-
Tavsif
Amoksitsillin (yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik) va klavulan kislotasi (β-laktamazalar ingibitori) kombinatsiyalangan antibakterial preparat. Amoksitsillin – keng ta'sir doirasiga ega, antibakterial, bakteritsid va kislotalarga chidamli yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo‘linish va o‘sish davrida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi, mikroorganizmlarning lizisiga olib keladi. Klavulan kislotasi Streptomyces clavuligerus fermentatsiyasi mahsuloti bo‘lib, bir vaqtda yuboriladigan amoksitsillinga nisbatan β-laktamazalarga yuqoriroq affinitetga ega.
-
Tarkibi
1 tabletkada:
faol moddalari: amoksitsillin trigidrat - 250 mg, 500 mg yoki 875 mg, klavulan kislotasi - 125 mg;
yordamchi moddalari: natriy kraxmalglikolyat, aerosil, magniy stearat, kalsiy fosfat suvdan holi;
qobiq: Opadry Y 1 700 White (gipromelloza, titan dioksidi, polietilenglikol).
-
Qo'llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash: — yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlar infeksiyalari (jumladan, o‘tkir va surunkali sinusit, o‘tkir va surunkali o‘rta otit, orqa tomoq abstsessi, tonzillit, faringit); — pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (jumladan, bakterial superinfeksiya bilan kechuvchi o‘tkir bronxit, surunkali bronxit, pnevmoniya); — siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari; — ginekologik infeksiyalar; — teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, shu jumladan odam va hayvon chaqishlari; — suyak va biriktiruvchi to‘qima infeksiyalari; — odontogen infeksiyalar; — o‘t yo‘llari infeksiyalari (xoletsistit, xolangit); — jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (shankroid, gonoreya). — aralash infeksiyalar (grammusbat, grammusbat va anaerob mikroorganizmlar keltirib chiqargan), peritonit, qorin bo‘shlig‘i a’zolarida operatsiyadan keyingi asoratlar, qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari, aspiratsion pnevmoniya, ko‘krak bezi abstsessi. Jarrohlikdan oldingi profilaktika: abdominal, kolorektal, ginekologik, urologik, chanoq-yuz sohasidagi jarrohlik, bosh va bo‘yin sohasidagi operatsiyalar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
— amoksitsillinga yoki klavulan kislotasiga yuqori sezuvchanlik; — V-laktam antibiotiklarga (jumladan, penitsillinlar guruhi, tsefalosporinlar guruhi) yuqori sezuvchanlik; — anamnezda amoksitsillin/klavulan kislotasi qabul qilinishi bilan bog‘liq xolestatik sariqlik yoki jigar funksiyasi buzilishi mavjudligi; Preparat tsefalosporin qatoridagi antibiotiklarga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan, anamnezida soxta membranoz kolit bo‘lgan, jigar yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Infeksion mononukleoz va limfoleykoz bilan kasallangan, ampisillin qabul qilgan ko‘plab bemorlarda eritematoz toshma paydo bo‘lishi kuzatilgani sababli, bunday bemorlarga ampisillin guruhi antibiotiklarini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat homiladorlik davrida, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin. Amoksitsillin va klavulan kislotasi kichik miqdorlarda ko‘krak suti bilan ajraladi.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali. Suspenziya ovqatlanish boshida buyuriladi (preparatning so‘rilishi uchun optimal sharoit), oshqozon-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun. Zaruriyat tug‘ilganda suspenziya qaynatilgan va sovutilgan suv bilan ichiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 3 oygacha bo‘lgan bolalarga 30 mg/kg (amoksitsillin bo‘yicha)/sutka, 2 qabulga bo‘linadi (har 12 soatda); 3 oydan katta bolalarda o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarda – 20 mg (amoksitsillin bo‘yicha)/kg/sutka, 3 qabulga bo‘linadi (har 8 soatda), og‘ir infeksiya va nafas yo‘llari infeksiyalarida – 40 mg/kg (amoksitsillin bo‘yicha)/sutka, 3 qabulga bo‘linadi (har 8 soatda). Suspenziyaning tavsiya etilgan dozalari (125 mg + 31,25 mg/5 ml va 250 mg + 62,5 mg/5 ml) bolaning tana vazni va infeksiya og‘irligiga qarab belgilanadi. Qabul qilish soni – kuniga 3 marta. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK <10 ml/min) — doza kamaytirilishi yoki qabul qilishlar oralig‘i oshirilishi kerak (anuriyada 48 soat va undan ko‘p). Davolash kursi 5-14 kun. Davolash kursining davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi. Davolash 14 kundan ortiq davom etmasligi kerak, agar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tilmasa. Suspenziya tayyorlash qoidalari. Flakonga belgilangan bo‘limning yarmigacha qaynatilgan va sovutilgan suv qo‘shiladi. Yaxshilab chayqatiladi va tindiriladi. So‘ngra kerakli miqdorda suv belgi darajasigacha qo‘shiladi. Bevosita qo‘llashdan oldin chayqatiladi. Dozalashni osonlashtirish uchun har bir qadoqqa 5 ml, 2,5 ml va 1,25 ml ga graduslangan o‘lchov qoshiq qo‘yiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar aksariyat hollarda yengil ifodalangan va o'tkinchi bo'ladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahaning yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya mumkin; kamdan-kam hollarda - jigar fermentlari (ALT, AST) faolligining o'tkinchi oshishi, jigar funksiyasining buzilishi; alohida hollarda - xolestatik sariqlik, gepatit, psevdomebranli kolit. Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i; juda kam hollarda - tutqanoq (preparat yuqori dozalarda qabul qilinganda buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda namoyon bo'lishi mumkin). Qon yaratuvchi tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - qaytar lökopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya; juda kam hollarda - gemolitik anemiya, qaytar protrombin vaqti oshishi (antikoagulyantlar bilan birga qo'llanganda). Siydik ajratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - interstitsial nefrite, kristalluriya. Allergik reaksiyalar: eritematoz toshma, qichishish, eshakemi; kamdan-kam hollarda - ko'p shaklli ekssudativ eritema, angionevrotik shish, anafilaktik shok; alohida hollarda - eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz püstulez. Boshqalar: kamdan-kam hollarda - superinfeksiya rivojlanishi (shu jumladan kandidoz).
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan antibakterial preparat amoksitsillin (yarim-sintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik) va klavulan kislotasi (V-laktamazlar ingibitori). Amoksitsillin — antibakterial bakteritsid kislotaga chidamli keng ta'sir doirasiga ega yarim-sintetik penisillinlar guruhiga mansub vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo‘linish va o‘sish davrida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi, mikroorganizmlarning lizisiga olib keladi. Klavulan kislotasi Eerutusese s1auyregiz fermentatsiyasi mahsuloti bo‘lib, bir vaqtda yuboriladigan amoksitsillinga nisbatan V-laktamazalarga yuqoriroq afinitetga ega. Ular bilan barqaror inaktivlangan kompleks hosil qilib, amoksitsillinning fermentativ parchalanishini oldini oladi va uning antibakterial ta’sirini namoyon qilish imkoniyatini kafolatlaydi. Shuningdek, klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan V-laktam antibiotiklarga o‘xshash bo‘lib, o‘zining zaif antibakterial faolligiga ega. Klavulan kislotasi E1svtyop4-buKez-Mafeyu klassifikatsiyasi bo‘yicha V-laktamazalarning P, Sh, TU, U turlarini ingibitsiya qiladi. Bunday fermentlarni gram-musbat va gram-manfiy, shu jumladan anaerob mikroorganizmlar, masalan, 5{arjyosossiya zrr., NaetoryIiz t/Diepla, Motgaxeya saattiyaz, K1ebzzeYa 5rr., Ezspetva soy, Mezzeta 5rr., Rtoeyiz zrr., Yeguta eterosoiytsa, Baceto4ez 5rr. ishlab chiqarishi mumkin. Klavulan kislotasi EshchegoBascheg 5rr., Rzei4otopa5 aegiyatoa, 5erratsa 5rr., AstoBaserzrr tomonidan ishlab chiqariladigan T tipidagi V-laktamazalarga nisbatan faol emas. Preparatning bakteritsid ta’siri gram-musbat va gram-manfiy, aerob va anaerob qo‘zg‘atuvchilarning keng doirasini, shu jumladan V-laktam antibiotiklariga (ampitsillin va amoksitsillin) V-laktamaz ishlab chiqarish natijasida chidamlilik hosil qilgan shtammlarini ham qamrab oladi. Gram-musbatlar: 5teryosossiyu Stoyr A,B,S,S (Uter. pneitotae, ut4an5, tet, Gaesay5, ryoverez, atgas1, avasvae, Bouё); barvYosossiz aiguez, er4etty 5 (penitsillin sezgir va penitsillin rezistent, metitsillin-rezistent MEZA, MB$E shtammlaridan tashqari); Ezhetosossiz aesay$, daesht; Gorupefatsiyet 5rr.; [lyepa toposuyverez; Mosanya ayeto4ez; Gram-manfiylar: `Aetotopaz 5rr.; Voteeya regi; VtiseYa 5rr.; CatruoBaseruezit, soy; SitoBaser 5rr. (o‘rtacha sezgir); Ezspeysta soy; CatapereYa aytayz; Naetoryyiz disteut, tDieprae; Neysoaset ryot; YoeByeYa 5rr., K. pneitotae; Mogaxeya saargvay$; Mograneya rr. (o‘rtacha sezgir); Meyzena zonottyoeae, tepti 5; Rayeyite!a tiyosa; Protei; ta 5, usheat; baytopeYa zrr.; SveYa 5rr.; IBto snoyetae; Yegyata etshyetosoytsa (o‘rtacha sezgir); Vranpateya statyayya. Anaeroblar: 'Aspnotusez 15taey; VasletoCheu 5rr. (shu jumladan B. pragvI5); Preumeya teyyantovetsa; Sozёbiit 5rr. (C7. 4/Yisye dan tashqari); Perosteryosossiz 5rr.; Eepya soto4enz; Eizofachetit 5rr.; Prorotfachetit 5rr.; Perosossiz zrr. Boshqalar: MysoBachetit 1ifergsho$!5, ryumiyit, Bouz, Kapazay - o‘rtacha sezgir, (Mysofachetit sveopё—chidamli); Teropeta ra!N4it; Mosat@ae 5rr., [.-er1ozrytae 5rr. Quyidagi mikroorganizmlar rezistent yoki qisman rezistent: Pyeidotopaz aegiyatoza, Emetofaser zrr., 5erratsa zrr., Rgoeiz reieept, togzanyi, Proy4ents1a 5rr., Mysoraztae5rr., SMatiyazrr., Eskeyzae 5rr.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Dori vositasi antatsidlar, glyukozamin, ich ketkazuvchi vositalar, aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda so‘rilishi sekinlashadi, askorbin kislotasi bilan esa tezlashadi.
Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va buyrak kanallari sekretsiyasini bloklovchi boshqa vositalar amoksitsillin konsentratsiyasini oshiradi (klavulan kislotasi asosan klavulan filtrlash yo‘li bilan chiqariladi).
Dori vositasi bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda protrombin vaqti uzayadi. Shuning uchun bunday kompleks ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dori vositasi metotreksatning toksik ta’sirini kuchaytiradi.
Dori vositasi allopurinol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ekzantema rivojlanish xavfi oshadi.
Amoksitsillin va rifampitsin kompleksi antagonistik hisoblanadi (antibakterial ta’sir o‘zaro susayadi).
Dori vositasi samaradorligi kamayishi mumkinligi sababli uni bakteriyostatik antibiotiklar (makrolidlar, tetratsiklinlar), sulfanilamidlar, peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash jarayonida gemopoez, jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.
Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini yetarli darajada tuzatish yoki dozalash intervalini oshirish kerak.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish uchun dori vositasini ovqat paytida qabul qilish lozim.
Dori vositasi yuqori dozalarda qo‘llanilganda, Benedikt reaktivi yoki Felling eritmasi ishlatilganda (glyukoza oksidaza bilan fermentativ reaksiyalar tavsiya etiladi) siydikda glyukozani aniqlashda soxta musbat reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, disulfiramni qo‘llashdan saqlanish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining dozasi oshirib yuborilishi natijasida o‘lim yoki hayot uchun xavfli nojo‘ya ta’sirlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Sintomlari: qorin og‘rig‘i, diareya, qusish; shuningdek, asabiy qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh aylanishi; kam hollarda - tutqanoq bo‘lishi mumkin.
Davolash: agar preparat yaqinda (4 soatdan kam vaqt oldin) qabul qilingan bo‘lsa, oshqozonni yuvish va preparatning so‘rilishini sekinlashtirish maqsadida faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi; bemor shifokor nazoratida bo‘lishi kerak, zarurat tug‘ilganda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ samarali.
Hammasini ko'rsatish