Qo'llash usuli
Ibuprofen suspenziyasi, bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Og'iz orqali qabul qilish uchun.
Oshqozoni yuqori sezuvchanlikka ega bo'lgan bemorlarga preparatni ovqat paytida qabul qilish tavsiya etiladi.
Faqat qisqa muddatli qo'llash uchun. Preparatni qabul qilishdan oldin yo'riqnomani diqqat bilan o'qing.
Qo'llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatib aralashtiring. 5 ml preparatda 100 mg ibuprofen yoki 1 ml da 20 mg ibuprofen mavjud.
Isitma (harorat) va og'riq
Bolalar uchun doza bolaning yoshi va tana vazniga bog'liq.
Maksimal sutkalik doza bolaning tana vazniga 30 mg/kg dan oshmasligi kerak, preparatni qabul qilish oralig'i 6-8 soat.
3-6 oylik bolalar (bola vazni 5 dan 7,6 kg gacha): 2,5 ml (50 mg) gacha 24 soat davomida 3 martagacha, sutkada 7,5 ml (150 mg) dan ko'p emas.
6-12 oylik bolalar (bola vazni 7,7-9 kg): 2,5 ml (50 mg) gacha 24 soat davomida 3-4 martagacha, sutkada 10 ml (200 mg) dan ko'p emas.
1-3 yoshli bolalar (bola vazni 10-16 kg): 5,0 ml (100 mg) gacha 24 soat davomida 3 martagacha, sutkada 15 ml (300 mg) dan ko'p emas.
4-6 yoshli bolalar (bola vazni 17-20 kg): 7,5 ml (150 mg) gacha 24 soat davomida 3 martagacha, sutkada 22,5 ml (450 mg) dan ko'p emas.
7-9 yoshli bolalar (bola vazni 21-30 kg): 10 ml (200 mg) gacha 24 soat davomida 3 martagacha, sutkada 30 ml (600 mg) dan ko'p emas.
10-12 yoshli bolalar (bola vazni 31-40 kg): 15 ml (300 mg) gacha 24 soat davomida 3 martagacha, sutkada 45 ml (900 mg) dan ko'p emas.
Davolash davomiyligi - 3 kundan oshmasligi kerak. Ko'rsatilgan dozani oshirmang.
Agar preparatni qabul qilishda 24 soat davomida (3-5 oylik bolalarda) yoki 3 kun davomida (6 oylik va undan katta bolalarda) simptomlar saqlanib qolsa yoki kuchaysa, davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Postimmunizatsion isitma:
6 oylikkacha bo'lgan bolalarga: 2,5 ml (50 mg) preparat. Zarur bo'lsa, 6 soatdan so'ng yana 2,5 ml (50 mg). 24 soat davomida 5 ml (100 mg) dan ko'p qo'llamang.