Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Kaltsiy glyukonat 10% eritmasi 10ml No 10
Kaltsiy glyukonat 10% eritmasi 10ml No 10
Ishlab chiqaruvchi: Фармак
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Bolalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
32 481 so'm 40 100 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari kaltsiy glyukonat 10% eritmasi 10ml no 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    10%
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml eritmada faol modda – kaltsiy glyukonat 0,1 g, yordamchi moddalardan kaltsiy saxarat, in'ektsiya uchun suv mavjud.
  • Qo'llanilishi
    • parashitovid bezlarining yetarli faoliyat ko‘rsatmasligi • organizmdan kaltsiyning kuchaygan chiqarilishi • turli genezli patologik jarayonlarda tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun • parenximatoz gepatit • jigar toksik shikastlanishi • nefrite • eklampsiya • giperkaliemiya • paroksizmal mioplegiyaning giperkaliemik shakli • teri kasalliklari • gemostatik vosita sifatida • magniy tuzlari, shavvel kislotasi yoki uning eruvchan tuzlari, ftorli kislota eruvchan tuzlari bilan zaharlanishda antidot sifatida.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     
    • trombozlarga moyillik, qonni giperkogulyatsiya holati;
    • giperkaltsiemiya;
    • ifodalangan ateroskleroz;
    • yurak glikozidlarini qabul qilayotgan bemorlar (aritmiya rivojlanish xavfi).
    • kaltsiy glyukonat eritmasini qayta yoki uzoq muddatli davolash uchun qo'llash, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va buyrak funksiyasi buzilgan shaxslarda.
    • kaltsiy glyukonat eritmasini seftriakson bilan bir vaqtda qo'llash, muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarda 41 haftaga (homiladorlik haftalari + hayot haftalari) yetmaguncha va to'liq muddatli yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (28 kunlik yoshgacha) kaltsiy va seftriaksonning o'pkada va buyrakda cho'kindi hosil bo'lish xavfi tufayli.
     
  • Qo'llash usuli
    Vena ichiga va mushak ichiga kattalarga 5 – 10 ml 10% eritma bir marta yuboriladi, kasallikning xususiyati va bemorning holatiga qarab – har kuni, bir kunda yoki 2 kunda bir marta. Preparat yuborishdan oldin tana haroratigacha isitiladi. Kattalar va bolalarga preparat sekin, 2 – 3 daqiqa davomida yuboriladi. Bolalarga mushak ichiga preparat yuborish tavsiya etilmaydi, chunki nekroz rivojlanishi mumkin. Vena ichiga, yoshga qarab, bolalarga 1 dan 5 ml gacha 10% kaltsiy glyukonat eritmasi yuboriladi (eritma ampulasi yuborishdan oldin tana haroratigacha isitiladi). Kattalar va bolalarga eritma sekin, 2-3 daqiqa davomida yuboriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    •ko'ngil aynishi •qusish •diareya •bradikardiya •og'iz bo'shlig'ida issiqlik hissi, so'ngra butun tana bo'ylab, ular tezda mustaqil ravishda o'tib ketadi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Parenteral yuborilgandan so‘ng preparat qon oqimi bilan barcha to‘qima va organlarga bir tekisda taqsimlanadi. Qon plazmasida kaltsiy ionlangan shaklda bo‘ladi. Plasentar to‘siqdan o‘tadi, ona sutiga o‘tadi. Asosan buyraklar orqali organizmdan chiqariladi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazishda, silliq va skelet mushaklarining qisqarishida, miokard faoliyatida, qonni ivishida ishtirok etadi; ular suyak to‘qimasining shakllanishi, boshqa tizim va organlarning faoliyati uchun zarur. Qonda kaltsiy ionlari konsentratsiyasi ko‘plab patologik jarayonlarda kamayadi, yaqqol gipokalsemiya tetaniya rivojlanishiga olib keladi. Kaltsiy glyukonat, gipokalsemiyani bartaraf etishdan tashqari, tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, antiallergik, yallig‘lanishga qarshi, gemostatik ta’sir ko‘rsatadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Shpritsni kaltsiy glyukonat eritmasi bilan to'ldirishdan oldin, unda etil spirti qoldiqlari bo'lmasligi kerak (glyukonat cho'kmasi paydo bo'lishi mumkin). Boshqa kaltsiy preparatlari bilan birga buyurish tavsiya etilmaydi. Kaltsiy glyukonatning vena ichiga yuborilishi verapamil qabul qilishdan oldin va keyin uning gipotenziya ta'sirini kamaytiradi, lekin uning antiaritmik ta'siriga ta'sir qilmaydi. Xinin bilan bir vaqtda qo'llanganda, qorinchalar ichidagi o'tkazuvchanlik sekinlashishi va xinin toksikligi oshishi mumkin. Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida kaltsiy glyukonatning parenteral qo'llanilishi yurak toksik ta'sirini kuchaytirishi sababli tavsiya etilmaydi. Kaltsiy glyukonat va tetratsiklinlarni bir vaqtda peroral qo'llashda, tetratsiklinlarning so'rilishi kamayishi tufayli ularning ta'siri kamayishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Pediatriya amaliyotida qo'llanilishi Bolalarni davolash uchun preparat faqat vena ichiga qo'llaniladi. Mushak ichiga preparat yuborish tavsiya etilmaydi, chunki nekroz rivojlanishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi. Avtotransport vositasini boshqarishga ta'siri Hozirgi vaqtgacha preparatning avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida holatlar qayd etilmagan.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simptomlar Dozalashdan oshib ketganda giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin. Davolash Bunda antidot sifatida kaltsitonin ishlatiladi, u kuniga tana vazniga 5 – 10 ME hisobida tomir ichiga yuboriladi (preparat 500 ml izotonik natriy xlorid eritmasida suyultiriladi, 6 soat davomida 2 – 4 marta tomchilab yuboriladi).
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Rustam
    ico ico ico ico ico
    Качественный препарат, эффективен при лечении костей
    05 August 2024
    0
    0
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, быстрая доставка!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico