-
Tavsif
Silindrokonik shakldagi, oq yoki oqsariq-sariq tusli supozitoriyalar. Kesimda havo va g‘ovakli novda, hamda voronkasi ko‘rinishidagi chuqurlik bo‘lishi mumkin.
-
Tarkibi
Faol modda:
indometasin 50 mg
-
Qo'llanilishi
Yallig‘lanish va degenerativ tayanch-harakat tizimi kasalliklari: revmatoid, psoriazik, yuvenil surunkali artrit, Pedjet va Reyter kasalligida artrit, nevralgik amiotrofiyasi (Personayj-Terner kasalligi), ankilozlovchi spondilit (Bekhterev kasalligi), podagrik artrit (podagraning o‘tkir xurujida tez ta’sir qiluvchi dori shakllari afzal), revmatizm.
Og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i (shu jumladan, hayz sikli sindromida) va tish og‘rig‘i, lumbago, ishiatik og‘riq, nevralgiya, mialgiya, jarohatlar va operatsiyalardan so‘ng, yallig‘lanish bilan kechuvchi, bursit va tendinit (eng samarali yelka va bilak sohasida lokalizatsiyalanganda).
Algodismenoreya; Bartter sindromi (ikkilamchi giperal’dosteronizm); perikardit (simptomatik davolash); tug‘ruq (analgezik va tokolitik vosita sifatida); kichik chanoqda yallig‘lanish jarayonlari, shu jumladan, adneksit.
Botallov o‘tkazgichining yopilmasligi.
Yuqori nafas yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari og‘riq sindromi bilan (kompleks terapiya tarkibida): faringit, tonzillit, otit.
Isitma sindromi (shu jumladan, limfogranulematoz, boshqa limfomalar va qattiq o‘smalarning jigar metastazlarida) – AAS va paratsetamol samarali bo‘lmaganda. Preparat simptomatik terapiya uchun mo‘ljallangan, qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi, kasallikning rivojlanishiga ta’sir qilmaydi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Aortakoronar shuntlashdan keyingi davr.
Homiladorlik.
Emizish davri.
14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ko‘ruv nervi kasalligi, rangli ko‘rish buzilishi.
Proktit, gemorroy.
-
Qo'llash usuli
Preparat rektal qo'llaniladi. Suppozitoriyani kontur qadoqdan chiqarib, ichak bo'shatilgandan so'ng, uchli tomoni bilan imkon qadar chuqur to'g'ri ichakka kiritiladi.
Kattalarga 50 mg li suppozitoriylar kuniga 1-3 marta yoki 100 mg li suppozitoriylar – kuniga 1 marta, kechasi uxlashdan oldin buyuriladi. Podagra xurujida – kuniga 200 mg (og'iz orqali qabul qilishga qo'shimcha sifatida).
Maksimal sutkalik doza 200 mg ni tashkil etadi. Qo'llab-quvvatlovchi doza 50-100 mg kuniga 1 marta, kechasi. Davolash kursining davomiyligi individual belgilanadi.
14 yoshdan katta bolalarga – kuniga 1,5-2,5 mg/kg.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: tez-tez – NPLP-gastropatiya, qorin og'rig'i va noqulay hislar, qorin og'rig'i, qusish, yurak qizishi, ishtahaning pasayishi, diareya. Kamdan-kam hollarda uzoq muddat davomida katta dozada qo'llanilganda – oshqozon-ichak yo'llarining shilliq qavatining yaralanishi. Juda kam – jigar funksiyasining buzilishi ("jigar" transaminazlarining faolligini oshishi, gipobilirubinemiya).
Uzoq muddat davomida qo'llanilganda, asab tizimidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, hayajon, asabiylik, haddan tashqari charchoq, uyquchanlik, depressiya, periferik nevropatiya; sezgi organlaridan: juda kam - ta'mning buzilishi, eshitishning pasayishi, quloqlarda shovqin, diplopiya, ko'rish qobiliyatining noaniqligi, qorachiqning bulanishi, kon'yunktivit; moyil bemorlarda - shishlarning paydo bo'lishi, arterial bosimning oshishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparat NPVS guruhiga kiradi, yallig‘lanishga qarshi, analgetik, isitmani tushiruvchi va antiagregatsion ta’sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga sabab bo‘luvchi omillar faolligini susaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Tsiklooksigenaza 1 va 2 ni bostirib, araxidon kislota metabolizmini buzadi, prostaglandinlar (Pg) miqdorini yallig‘lanish o‘chog‘ida ham, sog‘lom to‘qimalarda ham kamaytiradi, yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalarini bostiradi. Revmatik va nereumatik xarakterdagi og‘riq sindromini (shu jumladan, bo‘g‘imlardagi og‘riq dam olishda va harakatda, ertalabki qotish va bo‘g‘imlarning shishishi kamayishi, harakat hajmining oshishiga yordam beradi; operatsiyalardan va jarohatlardan keyin yuzaga keladigan yallig‘lanish jarayonlarida, spontann og‘riq va harakatdagi og‘riqni tezda yengillashtiradi, yara joyidagi yallig‘lanish shishini kamaytiradi) susaytiradi yoki yo‘qolishiga olib keladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Rektal qo‘llashda indometatsin bilan dozani oshirib yuborish juda kam uchraydi.
Belgilar: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, me’da-ichak qon ketishi; kamdan-kam hollarda, diareya, dezorientatsiya, qo‘zg‘alish, koma, stupor, bosh aylanishi, tinnit, hushdan ketish; ba’zan, tutqanoq, qorin og‘rig‘i, anoreksiya, bezovtalik. Og‘ir dozani oshirib yuborishda buyrak yetishmovchiligi va jigar shikastlanishi mumkin.
Davolash: davolash simptomatik bo‘lishi kerak. Indometatsinning potentsial toksik dozasi qabul qilinganidan bir soat ichida faollashtirilgan ko‘mir qo‘llanilishi mumkin. Muqobil ravishda, kattalarda, indometatsinning potentsial toksik dozasi qabul qilinganidan bir soat ichida me’dani yuvish amalga oshirilishi mumkin. Yaxshi siydik ajralishini ta’minlash va buyrak hamda jigar funksiyasini nazorat qilish zarur. Bemor indometatsinning potentsial toksik dozasi qabul qilinganidan keyin kamida bir soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Tez-tez yoki uzoq davom etuvchi tutqanoqlar vena ichiga diazepam yuborish orqali to‘xtatilishi kerak.
Boshqa choralar bemorning klinik holatiga qarab ko‘rsatilishi mumkin.
Avtotransport boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishga ta’siri
Davolash davrida avtotransport boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi mexanizmlarni boshqarishdan voz kechish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Indometatsinni rektal qo‘llashda dozani oshirib yuborish juda kam uchraydi.
Belgilari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral og‘riqlar, me’da-ichak qon ketishlari; kamdan-kam hollarda, diareya, dezorientatsiya, qo‘zg‘alish, koma, stupor, bosh aylanishi, tinnit, hushdan ketish; ba’zan, tutqanoqlar, qorin og‘rig‘i, anoreksiya, bezovtalik. Og‘ir dozani oshirib yuborishda buyrak yetishmovchiligi va jigar shikastlanishi mumkin.
Davolash: davolash simptomatik bo‘lishi kerak. Indometatsinning potentsial toksik dozasini qabul qilgandan so‘ng bir soat ichida faollashtirilgan ko‘mir qo‘llanilishi mumkin. Muqobil ravishda, kattalarda, indometatsinning potentsial toksik dozasini qabul qilgandan so‘ng birinchi soat ichida me’dani yuvish o‘tkazilishi mumkin. Yaxshi siydik ajralishini ta’minlash va buyrak hamda jigar funksiyasini nazorat qilish zarur. Bemor indometatsinning potentsial toksik dozasini qabul qilgandan so‘ng kamida bir soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Tez-tez yoki uzoq davom etuvchi tutqanoqlar vena ichiga diazepam yuborish orqali to‘xtatilishi kerak.
Boshqa choralar bemorning klinik holatiga qarab ko‘rsatilishi mumkin.