-
Tarkibi
faol modda: glyukoza suvdan xoli hisobda – 50 g.
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1 l gacha.
-
Qo'llanilishi
Gipoglikemiya, infeksion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak faoliyatining dekompensatsiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfeksiyalar, turli intoksikatsiyalar (narkotiklar, siyanid kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi, anilin, mishyakli vodorod, fosgen va boshqa moddalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlar. Izotonik glyukoza eritmasi (5 %) hujayraviy va umumiy degidratatsiyada suyuqlik hajmini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Giperglikemiya, qandli diabet, gipergidratatsiya, operatsiyadan keyingi glyukozani o'zlashtirish buzilishlari, giperosmolyar koma, giperlakatsidemiyasi.
Og'ir yurak yetishmovchiligi, o'pka shishi, oligouriya, anuriya, giponatriyemiya holatida ehtiyotkorlik bilan.
-
Qo'llash usuli
Izotonik glyukoza eritmasi (5%) teri ostiga 300-500 ml, vena ichiga (tomchilab) maksimal tezlikda 7,5 ml gacha (150 tomchi/min (400 ml/soat)), rektal klizma orqali kuniga 300-2000 ml eritma; Tomir ichiga tez (struyno) - 10-50 ml.
Kattalarda normal almashinuvda kiritiladigan dekstrozaning sutkalik doza 4-6 g/kg/sutkadan oshmasligi kerak, ya'ni taxminan 250-450 g/sutka (almashinuv intensivligi pasayganda sutkalik doza 200-300 g gacha kamaytiriladi), bunda kiritiladigan suyuqlik hajmi - 30-40 ml/kg/sutka.
Bolalarda parenteral oziqlantirish uchun, yog‘lar va aminokislotalar bilan birga, birinchi kuni 6 g dekstroza/kg/sutka, keyinchalik - 15 g/kg/sutkagacha yuboriladi. 5% eritma yuborilganda dekstroza dozasini hisoblashda kiritiladigan suyuqlik hajmining ruxsat etilgan miqdorini hisobga olish kerak: 2-10 kg vaznli bolalar uchun - 100-165 ml/kg/sutka, 10-40 kg vaznli bolalar uchun - 45-100 ml/kg/sutka.
Yuborish tezligi: normal almashinuv holatida kattalarda maksimal yuborish tezligi – 0,25-0,5 g/kg/soat (almashinuv intensivligi pasayganda yuborish tezligi 0,125-0,25 g/kg/soatgacha kamaytiriladi). Bolalarda yuborish tezligi 0,5 g/kg/soatdan oshmasligi kerak; bu 5% eritma uchun - taxminan 10 ml/min - 200 tomchi/min (20 tomchi = 1 ml).
Organizmning keskin suvsizlanish holatlarida 3-5 l izotonik dekstroza eritmasi yuborilishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ion muvozanatining buzilishi, kam hollarda - giperglikemiya, isitma, gipervolemiya, o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Yuborish joyida - infeksiya, tromboflebit rivojlanishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Glyukoza organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarni antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, organizmning energiya sarfining bir qismini qoplaydi, chunki u oson o'zlashtiriladigan uglevodlar manbai hisoblanadi.
5% glyukoza eritmasi izotonik hisoblanadi. Glyukoza to'qimalarda metabolizmga uchraganda, organizm hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan katta miqdorda energiya ajraladi.
Eritma qon tomir tizimidan tezda chiqariladi va faqat vaqtincha tomirlarda aylanayotgan suyuqlik hajmini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko'rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Katta dozalarda yuboriladigan dekstrozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun u bilan bir vaqtda 1 birlik insulin 4-5 g dekstroza hisobiga buyuriladi.
Preparatni uzoq muddat vena ichiga qo‘llashda qonda shakar darajasini nazorat qilish zarur.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Giperglikemiya va gipergidratatsiya rivojlanishi mumkin. Bunda bemorlarda teri va shilliq qavatlarning qurishi, ko‘z olmasining zo‘riqishi pasayishi, tez-tez yuzaki nafas olish, atseton hidi bo‘lmagan, taxikardiya, aritmiya, hushdan ketish, tana haroratining ko‘tarilishi mumkin. Preparatning dozasi oshib ketganida simptomatik davolash va oddiy insulin preparatlarini 0,1 ED/kg dozada mushak ichiga yoki tomir ichiga yuborish buyuriladi.