Farmakologik xususiyatlari
Sink, kalsiy va magniy saqlovchi biologik faol qo'shimcha. Tarkibida sink bilan birga kalsiy va magniy mavjud bo'lgan formula.
3 tabletka tarkibida 1000 mg kalsiy, 400 mg magniy va 15 mg sink mavjud. Ular suyak to'qimalarini hosil qilish va himoya qilish uchun hayotiy muhim elementlardir.
Kalsiy – suyaklar uchun asosiy qurilish materiali.
Magniy - oziqlantiruvchi modda sifatida ishtirok etuvchi mikroelement; u kalsiyning suyakda bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi.
Sink – suyak to'qimalari salomatligi uchun zarur bo'lgan mineral.
Bundan tashqari, kompleks formula - kalsiy, magniy va sink - asab tizimi va mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Kalsiy va magniy mushaklar va asab tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Asabiy zo'riqish va stress paytida organizmdagi sink miqdori keskin kamayadi va uni to'ldirish talab etiladi.
Kalsiy, magniy va sink – bu uchta mineralni birlashtirgan va ularning birgalikdagi muvozanatli ta'sirini ta'minlaydigan formula.