Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Qo‘llash uchun: asabiy qo‘zg‘aluvchanlik oshganida, umumiy ahvolni yaxshilaydi. Yengil tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipotoniya holatlari, bradikardiya, ekstrasistoliya kabi ritm buzilishlari, ayrim o'simliklarga individual toqat qilmaslik.
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, chaynalmay, suv bilan ichiladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan 5-10 daqiqa oldin, boshlang‘ich uyqusizlikda esa uxlashdan 1-1,5 soat oldin 1 tabletka. Davolash kursi 10 kundan 30 kungacha. Zaruriyat tug‘ilganda davolash kursini 10-15 kundan so‘ng takrorlash mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar mumkin. Agar allergik reaktsiya belgilari paydo bo'lsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
Valeriana dorivor - tinchlantiruvchi, yurak-qon tomir tizimi va me’da-ichak trakti faoliyatini yaxshilovchi ta’sirga ega. Markaziy asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligini kamaytirib va silliq mushak spazmlarini bo‘shashtirib, valeriana qon tomirlarini kengaytirishga yordam beradi, bosimni pasaytiradi.
Boyarishnik - yurakka rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan birga yurak mushaklarining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi. Shuningdek, qonda xolesterin darajasini pasaytiradi, arterial bosimni tushiradi.
Oddiy pustirnik - yurak ritmini normallashtiradi, spazmolitik va sedativ, yengil diuretik ta’sirga ega. Yurak qisqarishlari kuchini oshiradi, arterial bosimni pasaytiradi, shuningdek, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va hayz davrini tartibga soladi.
Oddiy mingbarg - yurak ritmini pasaytiradi, arterial bosimni tushiradi. U, ayniqsa, yurak tomirlarini kengaytirish xususiyatiga ega.
Melissa dorivor - aniq tinchlantiruvchi, spazmolitik va yengil uyqu keltiruvchi xususiyatga ega. Melissa antiaritmik faollik ko‘rsatadi va yurak ritmining turli buzilishlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. U nafas olishni sekinlashtiradi, yurak qisqarishlari chastotasini kamaytiradi, arterial bosimni pasaytiradi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!