Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Bolalar uchun Grammidin 0,03 mg+0,1 mg/doza 112 dozali sprey
Bolalar uchun Grammidin 0,03 mg+0,1 mg/doza 112 dozali sprey
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    4 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
87 156 so'm 107 600 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari bolalar uchun grammidin 0,03 mg+0,1 mg/doza 112 dozali sprey
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi

    Bitta preparat dozasida:
    Faol moddalari:
    Gramicidin S digidroxlorid - 0,0319 mg (gramicidin S hisobida - 0,03 mg)
    Tsetilpiridiniya xlorid - 0,10 mg
    Yordamchi moddalari:
    Etanol 96 % - 9,50 mg
    Sukraloza - 0,20 mg
    Glitserol - 33,20 mg
    Malinali aromatizator - 0,40 mg
    Limon kislotasi monogidrat - 0,058 mg
    Natriy tsitrat - 0,022 mg
    Polisorbat 80 - 0,40 mg
    Metilparagidroksibenzоat (metilparaben) - 0,184 mg
    Propilparagidroksibenzоat (propilparaben) - 0,02 mg
    Tozalangan suv - 0,20 ml gacha

  • Qo'llanilishi
    Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, parodontit, gingivit, stomatit.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     qo‘llash uchun Bolalar yoshi 4 yoshgacha; homiladorlikning I trimestri; preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
    I trimestrda qo‘llash mumkin emas.
    Laktatsiya davrida qo‘llash zarur bo‘lsa, preparat qabul qilinayotgan davrda emizishni to‘xtatish kerak. 
  • Qo'llash usuli
    DozirovkaMahalliy, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatiga purkash yo‘li bilan. Ovqatdan keyin qo‘llaniladi.
    Spreyni birinchi marta ishlatishdan oldin ballonchani chayqatib, bosish moslamasiga ikki marta bosib ko‘ring.
    6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza: bir marta qo‘llashda 4 marta purkash, kuniga 3 marta, 7 kun davomida.
    Dorini qo‘llaganingizdan so‘ng darhol 1 soat davomida ovqat va ichimlik qabul qilishdan saqlaning.
    Agar davolashdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
    Dorini faqat ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuliga va dozalarga muvofiq qo‘llang, ular yo‘riqnomada ko‘rsatilgan.Ortiqcha dozalashBelgilar: dorini tavsiya etilgan dozadan ortiq miqdorda qo‘llash oshqozon-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
    Davolash: dorini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar

    Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
    Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuzatilsa yoki ular kuchaysa, yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

  • Maxsus ko'rsatmalar

    Og‘iz bo‘shlig‘ida ochiq yaralar mavjud bo‘lsa, preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki tsetilpiridiniya xlorid yaralarning bitishini sekinlashtiradi.
    Preparat etanol saqlaydi. Preparatning maksimal bir martalik dozasi tarkibida etanol miqdori 0,04 g gacha.
    Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Preparat diqqat va tezkor reaksiya talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari va h.k.) bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

  • Dorilarning o'zaro ta'siri

    Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sir holatlari tavsiflanmagan.

  • Farmakologik xususiyatlari
    Infeksion-yallig‘lanish kasalliklari bo‘yicha tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun kombinatsiyalangan preparat. Preparat tarkibiga antimikrob vosita gramicidin S va antiseptik vosita - setilpiridiniy xlorid kiradi. Gramicidin S ning ta’sir mexanizmi mikroblar hujayrasining sitoplazmatik membranasining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bog‘liq, bu uning barqarorligini buzadi va o‘limiga olib keladi. Gramicidin S keng doiradagi gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Setilpiridiniy xlorid antiseptik vositalarga kiradi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq infeksion kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatadi. Preparat antimikrob ta’sir ko‘rsatadi, yallig‘lanishni kamaytiradi, tomoqdagi noqulay hislarni yumshatadi, yutishni yengillashtiradi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Siptomlari: preparatni tavsiya etilgan dozadan ortiq miqdorda qo‘llash oshqozon-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Спрей работает быстро и эффективно. Дети спокойно принимают лекарство благодаря приятному вкусу.
    06 August 2024
    0
    0
  • Nigora
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство для детей. Прекрасно помогает при насморке и кашле.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico