Farmakologik xususiyatlari
Klotrimazol keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, mahalliy qo'llash uchun mo'ljallangan. Faol moddaning (imidazol hosilasi) antimikotik ta'siri zamburug'lar hujayra membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterin sintezining buzilishi bilan bog'liq, bu membrananing o'tkazuvchanligini o'zgartiradi va keyinchalik hujayra lizisiga olib keladi.
Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta konsentratsiyalarda esa fungitsid ta'sir ko'rsatadi, bunda faqat proliferatsiyalanuvchi hujayralarga emas. Fungitsid konsentratsiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlari bilan o'zaro ta'sirga kirishadi, natijada vodorod peroksidining konsentratsiyasi toksik darajagacha oshadi, bu ham zamburug' hujayralarining buzilishiga yordam beradi.
Dermatofitlar, xamirturushsimon va mog'or zamburug'lar, shuningdek, rangli temiratki Pityriasis versicolor (Malazessia furfur) va eritrazma qo'zg'atuvchisiga nisbatan samarali. Grampozitiv (stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy bakteriyalarga (Bacteroides, Gardnerella vaginalis), shuningdek, Trichomonas vaginalis ga nisbatan antimikrob ta'sir ko'rsatadi.
Farmakokinetika
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon so'riladi va deyarli tizimli ta'sir ko'rsatmaydi. Epidermisning chuqur qatlamlarida konsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal tormozlovchi konsentratsiyadan yuqori. Tashqi qo'llashda klotrimazolning epidermisdagi konsentratsiyasi derma va teri osti yog' qatlamiga nisbatan yuqoriroq.