-
Tarkibi
Eritma - 1 ml.:
Faol modda: Kalsiy glyukonat monogidrat - 94 mg;
Yordamchi modda: Kalsiy saharat - 5 mg; In'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.
5 yoki 10 ml dan past zichlikdagi polietilendan yoki Yevropa Farmakopeyasi talablariga javob beradigan parenteral preparatlar uchun polietilenga mos polipropilendan tayyorlangan (Politvist) ampulalarda, ignasiz preparat olish uchun buriladigan qopqoq bilan, yoki rangsiz yoki rangli shishadan tayyorlangan ampulalarda.
-
Qo'llanilishi
O‘tkir gipokalsemiyani davolash. Allergik holatlarda, notrombositopenik purpurada va ekssudativ dermatozlarda, masalan, gerpetiform dermatit va ba’zi dori vositalarini qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qichishuvchi toshmada kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Kalsiy glyukonat va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giper-kalsemiya (shu jumladan, giperparatireoz, D gipervitaminozi, dekalsifikatsiyalovchi yomon sifatli o‘smalar, buyrak yetishmovchiligi, immobilizatsiya bilan bog‘liq osteoporoz, sarkoidoz, sut-ishqor sindromi (Burnet sindromi)), giper-kalsiuriya, yurak glikozidlari bilan intoksikatsiya, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolash; mushak ichiga yuborish uchun – bolalar yoshi.
Ehtiyotkorlik bilan: degidratatsiya, elektrolit buzilishlari (giperkalsemiya rivojlanish xavfi), diareya, malabsorbsion sindrom, kalsiy nefrourolitiaz (anamnezda), nefrokalsinoz, o‘rtacha og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, yurak kasalliklari, surunkali qon aylanish yetishmovchiligi, sarkoidoz, keng tarqalgan ateroskleroz, giperkirkulyatsiya, epinefrin bilan bir vaqtda davolash, keksalik yoshi, homiladorlik va emizish davri.
-
Qo'llash usuli
Kalsiy glyukonat quyidagicha yuboriladi:
Kattalarga – vena ichiga sekin (2-3 daqiqa davomida) yoki tomchilab yuboriladi. Bolalarga mushak ichiga preparat yuborish mumkin emas, chunki nekroz rivojlanishi mumkin. Eritma yuborishdan oldin tana haroratigacha isitiladi. Kalsiy glyukonat yuborish uchun shpritsda etanol qoldiqlari bo'lmasligi kerak (kalsiy glyukonat cho'kmasining oldini olish uchun).
Preparat ampula ochilgandan so'ng darhol suyultiriladi. Preparatni suyultirishda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Mikrobiologik xavfsizlik nuqtai nazaridan preparat darhol ishlatilishi kerak. Ampula faqat bir martalik foydalanish uchun mo'ljallangan.
Preparat yuborishdan oldin tana haroratigacha isitiladi. Kattalar va bolalarga sekin, 2-3 daqiqa davomida yuboriladi. Juda tez vena ichiga yuborish noxush reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
Bemor in'ektsiya vaqtida yotgan holatda bo'lishi va yurak urish tezligi (YUT) hamda elektrokardiogramma (EKG) diqqat bilan nazorat qilinishi kerak.
Mahalliy tirnash xususiyati xavfi tufayli mushak ichiga in'ektsiyalar faqat vena ichiga yuborish imkoni bo'lmaganda amalga oshirilishi kerak. Mushak ichiga in'ektsiyalar yetarlicha chuqur, afzal ravishda dumba sohasiga yuborilishi kerak. Semirib ketgan bemorlar uchun mushakka, yog' to'qimalariga emas, xavfsiz yuborish uchun uzunroq igna tanlanishi kerak. Takroriy in'ektsiyalar zarur bo'lsa, har safar yuborish joyi o'zgartirilishi kerak.
Qariyalar: kalsiy glyukonatni qariyalar tomonidan nojo'ya ko'tarilmasligi haqida ma'lumotlar yo'q, biroq organizmning yoshga bog'liq o'zgarishlari, masalan, buyrak funksiyasining buzilishi va metabolizmning sekinlashuvi dozaning kamaytirilishini talab qilishi mumkin.
O'tkir gipokaltsemiyani davolash
Qon plazmasida kalsiyning normal konsentratsiyasi 2,25-2,72 mmol/l yoki 4,5-5,5 mEkV/l oralig'ida bo'ladi. Davolash qon plazmasida kalsiy miqdorini tiklash yoki saqlab turishga qaratilgan bo'lishi kerak. Davolash davomida qon plazmasida kalsiy darajasi qat'iy nazorat qilinishi kerak.
Kattalarga 5-10 ml 100 mg/ml eritma har kuni, bir kunda yoki ikki kunda bir marta (kasallik xususiyati va bemor holatiga qarab) yuboriladi.
Bolalarga: 6 oygacha – 0,1-1 ml; 7-12 oy – 1-1,5 ml har 2-3 kunda; 1 yoshdan katta bolalarga yoshiga qarab, 2 dan 5 ml gacha 100 mg/ml eritma har 2-3 kunda yuboriladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gipokaltsemik terapiyada doza 100 mg/ml eritmadan 0,3 ml/kg tana vazniga (0,07 mmol/kg) bo'lishi kerak.
Allergik holatlarda, notrombositopenik purpura va ekssudativ dermatitlarda kapillyar o'tkazuvchanligini kamaytirish.
Kattalarga 5-10 ml 100 mg/ml eritma har kuni, bir kunda yoki ikki kunda bir marta (kasallik xususiyati va bemor holatiga qarab) yuboriladi. Bolalarga: 6 oygacha – 0,1-1 ml; 7-12 oy – 1-1,5 ml har 2-3 kunda; 1 yoshdan katta bolalarga yoshiga qarab, 2 dan 5 ml gacha 100 mg/ml eritma har 2-3 kunda yuboriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi to'g'ridan-to'g'ri kalsiy glyukonatning yuborilish tezligi va dozasiga bog'liq. To'g'ri yuborilganda ularning yuzaga chiqish tez-tezligi 1:1000 ni tashkil etadi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, bradikardiya, aritmiya, vazodilatatsiya, aylanish kollapsi (shu jumladan o'lim bilan), "qon toshishi", ko'pincha tez yuborilganda.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish.
Umumiy buzilishlar: issiqlik hissi, ortiqcha terlash.
Yuborish joyidagi buzilishlar: mushak ichiga yuborilganda - og'riq yoki eritema (≤ 1 : 10, ≥ 1 : 100). Mushak ichiga yuborish texnikasi buzilganda - yog' to'qimasida infiltratsiya, keyinchalik abstsess, to'qimalarning zichlashuvi va nekroz hosil bo'lishi; tomir ichiga yuborilganda - terining giperemiyasi, kuydiruvchi yoki og'riqli hissiyot, to'qimalarning nekrozi rivojlanishi mumkin (tasodifiy perivaskulyar in'ektsiya holatida). Yumshoq to'qimalarning kalsifikatsiyasi, keyinchalik teri zararlanishi va nekroz rivojlanishi mumkin, bu kalsiyning tomirdan to'qimalarga chiqishi natijasida yuzaga keladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy preparati nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasining shakllanishi, qon ivish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kalsiy ionlari yetishmovchiligini to‘ldiradi.
Tomir ichiga yuborilganda vegetativ asab tizimining simpatik bo‘limini stimulyatsiya qiladi, buyrak usti bezlari tomonidan adrenalin ajralishini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolanish vaqtida qonda kalsiy kontsentratsiyasini diqqat bilan nazorat qilish zarur.
Kalsiy preparatlari yuqori dozalarda uzoq muddat yuborilganda, ayniqsa bolalarda, plazma va siydikdagi kalsiy miqdorini nazorat qilish zarur. Plazmada kalsiy miqdori 2,625 mmol/l yoki sutkalik siydik bilan chiqarilishi 0,125 mmol/kg dan oshsa, preparat yuborilishini to‘xtatish kerak.
Yurak glikozidlari qabul qilayotgan bemorlarga kalsiy glyukonat tomir ichiga yuborilganda yurak faoliyatini nazorat qilish zarur va yurak tomonidan yuzaga keladigan asoratlarni, masalan, og‘ir aritmiyalarni zudlik bilan davolash uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Kalsiy glyukonat ehtiyotkorlik bilan va faqat ko‘rsatmalar aniq belgilanganidan so‘ng nefrokalsinoz, yurak kasalliklari, sarkoidoz (Bek kasalligi) bo‘lgan bemorlarga, keksalarga qo‘llanilishi kerak. Buyrak funksiyasi buzilishi giperkalsemiya va ikkilamchi giperaparatireoz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga parenteral kalsiy faqat ko‘rsatmalar aniq belgilanganidan so‘ng buyurilishi kerak, bunda kalsiy-fosfat muvozanatini nazorat qilish zarur.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda shifokor kuzatuvi talab etiladi.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat bilan davolanish davrida diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari)ni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Farmatsevtik jihatdan etanol, karbonatlar (shu jumladan natriy gidrokarbonati), salitsilatlar, sulfatlar bilan mos kelmaydi (erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlari hosil qiladi).
Tetrasiklin qatoridagi antibiotiklar bilan erimaydigan komplekslar hosil qiladi (antibakterial ta’sirini kamaytiradi).
«Sekin» kalsiy kanallari blokatorlarining farmakologik ta’sirini bostiradi (kalsiy glyukonatini tomir ichiga yuborish verapamilning gipotenziya ta’sirini kamaytiradi).
Xinin bilan bir vaqtda qo‘llanganda qorinchalar ichidagi o‘tkazuvchanlik sekinlashishi va xinin toksikligi oshishi mumkin.
Giperkalsemiya holatida kalsitonin ta’sirini kamaytiradi.
Fenitoinning biofoydalanishini kamaytiradi.
Yurak glikozidlari
Digoksin va boshqa yurak glikozidlarining farmakologik ta’siri kalsiy ishtirokida kuchayishi mumkin, bu esa og‘ir intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yurak glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarga kalsiy preparatlarini tomir ichiga yuborish mumkin emas. Kalsiy faqat istisno holatlarda, bemorning hayotiga xavf soluvchi og‘ir gipokalsemiya simptomlarini davolash zarur bo‘lsa va xavfsizroq davolash usullari mavjud bo‘lmasa, kalsiyni og‘iz orqali qabul qilish mumkin bo‘lmaganda tomir ichiga yuborilishi mumkin.
Epinefrin
Kalsiy va epinefrinni bir vaqtda yuborish yurak operatsiyasidan keyin bemorlarda epinefrinning β-adrenoreseptor ta’sirini susaytirishi mumkin.
Magniy
Kalsiy va magniy o‘zaro antagonistlardir.
Kalsiy antagonistlari
Kalsiy kalsiy antagonistlari (kalsiy kanali blokatorlari) ta’siriga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Tiazidli diuretiklar
Tiazidli diuretiklar bilan birga buyurilganda, ular buyraklar orqali kalsiy chiqarilishini kamaytirgani sababli giperkalsemiya yuzaga kelishi mumkin.
Tseftriakson
Kalsiy va tseftriaksonni bir vaqtda yuborish erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlari hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan bolalarga tomir ichiga yuborish mumkin emas. Katta yoshli bemorlarda kalsiy va tseftriaksonni ketma-ket yuborish, infuzion tizimlarni mos keluvchi suyuqlik bilan ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlash sharti bilan mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Giperkaltsemiya simptomlari: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, poliuriya, polidipsiya, degidratatsiya, mushak zaifligi, suyak og‘rig‘i, buyraklarning kalsifikatsiyasi, uyquchanlik, gipersonmiya, ongning chalkashishi, arterial bosimning oshishi, og‘ir hollarda - aritmiya (yurak to‘xtab qolishigacha) va koma.
Davolash: qonda kalsiy kontsentratsiyasini pasaytirishga qaratilgan. Boshlang‘ich terapiya regidratatsiyani o‘z ichiga oladi, og‘ir giperkaltsemiyada hujayra tashqarisidagi suyuqlik miqdorini oshirish uchun 0,9 % natriy xlorid eritmasini tomir ichiga infuzion yuborish talab qilinishi mumkin. Qon zardobida kalsiy kontsentratsiyasini pasaytirish uchun kaltsitonin qo‘llanilishi mumkin.
Furosemid kalsiy ekskresiyasini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin, biroq "tiazid" diuretiklarini qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ular buyraklarda kalsiy so‘rilishini oshirishi mumkin. Gemodializ yoki peritoneal dializ boshqa choralar samarasiz bo‘lsa yoki giperkaltsemiya simptomlari saqlanib qolsa o‘tkaziladi. Dozalashdan oshib ketishni davolash qon zardobida elektrolitlar kontsentratsiyasini diqqat bilan nazorat qilish ostida o‘tkaziladi.