tirnash va terining qobiq bo‘lishi, paresteziya paydo bo‘lishi.
Allergik reaksiyalar: qichishish, toshma (urtikariya).
Klotrimazol imidazol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi preparat hisoblanadi. Klotrimazolning (imidazol hosilasi) faol moddasining antimikotik effekti zamburug‘ hujayra membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterin sintezining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu membrananing o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va hujayraning keyingi lizisiga olib keladi. Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta konsentratsiyalarda fungitsid ta’sir ko‘rsatadi, bunda faqat proliferatsiyalanuvchi hujayralarga emas. Fungitsid konsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlari bilan o‘zaro ta’sir qiladi, natijada vodorod peroksidining konsentratsiyasi toksik darajagacha oshadi, bu ham zamburug‘ hujayralarining buzilishiga yordam beradi.
Dermatofitlar, xamirturushga o‘xshash va mog‘or zamburug‘lar, shuningdek, rangli temiratki qo‘zg‘atuvchisi Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur) va eritrazma qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan samarali.
Amfoteritsin V, nistatin, natamitsin bir vaqtda qo‘llanganda klotrimazol samaradorligini pasaytiradi. Maz qo‘llanganda boshqa vositalar bilan salbiy o‘zaro ta’sirlar noma’lum va ularni kutish kerak emas, chunki klotrimazolning rezorbsion qobiliyati juda past.
Quruq joyda, 5° dan 25°S gacha haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati - 2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparatni qo‘llamang.
Malhamni yuqori dozalarda qo‘llash hayot uchun xavfli bo‘lgan har qanday reaksiyalar va holatlarni keltirib chiqarmaydi.