-
Tarkibi
Har bir tabletkada 500 mg kalsiy glyukonat.
Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmal, talk, kalsiy stearat, kremniy dioksid kolloid anhidrid.
-
Qo'llanilishi
Gipokalsemiya, hujayra membranalarining o'tkazuvchanligi oshishi (shu jumladan tomirlar), mushak to'qimasida nerv impulslarini o'tkazishning buzilishi bilan kechadigan kasalliklar.
Gipoparatiroz (yashirin tetaniya, osteoporoz), D vitamini almashinuvi buzilishi: raxit (spazmofiliya, osteomalatsiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda gipyerfosfatemiya.
Kalsiy ionlariga bo'lgan ehtiyojning oshishi (homiladorlik, laktatsiya davri, organizmning kuchaygan o'sish davri), ovqatda kalsiy ionlarining yetarli bo'lmasligi, uning almashinuvining buzilishi (postmenopauza davrida).
Kalsiy ionlarining kuchaygan chiqarilishi (uzoq muddatli yotish rejimi, surunkali diareya, diuretiklar va antiepileptik dori vositalarini, glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilish fonida ikkilamchi gipokalsemiya).
Magniy tuzlari, shavel va ftor kislotalari va ularning eruvchan tuzlari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonat bilan o'zaro ta'sirda erimaydigan va toksik bo'lmagan kalsiy oksalat va kalsiy ftorid hosil bo'ladi).
Giperkaliemik shakldagi paroksizmal mioplegiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Giperkaltsemiya, giperkogulyatsiya, ateroskleroz, buyrak tosh kasalligi, faol moddalarga yoki yordamchi moddalarning istalgan biriga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan oldin buyuriladi. Tabletkani yutishdan oldin maydalash yoki chaynash kerak. Kattalarga 2-6 tabletkadan 2-3 marta kuniga buyuriladi. 6 yoshdan katta bolalarga 3-4 tabletkadan 2-3 marta kuniga.
Davolash kursi shifokor tomonidan belgilanadi va o'rtacha 10 kundan 1 oygacha davom etadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda yengil me'da-ichak buzilishlari: qabziyat, diareya. Yurak ritmi buzilishi va bradikardiya bo'lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Organizmdagi kalsiy almashinuvini normallashtiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiazid diuretiklar siydik bilan kalsiy chiqarilishini kamaytiradi, bu giperkalsemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Yurak glikozidlari qabul qilayotgan bemorlarga kalsiy preparatlari kontraindikatsiyalangan.
Kalsiy preparatlari tetratsiklin qatoridagi preparatlarning me'da-ichak traktida so‘rilishini kamaytirishi mumkin, shu sababli ushbu preparatlarni qabul qilish oralig‘i kamida 3 soat bo‘lishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Ataylab dozani oshirib yuborish ehtimoli past. Belgilari: anoreksiya, lanjlik, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, kuchli chanqoq, bosh aylanishi, qonda mochevina darajasining oshishi. Kalsiy buyraklarda, arteriya devorlarida to'planishi mumkin.
Davolash: kalsiy iste'molini minimal darajaga tushirish, giperkalsemiyaga olib keluvchi preparatlarni (tiazidlar, D vitamini) bekor qilish, suvsizlanish va elektrolit muvozanatini tuzatish, zarur bo'lsa, ilgak diuretiklari (furosemid) buyurish. Og'ir holatlarda, katta miqdordagi kalsiy peritoneal dializ yordamida chiqarib tashlanishi mumkin. Dozani oshirib yuborish belgilari bo'lgan bemorlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan saqlanishlari kerak. Kalsiy bilan dozani oshirib yuborishni davolashda buyrak yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga alohida e'tibor berish lozim.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Kalsiy preparatlarini yurak kasalliklari yoki sarkoidoz bilan og'rigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Preparatning yuqori dozalarini tayinlashda, ayniqsa bolalarda, qon kalsiy miqdori va siydikda kalsiy chiqarilishini diqqat bilan nazorat qilish zarur. Agar qon kalsiy darajasi 2,6252,75 mmol/l dan oshsa yoki siydikda kalsiy chiqarilishi 5 mg/kg dan oshsa, davolashni to'xtatish kerak. Kam darajadagi giperkalsiuriya, glomerulyar filtratsiyaning pasayishi yoki nefrolitiyaz anamneziga ega bemorlarga tayinlash ehtiyotkorlik bilan va siydikdagi kalsiy miqdorini nazorat qilish ostida amalga oshirilishi kerak. Kalsiy mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa vitamin-mineral komplekslarini bir vaqtda qo'llayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki bu kalsiy ortiqcha dozalanishiga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homilador ayollarda kalsiy preparatlarini D vitamini bilan birga qabul qilish giperkalsiemiya rivojlanish ehtimolini oshiradi. Tavsiya etilgan dozalar doirasida kalsiy preparatlarini qabul qilish homilaga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, emizish davrida ham xavfsizdir.
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.