Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Glyukoza - Infuzion uchun 5% 200 ml eritma
Glyukoza - Infuzion uchun 5% 200 ml eritma
Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Eco-Medical
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
9 266 so'm 11 300 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari glyukoza - infuzion uchun 5% 200 ml eritma
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 l eritma tarkibida: faol modda: glyukoza suvdan holi hisobda - 50 g; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1 l gacha.
  • Qo'llanilishi
    Gipoglikemiya, infeksion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak faoliyatining dekompensatsiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfeksiyalar, turli intoksikatsiyalar (narkotiklar, sinil kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi, anilin, mishyakli vodorod, fosgen va boshqa moddalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlar. Izotonik glyukoza eritmasi (5 %) hujayra va umumiy degidratatsiyada suyuqlik hajmini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Giperglikemiya, qandli diabet, gipergidratatsiya, operatsiyadan keyingi glyukozani o‘zlashtirish buzilishlari, giperosmolyar koma, giperlaktatsidemiya. Ehtiyotkorlik bilan og‘ir yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, oligouriya, anuriya, giponatriemiya holatlarida qo‘llaniladi.
  • Qo'llash usuli
    Izotonik glyukoza eritmasi (5%) teri ostiga 300-500 ml, vena ichiga (tomchilab) maksimal tezlikda 7,5 ml gacha (150 tomchi/min (400 ml/soat)), rektal klizma orqali kuniga 300-2000 ml eritma; tomir ichiga tez (struyno) - 10-50 ml. Kattalarda normal almashinuvda kiritiladigan dekstrozaning sutkalik doza 4-6 g/kg/sutkadan oshmasligi kerak, ya'ni taxminan 250-450 g/sutka (almashinuv intensivligi pasayganda sutkalik doza 200-300 g gacha kamaytiriladi), shu bilan birga kiritiladigan suyuqlik hajmi - 30-40 ml/kg/sutka. Bolalarda parenteral oziqlantirish uchun, yog‘lar va aminokislotalar bilan birga, birinchi kuni 6 g dekstroza/kg/sutka, keyinchalik - 15 g/kg/sutkagacha kiritiladi. 5% eritma kiritilganda dekstroza dozasini hisoblashda kiritiladigan suyuqlik hajmining ruxsat etilgan miqdorini hisobga olish kerak: 2-10 kg vaznli bolalar uchun - 100-165 ml/kg/sutka, 10-40 kg vaznli bolalar uchun - 45-100 ml/kg/sutka. Kiritish tezligi: normal almashinuv holatida kattalar uchun maksimal kiritish tezligi - 0,25-0,5 g/kg/soat (almashinuv intensivligi pasayganda kiritish tezligi 0,125-0,25 g/kg/soatgacha kamaytiriladi). Bolalarda kiritish tezligi 0,5 g/kg/soatdan oshmasligi kerak; bu 5% eritma uchun - taxminan 10 ml/min - 200 tomchi/min (20 tomchi = 1 ml). Organizmning keskin suvsizlanish holatlarida 3-5 l izotonik dekstroza eritmasi kiritilishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ion muvozanatining buzilishi, kam hollarda - giperglikemiya, isitma, gipervolemiya, o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Kiritish joyida - infeksiya, tromboflebit rivojlanishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Glyukoza organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarni antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, organizmning energiya sarfining bir qismini qoplaydi, chunki u oson o‘zlashtiriladigan uglevodlar manbai hisoblanadi. 5% glyukoza eritmasi izotonik hisoblanadi. Glyukozaning to‘qimalarda metabolizmi natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Eritma qon tomir tizimidan tezda chiqariladi va faqat vaqtincha tomirlarda aylanayotgan suyuqlik hajmini oshiradi, detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Katta dozalarda yuboriladigan dekstrozani to‘liqroq o‘zlashtirish uchun u bilan bir vaqtda 1 birlik insulin 4-5 g dekstroza hisobiga buyuriladi. Preparatni uzoq muddat vena ichiga qo‘llashda qonda shakar miqdorini nazorat qilish zarur. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Качественный раствор, хорошо упакован. Спасибо за оперативность.
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, быстрая доставка. Буду заказывать еще.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico