Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Tuxum po‘chog‘i yuqori foizda kalsiy saqlashidan tashqari, magniy, fosfor, sink, kremniy kabi 30 dan ortiq mineral moddalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, barcha bu elementlar organizm tomonidan o‘zlashtirilishi uchun eng qulay shaklda bo‘lib, ichakka tushgandan so‘ng tezda so‘riladi va o‘zlashtiriladi.
Kalsiy karbonat — kalsiy manbai bo‘lib, u suyak to‘qimasining normal shakllanishi, yurakning barqaror ishlashi, nerv impulslarining normal uzatilishi va qon ivish jarayoni uchun zarur.
Kalsiy glitserofosfat ham kalsiy manbai sifatida fosfor va kalsiy almashinuvida, oqsil ishlab chiqarishda ishtirok etadi, organizmda metabolizmni rag‘batlantiradi.
Fitin — fosfor saqlovchi organik birikma bo‘lib, o‘simliklarning urug‘lari, tugunaklari va ildizlarida embrion rivojlanishi uchun zarur zaxira materiali sifatida mavjud. Sanoat miqyosida uni shrotdan olishadi. Fitin tarkibida kalsiy, magniy va fosfor tuzlari aralashmasi mavjud bo‘lib, ular organizmda fosforning ushlanishiga, suyak hosil bo‘lishiga, fosfor-kalsiy almashinuvining tartibga solinishiga, shuningdek, qon hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi.
Vitamin D3 (xolekalsiferol) oqsil sintezida ishtirok etadi, ichakda kalsiyning o‘zlashtirilishini, tog‘ay to‘qimasi funksiyalarini yaxshilaydi, buyrak kanallarda kalsiy va fosfatlarning o‘zlashtirilishini osonlashtiradi.
Qo'llanilishi
- Qon tomir gipotenziyasi
- Nevrasteniya
- Ishtahaning yomonlashuvi
- Raxit
- Osteomalatsiya, osteoporoz
- Diatez
- Haddan tashqari charchash
- Mushak distrofiyasi va atrofiyasi.
- gipovitaminoz, avitaminoz
- tirnoqlarning mo‘rtligi
- soch to‘kilishi
- artrozlar
- suyaklarning tez-tez sinishi
- GKSlardan uzoq muddat foydalanilganda osteoporoz profilaktikasi uchun yordamchi vosita sifatida
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
BAD tarkibiy qismlariga individual toqat qilmaslik.
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqat vaqtida kuniga 2 marta 1 tabletka.
6-12 yoshdagi bolalarga ovqat vaqtida kuniga 1 marta 1 tabletka.
3-6 yoshdagi bolalarga shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha ovqat vaqtida kuniga 1 marta 1/2 tabletka.
Qabul qilish davomiyligi - 1-2 oy.
Zaruriyat tug‘ilganda mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish kursi takrorlanishi mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
Odatda, mahsulot yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya ta’sirlar chaqirmaydi. Kamdan-kam hollarda ovqat hazm qilish buzilishlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakologik ta’siri
Kombinatsiyalangan preparat, kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi. Kalsiy va D3 vitamini yetishmovchiligini to‘ldirib, suyak to‘qimasining rezorbsiyasini (so‘rilishini) kamaytiradi va zichligini oshiradi, tishlarning mineralizatsiyasi uchun zarur. Kalsiy nerv o‘tkazuvchanligi, mushak qisqarishi tartibga solinishida ishtirok etadi va qon ivish tizimining komponenti hisoblanadi. D3 vitamini (xolekalsiferol) ichakda kalsiy so‘rilishini oshiradi. Kalsiy va D3 vitaminini qo‘llash paratireoid gormoni ishlab chiqarilishini oshishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa suyak rezorbsiyasining kuchayishiga sababchi bo‘ladi.
Farmakodinamikasi
Kombinatsiyalangan preparat, kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi. Kalsiy va D3 vitamini yetishmovchiligini to‘ldirib, suyak to‘qimasining rezorbsiyasini (so‘rilishini) kamaytiradi va zichligini oshiradi, tishlarning mineralizatsiyasi uchun zarur. Kalsiy nerv o‘tkazuvchanligi, mushak qisqarishi tartibga solinishida ishtirok etadi va qon ivish tizimining komponenti hisoblanadi. Kalsiyning yetarli miqdorda qabul qilinishi ayniqsa o‘sish davrida, homiladorlik va laktatsiya davrida muhim. D3 vitamini (xolekalsiferol) ichakda kalsiy so‘rilishini oshiradi. Kalsiy va D3 vitaminini qo‘llash paratireoid gormoni (PTG) ishlab chiqarilishini oshishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa suyak rezorbsiyasining kuchayishiga (kalsiyning suyaklardan yuvilib chiqishiga) sababchi bo‘ladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!