Farmakologik xususiyatlari
Innoklav - amoksitsillin (polusintetik penitsillinlar guruhidan antibiyotik) va klavulan kislotasi (β-laktamazlarning inhibitori) birikmasidan iborat antibakterial preparat. Mikrobiologik xususiyatlari batafsil o'rganilgan.
Amoksitsillin - polusintetik penitsillinlar guruhidan keng spektrli antibakterial bakteritsid kislotaga chidamli vosita. Transpeptidazani inhibe qiladi, bo'linish va o'sish davrida pептидогlikan (hujayra devorining asosiy oqsili) sintezini buzadi, mikroorganizmlarning lizisini keltirib chiqaradi.
Klavulan kislotasi Streptomyces clavuligerus fermentatsiyasi mahsulidir va bir vaqtning o'zida kiritilgan amoksitsillin bilan solishtirganda β-laktamazlarga nisbatan yuqori afinitetga ega. Ular bilan barqaror inaktivatsiyalangan kompleks hosil qiladi, amoksitsillinning fermentativ parchalanishini oldini oladi va uning antibakterial ta'sirini namoyon qilish imkoniyatini kafolatlaydi. Shuningdek, klavulan kislotasi β-laktam antibiyotiklariga tuzilishi jihatidan o'xshash bo'lib, o'zining zaif antibakterial faolligiga ega. Klavulan kislotasi Richmond-Sykes-Mathew tasnifiga ko'ra β-laktamazlarning II, III, IV, V turlarini inhibe qiladi. Bunday fermentlar gram-musbat va gram-manfiy, jumladan anaerob mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin, masalan, Staphylococcus spp., Haemophilus influenza, Moraxella catarrhalis, Klebsiella spp., Escherichia coli, Neisseria spp., Proteus spp., Yersinia enterocolitica, Bacteroides spp. Klavulan kislotasi Enterobacter spp., Pseudomonas aeruginosa, Serratia spp., Acinobacter spp. tomonidan ishlab chiqarilgan β-laktamaz I turiga nisbatan faol emas.
Preparatning bakteritsid ta'siri keng spektrli gram-musbat va gram-manfiy, aerob va anaerob patogenlarni qamrab oladi, jumladan β-laktam antibiyotiklariga (ampitsillin va amoksitsillin) nisbatan β-laktamazlar ishlab chiqarish natijasida chidamlilik hosil bo'lgan shtammlar.
Gram-musbatlar: Streptococcus Group A,B,C,G (Strep. pneumoniae, viridans, milleri, faecalis, pyogenes, anthracis, agalactiae, bovis); Staphylococcus aureus, epidermidis (penitsillin sezgir va penitsillin chidamli, metitsillin chidamli shtammlar MRSA, MRSE dan tashqari); Enterococcus faecalis, faecium; Corynebacterium spp.; Listeria monocytogenes; Nocardia asteroides;
Gram-manfiylar: Aeromonas spp.; Bordetella pertussis; Brucella spp.; Campylobacter jejuni, coli; Citrobacter spp. (o'rtacha sezgir); Escherichia coli; Gardnerella vaginalis; Haemophilus ducreyi, influenzae; Helicobacter pylori; Klebsiella spp., K. pneumoniae; Moraxella catarrhalis; Morganella spp. (o'rtacha sezgir); Neisseria gonorrhoeae, meningitidis; Pasteurela multocida; Proteus mirabilis, vulgaris; Salmonella spp.; Shigella spp.; Vibrio cholerae; Yersinia enterocolitica (o'rtacha sezgir); Branhamella catarrhalis.
Anaeroblar: Actinomyces israeli; Bacteroides spp. (shu jumladan B. fragilis); Prevotella melaninogenica; Clostridium spp. (Cl. difficile dan tashqari); Peptostreptococcus spp.; Eikenella corrodens; Fusobacterium spp.; Propionibacterium spp.; Peptococcus spp.
Boshqalar: Mycobacterium tuberculosis, fortuitum, bovis, kanasaii - o'rtacha sezgir, (Mycobacterium chelonei - chidamli); Treponema pallidum; Nocardiae spp., L-eptospirae spp.
Quyidagi mikroorganizmlar chidamli yoki qisman chidamli: Pseudomonas aeruginosa, Enterobacter spp., Serratia spp., Proteus rettgeri, morganii, Providencia spp., Mycoplasmae spp., Chlamidiae spp., Rickettsiae spp.