Nojo´ya ta´sirlar
nojo‘ya ta’sirlar uchrashish tezligiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10 000, <1/1000), juda kam (<1/10 000), noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra tezligi aniqlanmagan).
Immun tizimi tomonidan: noma’lum — yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, hiqildoq shishi.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez emas: giperkalsemiya, giperkalsiuriya.
Juda kam: sut-ishqor sindromi (tez-tez siyishga chaqiruv, doimiy bosh og‘rig‘i, doimiy ishtahasizlik, ko‘ngil aynishi yoki qusish, noodatiy charchoq yoki holsizlik, giperkalsemiya, alkaloz, buyrak yetishmovchiligi). Faqat dozani oshirib yuborishda yuzaga keladi (qarang. DOZANI OSHIRIB YUBORISH).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam — qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, diareya.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: juda kam — qichishish, toshma, eshakemi.
Maxsus bemor guruhlari.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar. Gipofosfatemiya, nefrolitiaz va nefrokalsinoz rivojlanishi mumkin (qarang. MAXSUS KO‘RSATMALAR).