-
Tarkibi
faol modda: glyukoza suvdan xoli hisobda – 50 g.
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1 l gacha.
-
Qo'llanilishi
Gipoglikemiya, infeksion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak faoliyatining dekompensatsiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfeksiyalar, turli intoksikatsiyalar (narkotiklar, siyanid kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi, anilin, mishyakli vodorod, fosgen va boshqa moddalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlar. Izotonik glyukoza eritmasi (5 %) hujayraviy va umumiy degidratatsiyada suyuqlik hajmini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Giperglikemiya, qandli diabet, gipergidratatsiya, operatsiyadan keyingi glyukozani o‘zlashtirish buzilishlari, giperosmolyar koma, giperlaktatsidemiya.
Og‘ir yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, oligouriya, anuriya, giponatriemiya holatlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
-
Qo'llash usuli
Izotonik glyukoza eritmasi (5%) teri ostiga 300-500 ml, vena ichiga (tomchilab) maksimal tezlikda 7,5 ml gacha (150 tomchi/min (400 ml/soat)), rektal yo'l bilan klizma orqali kuniga 300-2000 ml eritma; Tomchilab vena ichiga - 10-50 ml.
Kattalarda normal almashinuvda kunda yuboriladigan dekstroza doza 4-6 g/kg/kundan oshmasligi kerak, ya'ni taxminan 250-450 g/kun (almashinuv intensivligi pasayganda kunlik doza 200-300 g gacha kamaytiriladi), bunda yuboriladigan suyuqlik hajmi 30-40 ml/kg/kun.
Bolalarda parenteral oziqlantirish uchun, yog'lar va aminokislotalar bilan birga, birinchi kuni 6 g dekstroza/kg/kun, keyinchalik 15 g/kg/kun gacha yuboriladi. 5% eritma yuborilganda dekstroza dozasini hisoblashda yuboriladigan suyuqlik hajmini hisobga olish kerak: 2-10 kg og'irlikdagi bolalar uchun 100-165 ml/kg/kun, 10-40 kg og'irlikdagi bolalar uchun 45-100 ml/kg/kun.
Yuborish tezligi: normal almashinuv holatida kattalar uchun maksimal yuborish tezligi – 0,25-0,5 g/kg/soat (almashinuv intensivligi pasayganda yuborish tezligi 0,125-0,25 g/kg/soat gacha kamaytiriladi). Bolalarda yuborish tezligi 0,5 g/kg/soatdan oshmasligi kerak; bu 5% eritma uchun taxminan 10 ml/min - 200 tomchi/min (20 tomchi = 1 ml).
Organizmning keskin suvsizlanish holatlarida 3-5 l izotonik dekstroza eritmasi yuborilishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ion muvozanati buzilishi, kam hollarda - giperglikemiya, isitma, gipervolemiya, o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Yuborish joyida - infeksiya rivojlanishi, tromboflebit.
-
Farmakologik xususiyatlari
Glyukoza organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarni antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, organizmning energiya sarfining bir qismini qoplaydi, chunki u oson o‘zlashtiriladigan uglevodlar manbai hisoblanadi.
5% glyukoza eritmasi izotonik hisoblanadi. Glyukozaning to‘qimalarda metabolizmi natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan katta miqdorda energiya ajralib chiqadi.
Eritma qon tomir tizimidan tezda chiqariladi va faqat vaqtincha tomirlarda aylanayotgan suyuqlik hajmini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Katta dozalarda yuboriladigan dekstrozani to‘liqroq o‘zlashtirish uchun bir vaqtda 1 birlik insulin 4-5 g dekstroza hisobiga buyuriladi.
Preparat uzoq muddat vena ichiga qo‘llanganda qonda shakar darajasini nazorat qilish zarur.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Giperglikemiya va gipergidratatsiya rivojlanishi mumkin. Bunda bemorlarda teri va shilliq qavatlarning qurishi, ko‘z olmasining zo‘riqishi pasayishi, tez-tez yuzaki nafas olish (atseton hidi bo‘lmasdan), taxikardiya, aritmiya, hushdan ketish, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Preparat dozasi oshib ketganda simptomatik davolash va oddiy insulin preparatlarini 0,1 ED/kg dozada mushak ichiga yoki vena ichiga yuborish buyuriladi.